Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


Qo‘l kaftining orqa sohasi (dorsum manus)



Download 0,86 Mb.
bet4/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Qo‘l kaftining orqa sohasi (dorsum manus). Terisi yupqa, harakatchan. Teri osti yog‘ to‘qimasida qo‘lning lateral hamda medial teri osti venalarini hosil qiluvchi juda ko‘p tarmoqlari o’tadi va panja orqasining vena to’rlarini (rete venosum dorsale manus) hosil qiladi. Shu уerda bilak nervining yuzaki va tirsak nervining orqa tarmoqlari (r. superficialis n. radialis et r. Dorsalis n. ulnaris) o’tib, panjaning orqa sohasidagi terini innervatsiya qiladi. Bu nervlardan yana barmoqlarning o‘nta orqa nervlari (beshtasi bilak, beshtasi tirsak tolalaridan) hosil bo‘lib, bilak nervi tarmog‘i I – II barmoqlarning hammasini va III barmoqning bilak suyagi tamonini, tirsak nervining tarmog‘i – III barmoqning tirsak suyagi tamonini hamda IY – Y barmoqlarning hamma yuzasini innervatsiya qiladi.

Kaft orqa sohasining aponevrozi suyaklararo orqa mushaklar ustidan o’tadigan yozuvchi mushaklar payini qoplaydi. Bu paylar ostidan kaftning orqa arteriyalari (a. metacarpae dorsalis) o’tib, ular barmoqlar asosida barmoqlarning orqa arteriyalariga (a. digitalis dorsalis) bo‘linadi.

Kaftning orqa sohasida ikkita: teri osti va aponevroz osti yog‘ to‘qima bo‘shliqlari tafovut qilinadi.

Barmoqlar (digiti). Barmoqlar kaft yuzasining terisi hamma qavatlarining, xususan shoxdor qavatning yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Unda juda ko‘p miqdorda teri bezlari bo‘lib, yog‘ bezlari umuman bo‘lmaydi. Bu xususiyati va uning tuk bilan qoplanmaganligi unda furunkullar hosil bo‘lmasligi sabablaridan biridir.

Barmoqlar kaft yuzasining teri osti yog‘ to‘qimasi zich, vertikal joylashgan fibroz pay tolalari bilan bo‘lingan bo‘ladi. Odatda bu pay tolalari terining so‘rg‘ichsimon qavatlari bilan oxirgi falanganing suyak usti pardasi hamda bukuvchi paylarning fibroz qinlari orasida tortilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham teri ostidagi yiringli jarayonlar chuqur qavatlarga tarqalish xususiyatiga egadir. Barmoqlarning orqa yuzasidagi terisi yupqa, tukli va teri osti yog‘ to‘qimasi kam rivojlangan bo‘ladi.

Barmoqlarning terisidagi teri osti yog‘ qavatida juda ko‘p limfa kapillar to‘rlari joylashadi. Ular o‘z limfa yo‘llarini kaftning orqa yuzasiga olib chiqadi. Shuning uchun ham kaft yoki barmoqlarning oldingi yuzasida joylashgan yiringli jarayonlarda kaftning orqa yuzasi shishadi. Barmoqlarning orqa yuzasida vena qon tomirlari yaxshi rivojlangan. Ularning yon tomonlaridagi teri osti yog‘ to‘qimasida arteriya va nervlari o’tadi. Har bir barmoq to‘rttadan qon tomir va nerv tutamlariga ega. Barmoqlarning kaft yuzasida arteriya va nervlar ularning oxirgi falangalarigacha boradi, orqa yuzasida esa faqat o’rta falangalarigacha boradi. Shuning uchun ham barmoqlarning oxirgi va o‘rta falangalarining orqa sohasi, kaft arteriyasi va nervlari bilan ta'minlangan bo‘ladi.

Bukuvchi paylarning mushaklari, kaft suyaklarining boshchasidan oxirgi falanganing asosigacha sinovial qin bilan qoplangan bo‘ladi. Bu sinovial qinlar bir-biriga o’tadigan ikkita varaqlardan – pariуetal (peritenon) va visseral (epitenon) varaqlaridan tuzilgan. Peritenon fibroz kanalining ichidan, epitenon esa payning hamma tomonini (barmoqlarning qon tomirlari


o’tadigan oldingi yuzasi bundan mustasno) qoplaydi. Bu joy paylarning yog‘ tutqichi (mezotenon) deyiladi (15 - rasm).

Yiringli jarayonlarda eksudat sinovial qinlarni to‘ldirib, mezotenondagi qon tomirlarni qisib qo‘yadi. Buning natijasida paylar nekrozga uchrashi mumkin.

Har bir barmoqning oldingi yuzasida ikkitadan bukuvchi paylar joylashadi. Bunda, yuzaki bukuvchi mushakning payi, chuqur bukuvchi payning ustida yotib, ikkita oyoqchaga bo‘linadi va o‘rta falanganing asosiga birikadi. Chuqur bukuvchi mushakning payi shu oyoqchalar orasidan chiqib, tirnoq falangasining asosiga kelib yopishadi. Falangalarning orqa sohasida barmoqlarning yozuvchi paylari barmoqlarning orqa aponevroziga o’tadi va uchta qismga


bo‘linadi. Bulardan o‘rtadagisi – o‘rta falangalarning asosiga, ikki yon tomondagisi – tirnoq falangalarining asosiga yopishadi.



TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Qo‘ltiq osti chuqurchasining qanday devorlari bor?

2. Qo‘ltiq osti chuqurchasining oldingi devorida qaysi

uchburchaklar mavjud?

3. Qo‘ltiq osti chuqurchasining oldingi devori

uchburchaklaridagi qon tomir va nerv tutamlarining

topografiyasi qanday?

4. Qo‘ltiq osti chuqurchasida qanday limfa tugunlari guruhi

mavjud?


5. Qo‘ltiq osti chuqurchasining fastsiyasi ostidagi yog‘

to‘qima bo‘lig‘i qanday yog‘ to‘qima bo‘shliqlari bilan

aloqada bo‘ladi?

6. Qo‘ltiq osti orqa devoridagi uch tomonli va to‘rt tomonli

teshiklarning topografiyasi?

7. Deltasimon sohaning chegarasi qanday aniqlanadi?

8. Deltasimon sohaning qanday qavatlari mavjud?

9. Delasimon sohadagi qon tomir va nervlarni aytib bering.

10. Уelka bo‘g‘imi nimalardan tuzilgan?

11. Уelka bo‘g‘imini qanday mushaklar o‘rab turadi?

12. Уelka bo‘g‘imi qobig‘ini (kapsulasini) qanday

boylamlar mustahkamlaydi?

13. Уelka fassial g‘iloflari qanday hosil bo‘ladi va undan

qanaqa mushaklar o’tadi?

14. Уelka qon tomir va nerv chigalining topografiyasi

qanday?


15. Tirsak, bilak va teri mushak nervlarining уelkadagi

topografiyasi?

16. Уelkaning qaysi qavatlarida yiring yig‘ilishi mumkin?

17. Tirsak sohasining oldingi yuzasidan qanday yuzaki

tomirlar va nervlar o’tadi, ularning topografiyasi?

18. Уelka tashqi va ichki teri osti venalari orasidagi tutash

tomirlarning turlari qanaqa bo‘ladi va ularning nomlari?

19. Tirsak chuqurchasini qanday mushaklar hosil qiladi?

20. Bilakuning g‘ilofli tuzilishi qanday?

21. Bilakning fassial g‘ilofida joylashgan mushaklarni aytib


bering?


22. Pirogovning yog‘ to‘qima bo‘shlig‘ining qanday

chegaralari bo‘ladi va uning klinik ahamiyati nimada?

23. Bilakka tegishli bo‘lgan qon tomir – nerv tutamining

topografiyasi qanday?

24. Tirsakka tegishli bo‘lgan qon tomir-nerv tutamining

topografiyasi qanday?

25. Bilakda oraliq nervning topografiyasi qanday?

26. Kaftning chuqur va yuzaki arteriya ravoqlari qanday

hosil bo‘lgan va ularning topografiyasi qanday?

27. Qo‘l panjasi sinovial pay qinlarining tuzilishi qanaqa?



II B O B

OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Oyoqning oldingi chegarasi yuqoridan – chov boylamining teri burmasi (plica inguunalis) bilan, orqa chegarasi – yonbosh suyagining qirrasi (crista iliaca) bilan shartli ravishda belgilanadi.

Oyoqda quyidagi sohalar tafovut qilinadi: 1. Dumba sohasi (regio glutea). 2. Sonning oldingi va orqa sohalari (regio femoralis anterior et posterior). 3. Tizza bo‘g‘imining oldingi va orqa sohalari (regio articulationis anterior et posterior). 4. Boldirning oldingi va orqa sohalari (regio cruris anterior et posterior). 5. Boldir- tovon bo‘g‘imi sohasi (regio articulationis talocruralis). 6. Oyoq panjasi sohasi (regio pedis).



Dumba sohasi (regio glutea). Dumba sohasining chegaralari: yuqoridan – yonbosh suyagining qirrasi, pastdan – dumbaning teri burmasi, ichkaridan – dumg‘aza (os sacrum) va dum (os coccygeus) bo‘ylab o’tkazilgan tik chiziq, tashqaridan – yonbosh suyagi qirrasining oldingi – yuqori o’tkir o‘sig‘idan (spina iliaca anterior superior), son suyagining katta ko‘stiga (trochanter major) o’tkazilgan chiziq.

Sohaning terisi qalin, kam harakatchan va yog‘ bezlariga boy bo‘ladi. U dumbaning yuqori, o‘rta va pastki teri nerv (n.n. clunium superior, media et inferior) lari bilan innervatsiya qilinadi. Bularning birinchisi – bel sohasi orqa miya nervlaridan, ikkinchisi – dumg‘aza sohasi orqa miya nervlaridan va uchinchisi – sonning orqa teri nervi tolalaridan hosil bo‘ladi.


Teri osti yog‘ to‘qimasi terini fastsiya bilan qo‘shib turuvchi qo‘shimcha to‘qimalari bilan ayrim – ayrim bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Bu ayniqsa quymich do‘mboqlari sohasida rivojlangan bo‘ladi, chunki bu joylarda yuzaki fastsiya deyarli bo‘lmaydi. Sohaning lateral tomonida yuzaki fastsiya ikki varaqdan iborat bo‘lib, uning bitta varag‘i yog‘ to‘qimasini ikki qavatga – yuzaki va chuqur qavatlarga ajratadi. Chuqur qavati esa o‘z navbatida bel sohasining yog‘ to‘qima qavatiga qo‘shilib, yonbosh suyagining qirrasi ustida yog‘ to‘qima yig‘indisini (massa adiposa lumboglutalis) hosil qiladi.



Soha fastsiyasi (fascia glutea) bel – ko‘krak fasciyasining (fascia thoracolumbalis) davomidir. U pastda yonbosh suyagining qirrasiga birikadi va katta dumba mushagining yuqori chekkasida ikkiga bo‘linib, shu mushak g‘ilofini hosil qiladi. Mushakning pastki chekkasiga o’tgach, ikkala varaqlar yana o‘zaro birlashib, pastga – songa o’tadi va sonning serbar fastsiyasi (fascia lata) bo‘lib davom etadi. Fassial g‘ilofning orqa sohasidan dumbaning katta mushagiga juda ko‘p mushaklararo tolalar chiqib, bu tolalar fastsiyani mushakka mustahkam biriktirib qo‘yadi.

Dumba sohasidagi mushaklar uch qavat bo‘lib joylashadi. Uning birinchi qavatida, dumbaning katta mushagi (m. gluteus maximus) yotadi. Uning tolalari yuqoridan ichkariga, pastdan tashqariga qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Mushakning ostida siyrak yog‘ to‘qimasi bilan ikkinchi qavatda joylashgan dumbaning o‘rta mushagi (m. gluteus medius), noksimon va ichki yopqich mushaklari yotadi. Bu mushaklarning paylari sohaning yuqori va pastki egizak (m. gemellus) va sonning kvadrat mushaklari (m. quabratus femoris) bilan yopilib turadi. Bu qavatda chanoq ichidan chiqib keladigan qon tomir va nervlar o’tadi. Arteriyalarning barchasi ichki yonbosh arteriyasining, nervlari- dumg‘aza chigalining tolalaridir.

Quymich nervi ko‘pincha noksimon mushak osti teshigidan chiqib, ikkinchi qavat mushaklari orqasida yotgan holda, pastga- songa tushadi. Uning o‘sha joydagi tashqi tasviri. Katta ko‘stni quymich do‘mbog‘i bilan birlashtiradigan chiziqning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Sonning orqa teri nervi uning orqa yuzasiga tushib o‘zidan teri tarmoqlarini beradi.

Uchinchi qavat mushaklariga, kichik dumba mushagi bilan tashqi yopqich mushagi kiradi. Oxirgi mushak, yopqich teshigi pardasining tashqi sohasidan va uning qirralaridan boshlanib, son suyagi bo‘ynini (collum ossis femoris) ichkari va orqa tomonidan


aylanib o’tadi va katta ko‘st chuqurchasiga (jossa trochanterica) birikadi. Tashqi yopqich mushakning payi orqadan – sonning kvadrat mushagi bilan yopilib turadi.

Dumba sohasida chuqur joylashgan ikkita yog‘ to‘qima bo‘shliqlari bo‘ladi. Bularning birinchisi – katta dumba mushagi bilan, ikkinchi qavat mushaklari orasida, ikkinchisi o‘rta dumba mushagi bilan kichik dumba mushaklari orasida hosil bo‘ladi. Birinchi yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i quymich nervi bo‘ylab, sonning orqa sohasida joylashgan chuqur yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i bilan, noksimon mushagi osti teshigi orqali – kichik chanoq yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i bilan va kichik quymich teshigi orqali – quymich – to‘g‘ri ichak chuqurligidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Ikkinchisi o‘rta va kichik dumba mushaklarning fassial g‘ilofi ichida hosil bo‘lganligi sababli, hech qaуer bilan aloqa qilmaydi. Yuzaki limfa yo‘llari chov limfa tugunlariga, chuquri esa chanoq limfa tugunlariga borib quyadi.

Sohaning asosini chanoq suyagi (os coxae), dumg‘aza, dum va son suyaklari (femur) tashkil qiladi. Quymich suyagining (os ischi) orqasida ikkita – katta (incisura ischiadica major) va kichik quymich o‘yma (incisura ischiadica minor) lari bo‘lib, ularni quymich suyagidagi o’tkir o‘siq (spina ischiadica) ikkiga bo‘lib turadi.

Quyidagi ikkita katta va pishiq boylamlar bo‘g‘imlardan uzoqda, chanoq suyagi bilan dumg‘aza suyagi o‘rtasida tortilgan bo‘lib, bulardan biri lug. sacrotuberale deb ataladi. U dumg‘aza suyagining tashqi chetidan boshlanib, quymich do‘ngligining (tuber ischiadicum) orqa medial yuzasiga yopishadi. Buning oqibatida shu boylam bilan katta quymich o‘ymasi o‘rtasida katta quymich teshigi (foramen ischiadicum majus) hosil bo‘ladi. Ikkinchi boylam ham dumg‘aza suyagining chetidan boshlanib, chanoq suyagidagi quymich qirrasi (spina ischiadica) ga borib yopishadi va o‘z yo‘lida lug. sacrotuberale bilan kesishadi. Lug. sacrosrinale deb ataladigan bu boylam, chanoq suyagidan kichik quymich o‘ymasi o‘rtasida kichik quymich teshigi (foramen ischiadicum minus) ni hosil qiladi.

Katta quymich teshigi orqali chanoqdan noksimon mushak (m.piriformis) o’tadi. Lekin bu mushak teshikni butunlay to‘ldirib o’tmaganligi tufayli, uning ustida va ostida ochiq joylar – teshiklar hosil bo‘ladi. Ustki teshikka – noksimon mushak usti teshigi (foramen suprapiriformis), ostki teshikka – noksimon mushak osti (foramen infrapiriformis) teshigi deyiladi. Bu teshiklardan qon tomirlar va nervlar o’tadi. Yuqorigi teshikdan dumbaning yuqori


arteriyasi, venasi va nervi (vasa glutea superior) o’tib, bunda nerv arteriyaga nisbatan bir oz tashqarida va pastroqdan o’tadi. Arteriyasi ancha kalta. Uning va nervning tolalari chuqurroqda – dumbaning o‘rta va kichik mushaklari orasida joylashib, ular mushaklarni hamda serbar fastsiyani (m. tensor fascia lata) qon bilan ta'minlaydi va innervatsiya qiladi. Pastki teshikdan esa dumbaning arteriyasi, venasi va nervi hamda quymich nervi, ichki uyatli arteriya, vena va nervi, pastki dumba va sonning orqa teri nervlari hamda ichki yopqich mushak (vasa glutea inferior, n. ischiadicus, vasa pudenda interna, n. cutenus femoris posterior et. m. obturatorus internus) lar o’tadi.

Bu qon tomir va nerv tutamlarining o‘zaro munosabati quyidagicha bo‘ladi: ichkarida – boylamga yaqinroq, uyatli nerv hamda ichki uyatli qon tomir va nervlari joylashadi. Ulardan tashqarida – pastki dumba nervi, sonning orqa – nervi, dumbaning pastki qon tomirlari va quymich nervi o’tadi.

Dumba sohasining tashqi belgilaridan yonbosh suyagining qirrasini, katta ko‘st suyagini, quymich do‘mbog‘ini paypaslab aniqlash mumkin.



Chanoq - son bo‘g‘imi (articulatio coxae). Chanoq - son bo‘g‘imi chanoq suyagidagi quymuch kosasi (acetabulum) bilan son suyagi boshi (caput femoris) ning birlashishidan hosil bo‘ladi.

Ammo quymich suyagidagi chuqurchadan son suyagining boshi butunlay ko‘milib tursada, kosaning atrof qirg‘og‘ida fibroz tog‘aydan tuzilgan xalqali lab (labium acetabulae) son suyagining boshini qisib, uning chuqurchada maxkam o‘rnashishiga katta yordam beradi. Son suyagining boshchasi quymich kosasi qirrasiga (incisura acetabulae) bo‘g‘im ichi yumaloq boylami (lig.teres femoris) orqali birikkan bo‘ladi.

Bo‘g‘im sohasi hamma tomondan juda ko‘p mushak va boylamlar bilan yopilib turadi. Lekin uning o‘zini va qobig‘ini o‘rab turuvchi mushaklarga oldindan – yonbosh – bel (m. iliopsoas), undan ichkariroqda – sonning to‘g‘ri mushagi (m.rectus femoris), ichkaridan - taroqsimon mushak (m.pectineus), tashqaridan – kichik dumba mushagi (m.gluteus minimis), orqadan – noksimon, ichki va tashqi yopqich hamda egizak mushaklari bilan sonning kvadrat (m.m.piriformis obturatorius internus et externus, gemellus, cuadriceps femoris) mushaklari va pastdan – tashqi yopqich (m.obturatorius externus) mushaklari kiradi.

Bo‘g‘im qobig‘i bo‘g‘imni har tomonlama o‘rasada, unga yaqin joylashgan son suyagining katta va kichik ko‘stlarini o‘z

ichiga olmaganligi sababli, ular bo‘g‘im bo‘shlig‘idan tashqarida qoladi.

Odatda katta ko‘st yaxshi paypaslanib, kichigi esa faqat juda arriq kishilarda, chov boylamining o‘rta qismi ostida paypaslanadi. Agar sonni chanoq son bo‘g‘imidan ozgina bukilsa, katta ko‘stning tepasi, yonbosh suyagining oldingi o’tkir o‘sig‘i bilan quymich suyagi do‘mbog‘ini birlashtiradigan chiziqqa to‘g‘ri keladi (Rozer Nelyaton chizig‘i, (16-rasm). Ko‘st teppasining shu chiziqdan qiyshayishi (yuqoriga yoki pastga) son suyagining chanoq son bo‘g‘imidan chiqqanligini (coxae vara) yoki suyak bo‘yning singanligini bildiradi.

Shu chiziqqa nisbatan, uning teng o‘rtasidan o’tkazilgan perpendikulyar chiziq, son suyagining boshchasini teng ikkiga bo‘ladi. Shunday qilib, chanoq - son bo‘g‘imining tashqi tasviri

Rozer – Nelyaton chizig‘ini teng ikkiga bo‘ladigan nuqtaga to‘g‘ri keladi.

Chanoq – son bo‘g‘imining qobig‘i, chanoq va son suyaklariga shunday birikadiki, bunda kosaning fibroz tog‘ay xalqasining ko‘p qismi va son suyagi bo‘ynining oldingi yuzasi bo‘g‘im bo‘shlig‘ida qoladi.

Bo‘g‘imni uchta boylam mustahkamlab turadi. Bular: oldindan – yonbosh – son (lig. iliofemoralis), ichkaridan – qov - son (lig.ischia femorale) va orqadan – quymuch – son (lig. pubofemorale) boylamlaridir. Bularning birinchisi odam tanasidagi eng katta boylamlardan biridir.

Chanoq – son bo‘g‘imi qobig‘ining o‘ziga xos zaif joylari bor. Bular, bo‘g‘imning orqa va pastki sohalari (quymich – son boylami atrofida) bilan uning oldining yuzasida (bo‘g‘im bo‘shlig‘ining katta sinovial xalta bilan aloqa qiladigan joyi) bo‘ladi. Agar bo‘g‘imda yiringli jarayonlar bo‘lsa, bo‘g‘im qobig‘ining shu zaif joylaridan har tamonga yiring tarqalish xollari uchraydi. Masalan, tashqi yopqich mushakning payi bo‘ylab, yiring yig‘masi dumba sohasiga, shu mushakning yuqori qirrasi bo‘ylab yopqich kanaliga va u orqali kichik chanoqqa, undan qorin parda orqa sohasiga tarqalishi mumkin. Bulardan tashqari yonbosh – bel mushagining ostki va ichki qirrasi bo‘ylab, taroqsimon mushak (m.pectineus) tolalari orasini yorib, uning tashqi qirrasi ostidan son to‘g‘ri mushagining (m. rectus femoris) ostiga chiqadi. Natijada sonning to‘g‘ri mushagi bilan uning medial tomonidagi serbar mushagi (m. vastus medialis) orasida yiring yig‘masi hosil bo‘ladi.

Son sohasi (reg. femoralis). Son sohasining yuqorigi chegarasini oldindan chov boylami, orqadan esa dumba burmasi orqali o’tadi. Pastki chegarasini tizza qapqog‘ining asosidan (basis patellae) 3-4 sm yuqorida o’tkazilgan aylanma chizziq tashkil etadi. Son suyagining medial va lateral g‘adir – budur tepachalari (epycondylus medialis et lateralis) orqali o’tkazilgan vertikal chiziqlar orqali son sohasi oldingi va orqa son sohalariga bo‘linadi.

Sonning oldingi sohasi (reg. femoris anterior). Sohaning yuqorigi chegarasi – chov boylami, pastki chegarasini- tizza qapqog‘ining asosidan 3 - 4 sm yuqorida o’tkazilgan ko‘ndalang chiziq tashkil etadi. Uning ichkari chegarasini - son suyagining medial g‘adir - budur tepachasidan simfizga tushadi va tashqari chegarasini- shu suyakning lateral g‘adir- budur tepachasidan katta

ko‘stgacha o’tkazilgan chiziqlar tashkil etadi. Sohaning skletini son suyagi bilan chanoq suyagining bir qismi tashkil etadi.

Oldingi sohaning tashqi belgilaridan yuqoridan chov boylami (iig.inguinalis) ustidagi teri burmasini, yonbosh suyagi qirrasining, old tomonidagi yuqorigi o‘siqni, yonbosh – qov do‘ngligini va qov do‘mbog‘ini (tuberculum pubicum), pastdan – tizza qopqog‘i bilan son suyagining medial va lateral tepachalarini sanab o’tish mumkin.

Sonning oldingi yuzasidagi teri yupqa va harakatchan bo‘lib, uning yuqori oldingi sohalarini tanosil – son nervining son tarmog‘i (r. femoralis n. genitofemoralis) innervatsiya qiladi. Qolgan sohalarini esa, son nervidan chiqvchi oldingi teri tarmoqlari (r.r.cutenus anterior) innervatsiya qiladi. Oldingi sohaning tashqi tomonlari bel chigalidan chiquvchi sonning lateral teri nervi bilan, ichki sohasining pastki yuzalari yopqich nervining teri tarmog‘i (r.cutenus nervi obturatorii) bilan innervatsiya qilinadi.

Teri osti yog‘ to‘qimasi odatda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Yuzaki fastsiya bu уerda ikki varaqni hosil qilib, varaqlar orasidan sonning katta teri osti venasi (v.saphena magna) va teri nervlari o’tadi. Oldingi teri nervlari mashinachilar mushagi (m.sartorius) bo‘ylab o’tadi. Lateral teri nervi bo‘lsa, yonbosh suyagi qirrasining oldingi tamonidagi yuqori o‘siqning pastki va ichki tomonidan 4 - 5 sm pastroqda, yog‘ to‘qimasiga kirib keladi. Yopqich nervning teri tarmog‘i son ichki sohasining o‘rtasida joylashadi. Son katta teri osti venasi, avvalo sonning pastki medial yuzasida joylashib, keyinchalik yuqoriga ko’tariladi va uning oldingi yuzasiga o’tgach chov boylamidan 3 - 4 sm pastroqda son venasiga (v.femoralis) kelib quyiladi. Ayrim vaqtlarda bu venaning 2 - 3 tarmoqlari bo‘lib, ular son venasiga ochilish oldidan o‘zaro qo‘shilishadi.

Chov boylamidan pastda, katta teri osti venasi bo‘ylab yog‘ to‘qima qavatida juda ko‘p yuzaki limfa tugunlari (nodi lymphatici inguinales superficialis) joylashadi. Bu tugunlarga oyoqning yuzaki limfa yo‘llaridan, qorin sohasining yuzaki limfa yo‘llaridan (kindikdan pastki soha), tashqi jinsiy a'zolarining yuzaki limfa yo‘llaridan, oraliqdan va tashqi chiqaruv teshigi sohalaridan limfa tomirlari kelib ochiladi.

O‘z navbatida yuzaki limfa tugunlaridan limfa suyuqliklari, son venasi bo‘ylab joylashgan, chuqur chov limfa tugunlariga (nodi lymfatici ingunales profundi) qarab oqadi.

Teri osti yog‘ to‘qimasida, chov boylamidan pastroqda, son arteriyalarining yuzaki tarmoqlari: qorinning tepasidagi yuza arteriya

(a. epigastrica superficialis), yonbosh suyagini o‘rab o’tuvchi yuza arteriya (a. circumflexa ilium superficialis) va tashqi uyatli arteriyalar (a.a. pudendae externae) shu nomli venalari bilan joylashadi.

Sonning xususiy serbar fastsiyasi (fascia lata) son mushaklarini yopib, o‘zidan son suyagiga borib yopishadigan uchta mushaklararo: lateral (septum intermusculare femoris lateralis), medial (septum intermusculare femoris medialis) va orqa (septum intermusculare femoris posterior) to‘siqlarini beradi.

Bularning birinchisi son suyagi tashqi g‘adir – budur chizig‘ining tashqi labiga (labium laterale), ikkinchisi va uchinchisi shu chiziqning medial labiga (labium mediale) birikadi. Shunday qilib, son serbar fastsiyasining ostida uchta: oldingi, ichki va orqa mushaklar joylashadigan fassial g‘iloflar hosil bo‘ladi.

Bundan tashqari, serbar fastsiya qon tomir va ayrim mushaklarga ham qin hosil qilishda ishtirok etadi. Masalan, u serbar fastsiyani taranglovchi mushakka (m.tensor fasciae latae) qin hosil qiladi. Bu mushak yonbosh suyagi qirrasining oldingi yuqori qismidan boshlanib, pastga yo‘naladi va o‘zining pay qismi bilan serbar fastsiyaga qo‘shilib ketadi. Natijada bularning qo‘shilgan joyida sonning tashqi tomonida qalinlashgan pay yo‘li (tr. iliotibialis) hosil bo‘ladi. Plastik operatsiyalarda shu yo‘ldan yamoqlar olish mumkin.

Sonning serbar fastsiyasi yana bitta yuzaki joylashgan mushakka – mashinachilar mushagi (m.sartorius) ga qin hosil qiladi. Bu mushak yonbosh suyagining oldingi qirrasidan boshlanib tashqaridan ichkariga va yuqoridan pastga qiyshiq holda yo‘naladi hamda katta boldir suyagining oldingi do‘mbog‘iga (tuberositas tibiae) birikadi.

Sonning oldingi sohasida ikki guruh mushaklar joylashadi. Bularning biinchisiga – oldingi fassial g‘ilofda joylashuvchi boldirni yozuvchi mushaklar, ikkinchisiga – ichki g‘ilofda jolashuvchi, sonni yaqinlashtiruvchi mushaklar kiradi.

Oldingi guruxdagi mushakka sonning to‘rt boshli mushagi (m.quadriceps femoris) kirsada, bu mushakning har qaysi bo‘lagini mustaqil mushak deyish mumkin. Bularning eng yuzaki joylashgani – sonning to‘g‘ri mushagi (m.rectus femoris) dir. U yonbosh suyagi qirrasining oldingi tamonidagi pastki o’tkir o‘sig‘i (spina iliaca anterior inferior) dan boshlanadi. To‘g‘ri mushakning ichki va tashqi tomonlarida sonning medial va lateral serbar mushaklari (mm.vastus

medialis et lateralis) va uning orqasida – sonning o‘rtasidagi serbar mushagi (m.vastus intermedialis) joy olib, ularning hammasi son suyagidan boshlanadi. Sonning pastki sohasida mushaklar o‘zaro birlashib, qalin pay qismini hosil qilgach, tizza qapqog‘i ustidan o‘rab o’tib, tizza qapqog‘ining xususiy boylami (lig. patellae) sifatida katta boldir suyagining oldingi yuzasidagi g‘adir- budur do‘mbog‘i (tuberositas tibia) ga birikadi.

Ichki fassial g‘ilofda taroqsimon mushak (m.pectineus), undan ichkarida – sonni yaqinlashtiruvchi uzun mushak (m.fdductor longus), yana ham ichkari va yuzaroqda – nozik mushak (m. gracilis), orqada va yuqorida – sonni yaqinlashtiruvchi kalta mushak (m.addictor brevis), yana ham orqaroqda – sonni yaqinlashtiruvchi katta mushak (m.addictor magnus) lar joylashadi. Taroqsimon mushak qov suyagi yuqori butog‘ining yuqori o’tkir qirrasidan (pecten ossis pubis) boshlanib, son suyagining taroqsimon chizig‘iga birikadi. Sonni yaqinlashtiruvchi barcha mushaklar esa, qov suyagining butoqlaridan va quymich suyaklaridan boshlanib, son suyagi g‘adir-budur qirrasining medial labiga (uzuni – o‘rta uchligiga, kaltasi – yuqori uchligiga, kattasi – butun bo‘yiga) birikadi. Nozik mushak bo‘lsa, simfiz bilan katta boldir suyagini oldingi do‘mbog‘i orasida joylashadi.

Son oldingi sohasining yuqori uchligida, son yoki Skarp uchburchagi (trigonum femoralis s. Scapri) joylashgan. U yuqorida – chov boylami (lig. inguinalis) bilan, tashqi tomondan – tikuvchilar (m. sartorius) mushagi bilan va ichki tomondan – sonni yaqinlashtiruvchi uzun mushak (m. addistor longus) lar bilan chegaralanadi. Uchburchakning tubini yonbosh-bel va taroqsimon mushaklar hosil qiladi. Bu uchburchakning amaliy ahamiyati shundan iboratki, uning tubidagi yonbosh-taroq chuqurligida (fossa iliopectinea) sonning qon tomirlari ancha yuzaki o’tganligi sababli ularni o‘sha joyda topib, bog‘lash ancha qulay va osondir.

Sonning asosiy qon tomir va nerv tutamlari son arteriyasi, venasi va nervidan tashkil topib, ular chanoq sohasidan son uchburchagiga (17-rasm) chov boylami ostidan o’tadi. Uchburchakning yuqori qismida chov boylami bilan chanoq suyaklari orasida bo‘shliq bo‘lib, bunga chov boylami osti bo‘shlig‘i deyiladi. Bu bo‘shliq (kovak) chov boylamidan eminerta iliopectinea ga tortilgan arcus iliopectineus vositasi bilan ikkita
kovakka, ya'ni tashqi – mushak kovagiga (lacuna musculorum) va ichki – qon tomirlar kovagiga (lacuna vasorum) bo‘linadi.

Mushak kovagi oldindan – chov boylami, ichkaridan – yonbosh – qirra boylami, pastdan va orqadan – chanoq suyagi bilan chegaralanib, tashqi tomondan yonbosh suyagi qirrasining ustki o’tkir o‘sig‘igacha davom etadi. Uning ichidan yonbosh – bel mushagi bilan son nervi o’tadi.

Yonbosh – bel mushagi ikki mushakdan, ya'ni yonbosh suyagi qanotining ichki yuzasidan boshlanadigan yonbosh mushagidan va oxirgi ko‘krak va bel umurtqalarining tanasi hamda bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtalaridan boshlanadigan – katta bel mushagi (m. psoas major) dan tashkil topgan.

Bu mushaklar mushak kovagidan o’ta turib, son suyagining kichik ko‘stiga birikadi. Uni o‘rab turgan fastsiyasi ham shu joygacha уetib keladi. Bel umurtqalarining sil kasalligida hosil bo‘lgan yiring shu mushak fastsiyasi orqali sonning oldingi sohasigacha oqib tushishi mumkin (sovuq absess, oqmadan hosil bo‘lgan shish). Qon tomirlar kavagi oldindan va yuqoridan chov boylami bilan, tashqaridan- yonbosh – qirra boylami bilan, ichkaridan – lakunar (Jimbernat) boylami (lig. lacunare Gimbernati)

va orqadan hamda pastdan qov suyagining yuqori butog‘ini yopib turuvchi taroqsimon boylam yoki Kuper boylami (lig. pectineali Cooperi) bilan chegaralanadi. Qon tomirlar kavagidan son arteriyasi bilan venasi o’tadi. Bunda arteriya tashqarida, vena arteriyaga nisbatan ichkarida joylashadi. Ammo arteriya bilan vena qon tomirlar kavagining uchdan ikki qismini to‘ldirib turadi. Qolgan uchdan bir qismi, ya'ni son venasining medial devori bilan lakunar boylam orasidagi masofa ochiq qolib, bu joy qorin bo‘shlig‘i tomonidan ko‘ndalang qorin fasciyasi bilan, son tomondan esa, katta limfa tugun (Rozenmyuller – Pirogov limfa tuguni) bilan yopilib turadi. Shunday qilib, son uchburchagining yuqori qismida son qon tomir va nerv tutamlari quyidagicha joylashadi (tashqaridan ichkariga qarab): son nervi, arteriyasi va venasi.

Son nervi chov boylami tagidan o’tgach, ko‘p sonli tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Bular to‘rt boshli, tikuvchilar va taroqsimon mushaklarni hamda terini innervatsiya qilishda qatnashadi. Bu tolalarning eng uzuni- teri osti nervi (n. saphenus) bo‘lib, u son arteriyasi va venasi bilan birga pastga yo‘naladi.

Son arteriyasi chanoq suyagi ustidan o’tganligi tufayli uni yonbosh - qov do‘ngligidan ichkaridagi suyakka bosib qon ketishini to‘xtatish mumkin. Son arteriyasining tashqi tasviri chov boylamining o‘rtasidan son suyagining medial g‘adir –budur tepachasigacha o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi (Ken chizig’i). U chov boylamidan 2 - 5 sm pastda o‘zining chuqur arteriyasini (a. profunda femori) beradi. Sonning chuqur arteriyasi keyinchalik ikkita katta tarmoqlarga, ya'ni son suyagini o‘rab turuvchi medial va lateral arteriyalarga (a.a. circumflexaуe femoris medialis et lateralis) bo‘lingach pastga yo‘nalib 3 dan 5 tagacha teshib o’tuvchi arteriyalarga (a. perforantes) bo‘linadi. Ular esa o‘z navbatida sonning katta yaqinlashtiruvchi mushagini teshib o’tib, orqa guruh mushaklarini qon bilan ta'minlaydi.

Son arteriyasi chov boylamidan pastda bog‘lansa, oyoqning yonlama qon aylanishi sonning chuqur arteriyasi tarmoqlari bilan ichki yonbosh arteriyasining tarmoqlari orasidagi anastomozlar hisobiga tiklanadi. Bunda son suyagini o‘rab turuvchi lateral arteriya bilan yuqori dumba arteriyasi va son suyagini o‘rab turuvchi medial arteriya bilan, pastgi dumba, yopqich va ichki jinsiy arteriyalari o‘rtasidagi anastomozlar asosiy vazifani bajaradi. Bulardan tashqari, sonning yuzaki arteriyalari bilan tashqi yonbosh arteriyasining tarmoqlari (yonbosh suyagini o‘rab turuvchi yuzaki va

chuqur arteriyalar hamda yuzaki va pastki qorin pastki arteriyalari) orasidagi bog‘lanishlar hisobiga ham qon aylanishi tiklanishi mumkin.

Agar, son arteriyasi, uning chuqur arteriyasi chiqqan joydan pastdan bog’lansa, oyoqning qon bilan ta'minlanishi chuqur arteriyaning tarmoqlari hisobiga tiklanadi.

Sonning o‘rta qismida uning qon tomir va nerv tutumlari, sonning yaqinlashtiruvchi uzun mushagi bilan medial tomonidagi serbar mushaklari o‘rtasidagi oraliqda (sulcus femoralis) o’tadi. Uning ustidan esa, moshinachilar mushagi yopib turadi. Sonning shu sohasida teri osti nervi tashqari hamda yuzaroqda, son arteriyasi nervdan chuqurroqda va medial tomonda, son venasi esa arteriyaning orqasida joylashadi.

Sonning pastki uchligida son egati sonni yaqinlashtiruvchi katta mushagi bilan, uning medial tomonidagi serbar mushaklari orasidagi egatga qarab davom etadi. Yuqoridagi mushaklar orasida aponevrozli parda hosil bo‘lib, ikkala mushak ustki yuzalarini ko‘prikdek qoplab turadi. Natijada tashqaridan – sonning medial tomonidagi serbar mushagi, ichkaridan – uning yaqinlashtiruvchi katta mushagi va ularning ustidagi aponevrozli parda orasida kanal (canalis addictorius, sei canalis femoropopliteus Hunteri) Gunter kanali hosil bo‘ladi. Kanalning devorlarini orqadan va ichkaridan – sonni yaqinlashtiruvchi katta mushak, oldindan va tashqaridan – sonning medial serbar mushagi, ichkari va oldindan – serbar yaqinlashtiruvchi parda (lamina vastoadductoria) lar chegaralab turadi. Kanalning kirish teshigi devorlari ham shular bilan chegaralangan bo‘lib, u orqali kanalga qon tomir va nerv tutumlari kiradi. Uning chiqish teshigi ikkita. Bittasi uning oldingi devori lamina vastoadductoria da bo‘lib, unga kanalning oldingi teshigi deyiladi. Bu teshik orqali songa teri ostining nervi bilan tizza bo‘g‘imiga boradigan tizzaning pastga tushuvchi arteriyasi (a.genus dessendens) chiqadi. Ikkinchi chiqish teshigi, uning pastki tomonidan sonning katta yaqinlashtiruvchi mushagi aponevrozi yorig‘ida hosil bo‘lib, unga (hiatus tendineus addictorius) deyiladi. U orqali son arteriyasi tizza osti chuqurchasiga o’tib, son venasi yuqoriga ko’tariladi. Kanalning uzunligi 5 - 6 sm keladi. Sonning asosiy qon tomir va nerv tutamlarining tashqi tasviri chov boylamining o‘rtasidan son suyagining medial do‘mbog‘iga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish