(11) IAP 06772 (13) C
(51) B65D 83/16 (2006.01), B65D 83/30 (2006.01)
(21) IAP 2015 0410 (22)16.08.2013
(31)(32)(33) 10-2013-0030201, 21.03.2013, KR
(71)(73) XAMIL SELENA KO., LTD., KR
ХАМИЛЬ СЕЛЕНА КО., ЛТД., KR
(72) LI, Ton-xoon, KR
ЛИ, Тон-хоон, KR
(85) 20.10.2015
(86) PCT/KR2013/007378, 16.08.2013
(87) WO 2014/148702, 25.09.2014
(54) Bir komponentli poliuretan ko‘pik uchun purkovchi adapter
Распыляющий адаптер для однокомпонентной полиуретановой пены
(57)
Foydalanish sohasi: konteynerni bosim ostida to‘ldiradigan bir komponentli poliuretan ko‘pik uchun purkovchi adapter. Vazifasi: ishni samarali va xavfsiz bajarish uchun yuqori darajada yaroqli bo‘lgan bir komponentli poliuretan ko‘pik uchun purkovchi adapterni taqdim etish, zero foydalanuvchi ishni faqat bitta qo‘l bilan bajarishi mumkin, bundan tashqari bir komponentli poliuretan ko‘pik uchun shunday purkovchi adapter taqdim etiladiki, xatto undan foydalanish to‘xtatilganida ham yana yangidan foydalansa bo‘ladi. Ixtironing mohiyati: bir komponentli poliuretan ko‘pik uchun purkovchi adapter quyidagilardan tarkib topgan: adapterning asosiy quvursimon korpusi, u klapan shtoki bilan ulangan bo‘lib, uning vositasida poliuretan ko‘pik bosim ostidagi oknteynerdan chiqariladi; shtokning biriktiruvchi uchastkasi, u asosiy adapter korpusining oxirgi uchastkasidan birida hosil qilingan va klapan shtoki bilan birikkan va tutashgan; chiqarish naychasi, u asosiy adapter korpusining boshqa oxirgi uchastkasidan davom etadi; qo‘zg‘almas richag, u asosiy adapter korpusining tashqi devori bilan integral ravishda hosil qilingan va asosiy adapter korpusining tashqi devoridan ham o‘tib davom etadi; va uzaytirilgan richag, u qo‘zg‘almas richagdan bosim ostidagi konteynerning bo‘ylama yo‘nalishi bo‘ylab buralib o‘tadi va uning vositasida klapan shtoki ochilishi uchun o‘q yo‘nalishiga nisbatan egilishga majbur qilinadi. Shunday qilib, mazkur ixtiroga muvofiq, qo‘zg‘almas richag asosiy adapter korpusining tashqi devori bilan integral ravishda bajarilgani va asosiy adapter korpusining tashqi devoridan bosim ostidagi konteynerning o‘q yo‘nalishiga nisbatan enlama yo‘nalishda davom ettirilgani, uzaytirilgan richag esa qo‘zg‘almas richagdan bosim ostidagi konteynerning enlama yo‘nalishi bo‘ylab buralib davom ettirilgani sababli, bosim ostidagi konteyner va uzaytirilgan richagni bitta qo‘l bilan ushlab turish va bu bilan ishning samaradorligi va xavfsizligini oshirish mumkin. Bundan tashqari, bir martali chiqarib beradigan adapterdan yana qayta fodalanmaslik uchun, chiqish naychasining oxirgi uchastkasini vaqtincha blokirovka qilish mumkin.
Formulaning 1 m.b., 3 b.b., 6 ta rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |