(11) IAP 06742 (13) C
(51)A01B 79/02 (2006.01), A01B 49/06 (2006.01), A01C 5/06 (2006.01)
(21) IAP 2018 0195 (22)04.05.2018
(71)(73) Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, UZ
Самаркандский институт ветеринарной медицины, UZ
(72) Ergashev Ismoil Tashkentovich, Pardayev Xofiz Qalandarovich, Toshtemirov Bekzod Ravshanbekovich, Islomov Yorqin Iskandarovich, Abdullayev Baxodirjon Valijon o'g'li, Usmanov Ilxam Ibroximovich, Xaitov Baxtiyor Yusufovich, Xaitov Bekzod Zafarovich, Ismatov Allamurod Ilxom o'g'li, Qoddirov Firuz Xolxo'jayevich, UZ
Эргашев Исмоил Ташкентович, Пардаев Хофиз Қаландарович, Тоштемиров Бекзод Равшанбекович, Исломов Ёрқин Искандарович, Абдуллаев Баходиржон Валижон ўғли, Усманов Илхам Иброхимович, Хаитов Бахтиёр Юсуфович, Хаитов Бекзод Зафарович, Исматов Алламурод Илхом ўғли, Қоддиров Фируз Холхўжаевич, УЗ
(54) Takroriy ekinlar urug‘ini to'g'ridan-to‘g‘ri ekish usuli va uni amalga oshiruvchi qurilma
Способ прямого посева семян повторных культур и устройство для его осуществления
(57)
Foydalanish sohasi: qishloq xo‘jaligida va takroriy ekinlarni ekishda qo‘llanishi mumkin. Vazifasi: ekish sifatini oshirish, urug‘larning o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish va tuproq namligidan oqilona foydalanish. Ixtironing mohiyati: takroriy ekinlar urug‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish usuli ekiladigan egatlarni hosil qilish, ularga urug‘larni joylash, urug‘larni tuproq bilan ko‘mish va zichlashdan iborat. Ekiladigan egatlar birinchi ekishdan qolgan o‘rkachlar yonbag‘rlarida shakllantiriladi va urug‘ ekilgan chuqurliklardan pastroqda o‘g‘it solib ketiladi, ekiladigan egatlarni zichlash esa birinchi ekishdan qolgan sug‘oriladigan egatlar tomonidangina amalga oshirladi. Ramada o‘g‘it uchun bunker o‘g‘it yo‘li bilan montaj qilingan, tayanch g‘ildiraklar baraban ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, u sinusoidal shakldagi botiq gardish va bir tomondan o‘yma yassi diskka ega, egat ochkichlar qiya o‘qlarga o‘rnatilgan va diametri har xil bo‘lgan ikkita yassi qo‘shaloq disklar ko‘rinishida bajarilgan, tayanch g‘ildiraklar qo‘shaloq yassi disklarning oldida o‘rnatilgan, buning ustiga qiya joylashgan qo‘shaloq yassi disklar orqasida qiya joylashgan bosib tekislovchi g‘altakmola katta diametrli qo‘shaloq disk joylashgan o‘qdan masofaga siljiydigan qilib o‘rnatilgan, bu yerda D – kattaroq diametrli yassi disk diametri, вn – kattaroq diametrli yassi diskning hujum burchagi, vn – bosib tekislovchi g‘altakmola gardishining eni. Qo‘shaloq disklar diametri 1-2 nisbatda olingan bo‘lib, bunda kichikroq diametrli disk tayanch g‘ildirakning o‘yma yassi diski tomoniga o‘rnatilgan.
Formulaning 1 m.b., 10 ta rasm.
_______________
Do'stlaringiz bilan baham: |