Bog'liq 3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma
Mental ray vizualizator. Mental ray vizualizator – ancha takomillashtirilgan va kuchli. Uning algoritmlari realistik tasvirlarni yaratish
imkoniga ega. Asosiy tasniflari bo‘yicha u Scanline standart vizualizatorning
aksidir, ya’ni vizualizatsiya davomiyligi ko‘p (bir qancha daqiqalardan to bir qancha soatlargacha), ish jarayonida maxsus materiallardan va yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi, sahnada atmosfera effektining mavjudligi.
Bu vizualizatorning katta afzalliklaridan biri, u avvaldan 3D dasturida, ya’ni uni alohida o‘rnatish yoki ulash kerak emas. Gap shundaki ko‘pgina vizualizatorlar 3D dasturining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanmaydi, balki alohida ulanuvchi modul yoki ulanadigan “plaginlar”. Hozirda u dasturning umumiy uskunalar hisobiga qo‘shilgan va redaktor bilan birga o‘rnatiladi. Bu juda qulay, chunki alohida modul qo‘shish ehtiyoji yo‘q. Eng yaxshi effektga erishish uchun Mental ray bilan ishlashda maxsus teksturalar va yorug‘lik manbaidan foydalanish lozim. Rasmni so‘nggi renderlashda vizualizator model yuzasidan tushayotgan va akslanishini hamda material xususiyatini hisobga oladi. Agar Mental ray hisoblash alogoritmidan foydalaniladigan bo‘lsa, u holda material turi va yorig‘lik manbai unga mos kelishi lozim.
Sahna atmosferasi bilan ishlashda bu va boshqa vizualizatorlarning sezilarli kamchiliklaridan biri bu vizualizatsiyaning davomiyligidir. Sahna asosida rasm yaratishning jarayoni bir necha soat davom etishi mumkin (standart Scanline vizualizator bir necha soniyada bajarasdi). Bu muammo emas agarda vaqt bemalol bo‘lsa, lekin ko‘pincha vizualizatsiyani qisqa vaqtda bajarish talab etiladi.
Mental ray vizualizatorning afzallik va kamchiliklari: Afzalligi:
yaratilayotgan tasvirning yuqori realistikligi. Sahna atmosferasi bilan ishlashda yorug‘lik tarqalishi va uni qaytarilish effektlarini yaratish va sozlash mumkinligi. Bu real hayot sharoitiga mos keladi;
bunda maxsuslashtirilgan materiallar va yorug‘lik manbalarining borligi.
Bu tasvirlarni realistik yaratish imkonini beradi;
vizualizatorni dasturga o‘rnatilganligi, bu alohida modulni o‘rnatishni talab etmaydi.
Kamchiligi:
Scanline oddiy vizualizatorga nisbatan bu vizualizatordan foydalanishning murakkabligi;
vizualizatsiya jarayoning ancha uzoq davom etishi. .
Vizualizatorning yagona kamchiligi – u 3ds Max standart paketiga kirmaydi, balki tashqi ulanuvchan modul hisoblanadi. Qolgan imkoniyatlari Mental rayga o‘xshaydi, afzalliklari va kamchiliklari ham o‘xshashdir, interyer va arxitektura loyihalarini yaratishda foydalaniladi.