StockLensespaneli – fokus uzunligi 15 dan 200 mm gacha bo‘lgan standart linzalardan birini tanlash orqali ko‘rish maydonini belgilashning muqobil usulini taqdim etadi. Odam ko‘zining fokus uzunligi 50 mm, shuning uchun bu fokus uzunlikdagi linzalar yordamida olingan sahna ko‘rinishi inson ko‘zi uchun eng tabiiy sahna tasvirini beradi.
EnvironmentRanges(Atrof-muhitta’siridiapazoni)paneli – Near Range (Yaqin chegara) va Far Range (Uzoq chegara) sozlamalari bilan ifodalanadi.
Clipping Planes (Kesishish tekisgi) paneli – kameradan mos keladigan tekisliklargacha bo‘lgan masofani aniqlaydigan Near Clip (Yaqin kesishish tekisligi) va Far Clip (Uzoq kesishish tekisligi) sozlamalari bilan ifodalanadi.
Multi-PassEffects (Ko‘p qirrali effektlar) paneli – sahnaning chuqurligi va harakatning xiralashuvi (Motion blur) orqali o‘xshatish imkonini beradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Yorug‘lik manbai tushunchasi?
Qanaqa yorug‘lik manbaini bilasiz va ularning farqi nimada?
Kamera tushnchasi haqida ma’lumot bering?
Qanaqa kamera turlarini bilasiz va ularning farqi nimada?
Sahna ko‘rinishi tushunchasi. Asosiy vizualizatsiyani boshqarish vositalari
Vizualizatorlarhaqida. Hohlagan sahna ustida ishlashning yakuniy bosqichi – bu vizualizatsiya. Ana shu bosqich jarayonida barcha yorug‘lik manbalarini yaratish va sozlash lozim, atmosfera effektini qo‘shish, kerakli rakursni tanlash va tayyor tasvirni yaratishdir. Shu ongacha tezkor vizualizatsiya Render Production bajarilgan, uni bitta tugma bilan ishga tushirish yoki “Shift+Q” tugmalar to‘plami bosiladi.
Tayyor tasvirni bajarish vizualizatorlar yordamida amalga oshiriladi. Vizualizatorlar bu mustaqil dastur. U 3ds Maxga o‘rnatilgan va unda tayyor tasvirlarni yaratish uchun algoritm va qoidalar mavjud. Sahnaning umumiy ko‘rinishi, yorug‘likni taqsimlash tartibi va uslubi, obyektlarda materiallarning umumiy ko‘rinishi – bularning aniq vizualizatorlarga bog‘liqdir, har xil turdagi vizualizatorlar mavjud. Ularning har biri universaldir, lekin amaliyotda vizualizatorlar aniq mahsulot turlarini yaratishda foydalaniladi. Multiplikatsion filmlarni yaratishda ko‘pincha: Render Man vizualizatorlardan foydalaniladi, arxitektura yoki interyerlarni vizualizatsiyasida V-Ray va Carona vizualizatorlardan foydalaniladi. Har bir ana shu vizualizatorlar manbalar va imkoniyatlarga ega. Ular aniq vazifani bajarish imkoniga ega. Vizualizatorlarning o‘zini talablari bor: materialni tahrirlashda, soha yorug‘ligini sozlashda, soya va atmosferani yaratishda. Barcha aytilgan elementlar realistik sahna effektini yaratishda asosiydir. Aniq vizualizatorlar manbaidan mahorat bilan foydalanilsa, tasvir foto suratdan farq qilmay qoladi.
Scanline vizualizator. Scanline – 3ds Maxning standart vizualizatori. Uning uskunalari va imkoniyatlarining tasnifiga ko‘ra ancha kuchsiz. Uning yordamida biror realistik rasmni bajarish ancha murakkab. Lekin tayyor tasvir olish uchun u vizualizatsiyani tez amalga oshiradi. Avvalgi mavzularda tez vizualizatsiya qilish jarayoni bajarilgan, bunda Render Production yoki “Shift+Q” tugmalarni bosish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Vizualizatorni dastlabki sozlash ishlarini bajarmasdan ishga tushirish uchun Scanline vizualizatordan foydalaniladi. Mazkur vizualizator standart turdagi materiallardan foydalanadi ya’ni standart yorug‘lik manbai va syomka qiluvchi kamera. Qandaydir sahna atmosferasini sozlash, yorug‘likning tarqalish ishlari unda yo‘q. Shuning uchun tasvir tez yaratiladi, lekin vizualizatorlarga nisbatan sifati ancha past. Ko‘rilayotgan sahnaning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun Scanline oraliq vizualizatsiyasini bajarish uchun qulay. Uning vizualizatsiyasi juda kam vaqt oladi, shuning uchun uni hohlagan paytda bajarish mumkin. Shuni aytish kerakki, sahnaning yakuniy interyeri bilan vizualizatsiyani bajarishda Scanline to‘g‘ri kelmaydi. Uning zaifligi sahna atmosferasini bera olmasligidir. Sahna atmosferasi deganda, obyekt yuqorisidan yorug‘lik shulasini fazoda tarqalishini aks ettirishdir va bir xil tarqalgan yumshoq yoritilishdir. Scanlineda bunday narsa yo‘q, shuning uchun oddiy sfera vizualizatsiyada doimo bir tarafi qora. Chunki yorug‘lik nuri faqat boshqa tarafga tushadi (81- rasm).
rasm.Vizualizatsiyasida sferani bir tarafi soyada joylashgan, boshqa tarafi yoritilgan.
Bu holat sahnada yorug‘likning tarqalishi yo‘qligi uchun. 82-rasmda atmosfera bor va yo‘q paytida yorug‘lik nurlari o‘zini qanday tutishi ko‘rsatilgan.
rasm. Chapda sahna vizualizatsiyasining atmosfera ko‘rsatkichlari sozlanmagan, o‘ngda sozlangan.
Scanline vizualizator haqidagi ma’lumotni umumlashtirib uning ijobiy va salbiy tomonlarini belgilaymiz.
Ijobiy tarafi:
yuqori tezlikda vizualizatsiya;
murakkab bo‘lmagan mahsulotni vizualizatsiyasida ortiqcha sozlash va ko‘rsatgichlarning yo‘qligi;
vizualizator standartli hisoblanadi ya’ni uni alohida qo‘shish shart emas;
ishlash sodda.
Salbiy taraflari:
faqatgina standart turdagi materiallar va yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi;
obyektning yuqorisidan yorug‘lik nurlarini tarqatish va obyekt yuzasidan nur qaytishining ilojisi yo‘qligi.
Shunday qilib, Scanline vizualizator realistik loyihalarga yakuniy vizualizatsiyani bajarishga mos kelmaydi.