I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov



Download 3,99 Mb.
bet38/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

rasm. Add Atmosphere oyna.

Bunda Fire Effect (Olovli effekt) variant tanlanadi va “OK” tugmasi bosiladi. Natijada Atmosphere (Atmosfera) svitkaning Effect (Effekt) maydonida Fire Effect (Olovli effekt) qator paydo bo‘ladi. Bu degani sahnaga effekt muvaffaqiyatli qo‘shildi. Endi uni sozlash lozim. Pastda Enviroment and Effects (Arof-muhit va effektlar) oynada yangi Fire Effect Parameters (Olovli effect sozlamalari) svitok paydo bo‘ladi. Bu yerda sozlash uchun barcha kerakli ko‘rsatkichlar to‘plangan (95-rasm).

      1. rasm. Fire Effect Parameters svitok.



Boshlanishiga sahnada gabarit konteyneri bilan olov effektini bog‘lash lozim. Buning uchun bizga Gizmos (Gabaritli konteyner) svitokning birinchi guruh opsiyasi kerak bo‘ladi. Bu yerda Pick Gizmo (Gabaritli konteynerni ko‘rsatish) tugma bosiladi. So‘ngra sahnada mavjud gabarit konteyneriga sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Agarda barcha amallar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, Gizmo (Gabaritli konteyner) ko‘rsatkichlar guruhining o‘ng tomonida joylashgan maydonda mavjud gabarit konteynerining nomi tasvirlanadi (96-rasm).

      1. rasm. Gabarit konteyneridan muvaffaqiyatli foydalanganligining tasdig‘i.

Agarda tez Perspective (Perspektiva) oyna proyeksiyasini vizualizatsiyasi bajarilsa, u holda hozirgina yaratilgan olovni ko‘rish mumkin (97-rasm).

      1. rasm. Absolyut sozlangan effekt.

Olov effektining tashqi ko‘rinishini sozlash Fire Effect Parameters (Olovli effect sozlamalari) svitok ko‘rsatkichlarining yordamida sozlanadi. Bu yerda quyidagi guruh ko‘rsatkichlari bilan ishlanadi: Colors (Ranglar), Shape (Shakl), Characteristics (Tasniflar), Motion (Harakat), Explosion (Portlash).


Colors (Ranglar) guruhda olov effektining ranglariga javob beruvchi ko‘rsatkichlar to‘plangan. Bunda uchta asosiy ranglarni muharirlash mumkin: Inner Color (Ichki rang), Outer Color (Tashqi rang), Smoke Color (Tutun rangi). U yoki bu rangni tanlash uchun sichqonchaning chap tugmasini rang kvadratida bosish lozim va hohlagan rang tanlanadi va uning Color Selector (Rang tanlash) oynada aksi paydo bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar yordamida antiqa an’anaviy bo‘lmagan moviy – ko‘k olov yaratish mumkin.
Shape ko‘rsatkichlar guruhida alanganing umumiy shakliga javob beruvchi ko‘rsatkichlar to‘plangan. Ular ichida:

    • Flame Type (Alanga turi) – alanganing umumiy shakliga javob beradi. Bu yerda ikki variant oralig‘ida tanlash mumkin: Tendril (Olov tili, alangasi) va Fireball (Olovli shar). Birinchi variantda olov tillari yuqoriga qaragan holatni yaratish imkonini beradi (Z – o‘qining musbat yo‘nalishi bo‘yicha). Bu variant sham yoki gulhan alangasini yaratishda qo‘l keladi. Ikkinchisi Fireball(Olovli shar) variant alangani shar shaklida yaratish imonini beradi.

    • Stretch (Cho‘zish) – olov tilini balandlik bo‘yicha qanchaga cho‘zish lozimligiga javob beradi. Ushbu ko‘rsatgichni oshirish yo‘li bilan alanga tili yuqoriga cho‘ziladi, ko‘rsatkichni kamaytirish yo‘li bilan alanga effektining tili kamaytiriladi, alanga barcha tarafga tarqaladi.

    • Regularity (Muntazam/doimiy) – gabarit konteynerida olov hajmining joylashishiga javob beradi. Bu ko‘rsatkich qiymati 0 dan 1 gacha. Maksimal qiymatda olov hajmi gabarit konteyner hajmi bilan mos keladi.

Shunday qilib, mazkur guruh ko‘rsatkichlari alanganing umumiy shakliga javob beradi, 98-rasmda alanga shaklining har xil shakllari keltirilgan.

      1. rasm. Alanga shaklining har xil variantlari.

Characteristics (Tasniflar) guruhida quyidagi ko‘rsatkichlar keltirilgan:



    • Flame Size (Alanga tillarining o‘lchami) – alanga tilining o‘lchamiga javob beradi. Mazkur qiymat qancha baland bo‘lsa, alanganing tili shuncha katta bo‘ladi. 99-rasmda har xil o‘lchamli ko‘rsatkich qiymatlari bilan ikkita olov effekti keltirilgan.

      1. rasm. Alanga tilining har xil qiymatlari.




    • Flame Detail (Alanga tilining bo‘laklanganligi) – alohida alanga tilining qanchalik yorqinligiga javob beradi. Bu ko‘rsatkich qiymati qancha yuqori bo‘lsa,

alanga tili shuncha aniq bo‘ladi. 100-rasmda alanga keltirilgan, bunda mazkur ko‘rsatkichning qiymati har xil.



      1. rasm. Alanga tilining har xil bo‘laklashtirish darajasining effektlari. Density (Zichlik) – yaratilayotgan olovning umumiy zichligiga javob beradi.

Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, ko‘z bilan ko‘rganda olov zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. 101-rasmda yuqori va past zichlikli olovlar keltirilgan.

      1. rasm. Olovning har xil zichligi.




    • Samples (Shulalar) – olovning umumiy tashqi ko‘rinishiga javob beradi. Bu ko‘rsatkich qiymati oshsa, olov ancha aniq va tartibli bo‘ladi. Lekin vizualizatsiya sezilarli uzoq bo‘ladi.

Shunday qilib, bu guruh ko‘rsatkichlari alanganing umumiy tasnifiga javob beradi. Keyingi guruh ko‘rsatkichlari Motion (Harakat) alanganing yonish dinamikasiga javob beradi. Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar keltirilgan:

    • Phase (Faza) – bu ko‘rsatkich alangani harakatchanlik qilish imkoniyatini beradi. Uning qiymatini vaqtida o‘zgartirish alangani statik rasmdan dinamik effektga aylantirish mumkin.

    • Drift (Aralashish) – bu ko‘rsatkich qanchalik alanga yonganda tili kuchli bo‘ladi.

Explosion (Portlash) guruh ko‘rsatkichlari oddiy alanga yaratish emas, bakli animatsion portlash effektini yaratish imkonini beradi. Potrlash rejimini faollashtirish uchun Explosion (Portlash) bayroqcha o‘rnatiladi, portlash tutun bilan bo‘lishi uchun Smoke (Tutun) bayroqcha o‘rnatiladi. So‘ngra Setup Explosion (Portlashni sozlash) tugma bosiladi, uncha katta bo‘lmagan Setup Explosion Phase Curve (Portlash trayektoriya chizig‘ini sozlash) oyna hosil bo‘ladi.
Bunda portlashning umumiy davomiyligini belgilash lozim. Buning uchun uning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari beriladi. Standart qiymatdan foydalaniladi, 0 kadrdan to 100 kadrgacha va alohida “AVI” faylda barcha vaqt shkalasining animatsiya vizualizatsiyasi bajariladi. Ana shu videoda uncha katta bo‘lmagan portlash bajarilgan bo‘ladi. 102-rasmda ana shunday portlashning alohida kadrlari ko‘rsatilgan.

      1. rasm. Kadr oralig‘ida portlash.

Shuning bilan Fire Effect (Olov effekti) effekt statik va dinamik olov tasvirini yaratishda qulaydir.


Olov effektini o‘zgartirish misoli ko‘rib chiqiladi.

  1. Elektron tayyor sahna fayli ochiladi. Sham va unga yo‘naltirilgan syomka kamerasi bilan sahna ochiladi.

  2. Perspective (Perspektiva) proyeksiyalar oynasi belgilanadi va syomka kamerasini faollashtirish uchun “C” tugma bosiladi. Kamera shunday yo‘naltirilganki, shamning piligi bilan yuqorigi qismini yirik planda ko‘rsatadi (103-rasm).



      1. rasm. Dastlabki sahna.

Shuning bilan Fire Effect (Olov effekti) effekt statik va dinamik olov tasvirini yaratishda qulaydir.


Olov effektini o‘zgartirish misoli ko‘rib chiqiladi.

  1. Elektron tayyor sahna fayli ochiladi. Sham va unga yo‘naltirilgan syomka kamerasi bilan sahna ochiladi.

  2. Perspective (Perspektiva) proyeksiyalar oynasi belgilanadi va syomka kamerasini faktivlashtirish uchun “C” tugma bosiladi. Kamera shunday yo‘naltirilganki, shamning piligi bilan yuqorigi qismini yirik planda ko‘rsatadi.

  3. Buyruqlar panelining birinchi bo‘limidagi Helpers (Yordamchilar) beshinchi bo‘lim ostidan Atmospheric Apparatus (Atmosfera apparatlari) obyekt turi tanlanadi va sferik gabarit konteynerni yaratuvchi uskuna tanlanadi. Shu bilan effekt aniq gabarit konteyneriga bog‘lanadi. Endi uning ko‘rsatkichlarini sozlash lozim.

  4. Flame Type (Alanga turi) Tendril zavitok beriladi, Stretch (Tortish) ko‘rsatkichlar qiymati 10 ga teng beriladi, Regularity (Davomiyligi) – 0.3, Flame Size (Alanga tillarining o‘lchami) 0.2, Flame Detail (Alanga tillarining bo‘laklashtirilganligi) 10, Density (Zichlik) 3000, Samples (Shulalar) 30. Yuqorida berilgan qiymatlar gabarit konteynerining radiusi 0.5 sm belgilangan deb qabul qilinadi va uning shakli yuqoriga cho‘zilgan.

  5. Barcha ko‘rsatkichlarni bergach, Perspective (Perspektiva) oynaning vizualizatsiyasi bajariladi. Tasvirda shamning pligi atrofida alanga paydo bo‘ladi (104-rasm).





      1. rasm. Yaratilgan alanga.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish