I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov



Download 3,99 Mb.
bet17/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Freeze (Muzlatish). Sahnani tashkil qilishning ikkinchi manbai muzlatilgan obyekt ko‘z bilan ko‘rganda sahnada qoladi, lekin u bilan ishlash imkoni yo‘qoladi. Muzlatilgan obyekt sahnada kul rangda tasvirlarnadi va uni belgilashning ilojisi bo‘lmaydi.
Obyektni muzlatish tartibi bilan tanishamiz.

  1. Sahnada bor obyektlarning biri ixtiyoriy belgilanadi. Kvadrat yuzali menyu chaqiriladi va Freeze Selection (Muzlanganlarni tanlash) bandi tanlanadi. Obyekt kul rang bo‘lib oladi. U xuddi sahnada yo‘qdek. Uni belgilash, surish, burish va boshqa harakatlarni amalga oshirishning ilojisi yo‘q.

  2. Ramka bilan yana ikki obyekt belgilanadi va ularni ham muzlatiladi.

  3. Kvadrat yuzali menyu chaqiriladi va unda Unfreeze All (Hammasini eritish) band tanlanadi. Muzlatilgan obyektlar dastlabki holiga qaytadi.

  4. Display (Tasvirlamoq) buyruqlar panelidan beshinchi bo‘lim ochiladi. Bunda Freeze (Muzlatish) to‘plamda barcha muzlatish opsiyalari mavjud (26- rasm).





      1. rasm. Freeze guruhi.

Avval sanab o‘tilganidan tashqari: Freeze Unselection (Belgilanganlarni muzlatish), Freeze by Name (Nom bo‘yicha muzlatish), Freeze by Hit (Zarba orqa muzlatish), Unfreeze by Name (Nom bo‘yicha eritish). Bu opsiyalar xuddi yashirish opsiyalari kabi ishlaydi.


Agarda ishlash davomida yaratilgan tayyor obyektni buzib qo‘yish ehtimoli bo‘lsa, uni muzlatiladi. Shu bilan birga uni sahnadan yo‘qotish mumkin emas, chunki fazoda chamalash uchun. Masalan, ba’zi hollarda yaratilgan xona devorlari muzlatiladi.
Isolate (Izolatsiyalash). Yakkalash boshqa obyektlarni yashirish hisobiga sahnada qolgan aniq obyektga nisbatan barcha e’tibor jamlanadi. Masalan, interyer ustida ish olib borilayotganda, yumshoq kreslo shakli ozgina chala ishlanganligi e’tiborga tushdi. Bunday hollarda kresloni belgilab, uni yakkalab, so‘ngra kresloni qayta ishlab, uni umumiy sahnaga qaytariladi. Bunda boshqa obyektlar (devorlar, divan, stol va boshqalar) kreslo shakli bilan ishlashga halaqit bermaydi.

  1. Sahnadagi obyektlardan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan hohlagani belgilanadi.

  2. Kvadrat yuzali menyu chaqiriladi va Isolate Selection (Tanlanganlarni izolatsiyalash) band tanlanadi.

  3. Sahnadagi qolgan obyektlar yo‘qoladi. Faol oyna proyeksiyasida obyektni

markazlashtirish jarayoni sodir bo‘ladi va Exit Isolation Mode (Izolatsiya rejimidan chiqish) tugma bilan uncha katta bo‘lmagan soya paydo bo‘ladi.

  1. Endi ish faqatgina yakkalashtirilgan obyektga nisbatan sodir bo‘ladi. Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng Exit Isolation Mode (Izolatsiya rejimidan chiqish) tugma bosiladi. Bu bilan avvalgi sahna qaytariladi.

Obyektni yakkalash va yashirish – bu bir narsa emas, yakkalash rejimidan chiqilganda barcha yashirilgan obyektlar yashirilgancha qoladi.



Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish