Hierarchy (Erarxiya) va Display (Tasvirlamoq) bo‘limi bilan tanishish. Sahna tuzilishi katta loyihalarda murakkab, chunki ko‘pgina har xil obyektlarni o‘z ichiga oladi. Murakkab sahnalar bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash uchun uchta maxsus manbalar mavjud: Hide (Yashirish), Freeze (Muzlatish), Isolate (Izolatsiyalash). Ular ma’lum sahna hududlarida ishlashga imkon beradi. Ana shu manbalardan foydalanish tartibini ko‘rib chiqamiz.
Hide(Yashirish). Obyektlarni yashirish, foydalanilmaydigan obyektlarni vaqtinchalik yashirishga imkon beradi. Yashirilgan obyekt sahnada ko‘rinmaydi, xuddi butunlay yo‘q qilingandek. Yashirilgan obyektlar, standart ko‘rsatkichlarga binoan vizualizatsiyada ham ko‘rinmaydi, ya’ni tayyor mahsulatga nisbatan u yo‘q. Lekin bunday obyektlarni qolgan paytda sahnada tiklash mumkin. Ana shunisi bilan yashirish amali yo‘qotish amalidan farq qiladi.
Aniq misolda Hide (Yashirish) manbani foydalanish tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Sahnada har xil shakldagi 4 ta sodda obyektlar yaratiladi (masalan, shar, kub, silindr va tor).
Birinchi obyektni belgilab, so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi. Kvadrat yuzali menyu paydo bo‘ladi, unda tez-tez qo‘llaniladigan asboblar va manbalarga zudlik bilan kirish mumkin bo‘lgan opsiyalar mavjud. Bunda yuqorigi qismda Hide (Yshirish) manbalar blokining opsiyalari joylashgan (24-rasm).
rasm. Hide blok opsiyalari.
Hide Selection (Belgilanganni yashirish) band tanlanadi. Belgilangan obyekt yo‘qoladi. Xuddi shu amalni ikkinchi obyekt bilan ham bajariladi.
Qolgan ikkita obyektlarning birortasini belgilamasdan kvadrat yuzali menyu chaqiriladi va Unhide All (Hammasini ko‘rsatish) band tanlanadi. Ikkita yashirilgan obyektlar o‘z joyiga aytadi.
Belgilanmagan qolgan o‘sha obyektlarni yashirish uchun avvalo qoldiriladigan obyektlarni belgilash lozim, so‘ngra kvadrat yuzali menyudan Hide Unselection (Belgilashni bekor qilishni yashirish) band tanlanadi. Bunday amallar yashiriladigan obyektlar qoladigan obyektlardan ancha ko‘p bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Qolagan usul bilan sahnadagi barcha obyektlar yashiriladi. So‘ngra kvadrat yuzali menyudan Unhide by Name (Nom bo‘yicha yashirish) bandi tanlanadi. Yashirilgan obyektlarning ro‘yxatini beruvchi oyna paydo bo‘ladi. Bundan ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan obyektlarni belgilash mumkin. Unhide (Yashirmaslik) tugmani bosib, ularni sahnaga qaytariladi. Avval aytilganidek kvadrat yuzali menyu tez-tez ishlatiladigan asboblar va opsiyalarga zudlik bilan kiradi.
Hide (Yashirish) opsiya manbalarning to‘liq ro‘yxati Display (Tasvirlamoq)
bo‘limda joylashgan, panelning beshinchi bo‘limida Hide by Category (Kategoiya bo‘yicha yashirish) va Hide (Yashirish) to‘plamlar 25-rasmda keltirilgan.
rasm.Hide by Category oynasi.
Hide by Category (Kategoiya bo‘yicha yashirish) to‘plamda yashirilishi lozim bo‘lgan obyektlarni belgilash mumkin. Bizning holatimizda Geometry (Geometriya) ko‘rsatilganda barcha bor obyektlar yashiriladi, chunki ularning barchasi geometrik obyekt hisoblanadi. To‘plamning bossa bandlarida ba’zi shakllarni, yorug‘lik manbalarini, kameralarni, yordamchi obyektlarni, zarrachalar tizimini va boshqalarni yashirish imkonini beradi.
Hide (Yashirish) to‘plamda obyektlarni yashirish opsiyalarining to‘liq hajmi berilgan. Kvadrat yuza menyusiga kiritilmaganlar quyidagilar:
Hide by Name (Nom bo‘yicha yashirish) – sahnadagi obyektlar ro‘yxatini beradi, undan yashirish kerak bo‘lgan obyektlar belgilanadi va Hide (Yashirish) tugmasi bosiladi.
Hide by Hit (Tugma bo‘yicha yashirish) – yashirish rejimli tugmani bosish bilan amalga oshiriladi. Bu rejimda tugma qaysi obyektga bosilsa, o‘sha obyekt yashiriladi. Yashirish rejimidan chiqish uchun faol oyna proyeksiyasining hududida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi.
Hide Frozen Objects (Muzlatilgan obyektlarni yashirish) – bu opsiya muzlatilagan obyektlarni yashirish imkonini beradi. Muzlatilgan obyektlarning ko‘rinishini yaxshi darajada bo‘lishi uchun bu opsiya o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Obyektlarni muzlatish haqida keyinroq fikr yuritiladi.
Shunday qilib, Hide (Yashirish) manbaa sahnadan belgilangan obyektlarni vaqtinchalik yo‘qotish imkonini beradi. Shunday holatni ko‘z oldimizga keltiramiz, interyer sahnasi ustida ish olib borilayotgan paytda, shkaf modeli yaratiladi. Keyinchalik mebelning navbatdagi elementini yaratilayotganda ana shu yaratilgan shkaf modeli halaqit beradi. Bunday holda yaralgan mebelni vaqtincha yo‘qotish maqsadga muvofiq bo‘ladi to modellashtirish bosqichi tugaguncha.