I sh “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini chiroyli yozuvga o‘rgatish metodikasi”


Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatishda didaktik o`yinlardan foydalanish



Download 392 Kb.
bet5/10
Sana29.12.2021
Hajmi392 Kb.
#81599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Malaka ishi namunasi

2.3 Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatishda didaktik o`yinlardan foydalanish.

D idaktik o‘yinlar maktab ta’lim va tarbiya vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Ditaktik o‘yin ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unga yordam beradi.

Didaktik o‘yin – bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodidir.

Tajribali tarbiyachi bu o‘yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo‘rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.

Didaktik o‘yinni amalga oshirishda har doim g‘oyaviy prinsipiga asoslanishi kerak. Didaktik o‘yin tarbiyaning vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim.

Didaktik o‘yinlar bolalarning birgalikda o‘ynab, o‘z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishi, bir-biriga ko‘maklashish va o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan xursand bo‘lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. O‘yinlar shaxsning sofdillik, rostgo‘ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.

Loto, domino kabi ko‘pgina o‘yinlardan (bolalarning o‘zlashtirishiga qarab) mustaqil ravishda foydalaniladi va bu o‘yinlar tashkilotchilik qobiliyatini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Didaktik o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi. Chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlardan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, didaktik o‘yin bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi.

Bunday o‘yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top»kabi o‘yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nima va qanday ishlarni bilishadi», «Dehqonlar nimalarni yetishtirishadi», «Kim ko‘proq narsaning nomini ayta oladi» va boshqa o‘yinlarni ko‘rsatish mumkin.

Didaktik o‘yinlar bolalarning tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishga o‘rgatadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.

Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o‘yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o‘zlashtiradilar.

Didaktik o‘yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda o‘yin elementlari qancha ko‘p bo‘lsa bolalarga u shuncha ko‘p quvonch bag‘ishlaydi.

Didaktik o‘yinning muhim tomoni – uni o‘tkazishdan ko‘zda tutiladigan g‘oyadir. O‘yin g‘oyasi bolalarda o‘yinga qiziqish uyg‘otadi, ko‘pincha bu g‘oya didaktik o‘yinni boshlashga sababchi bo‘ladi. Masalan, «Xaltachada nima bor?» yoki «Kim qanday qichqiradi?» va shunga o‘xshashlar.

Har bir didaktik o‘yinda o‘yin mazmuni, g‘oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo‘ladi. Unda qodaning mavjudligi harakat yo‘nalishini yoki o‘yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o‘zaro bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini boshqarib, kerak tomonga yo‘naltirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi o‘lchamdir.

Didaktik o‘yinda amal qiladigan qoidalar o‘yin harakatlarining to‘g‘ri-noto‘g‘riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan «U o‘yin qoidasini buzib o‘ynayapti» deyishlarining o‘zi ularning o‘yin qoidalariga qandaydir o‘zgartirib bo‘lmaydigan qonundek munosabatda bo‘lishlarini ko‘rsatadi.

Bolalarning o‘yin qoidalarini o‘rganib olishlari va ularga rioya qilishlari, ularga mustaqillikni, o‘yin jarayonida o‘z-o‘zini, o‘zaro bir-birlarini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.

Didaktik o‘yinlar

Sherigingni top” o‘yini.

1. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi.

2. Guruhlardan 4- 5 tadan ishtirokchi o‘rtaga chiqishadi.

3. O‘quvchilarga bo‘g‘inlar yozilgan varaqalar tarqatiladi.

4. O‘quvchilar shu bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzishadi, ya’ni o‘zidagi bo‘g‘in va raqib guruhdagi bo‘g‘indan so‘z hosil qiladi.

5. Qaysi guruh a’zosi birinchi bo‘lib so‘z tuzsa, so‘z tuza olmagan guruh a’zosini o‘z guruhiga olib ketadi.

6. Tuzilgan so‘zlarning ma’nolari izohlanadi.

7. So‘zlardan gaplar tuziladi.

8. O‘yin oxirida faol qatnashgan guruhlar va o‘quvchilar baholanadi.

Kim ko‘p biladi?” o‘yini.

Ushbu o‘yindan o‘qishga o‘rgatish darslarida foydalanilsa maqsadga muvofiqdir.

1. O‘qituvchi 5 ta o‘quvchini xattaxta yoniga chiqarib, har biriga (o‘tilgan harflardan) harf yozilgan varaqa beradi va vaqt belgilaydi (masalan: 2 daqiqa).

2. O‘quvchilar shu vaqt ichida xattaxtaga o‘z harfiga doir so‘zlar topadi.

3. Vaqt tugagach o‘quvchining nechta so‘zni to‘g‘ri tuzganini sanab, eng ko‘p so‘z topgan o‘quvchi baholanadi va rag‘batlantiriladi.

4. Agar vaqt yetsa shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi.

Qarindoshingni top” o‘yini.

1. 4 o‘quvchi xattaxta yoniga chiqadi, o‘quvchilarga “Meva”, “Sabzavot”, “Daraxt”, “Gul” kabi so‘zlar yozilgan varaqalar beriladi.

2. O‘quvchilarga shu so‘zlarga oid so‘zlar topishi kerakligi tushuntiriladi. Vaqt belgilanadi.

3. O‘quvchilar so‘zlar topishadi. Masalan:

Meva – olma, anor, gilos, yog‘oq, behi, nok…

Sabzavot – pamidor, bodring, sabzi, kartoshka.

4. Vaqt tugagach, so‘zlarning to‘g‘ri va chiroyli yozilishi tekshiriladi.

5. G‘olib o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.

O‘yin shu tariqa davom ettiriladi.



Xulosa

Maktabga ilk qadam qo‘ygan bolalar o‘z yosh xususiyatlari hamda tafakkur va ruhiy taraqqiyot darajalariga muvofiq keladigan ta’limiy faoliyatga kirishadilar. Bu davrda o‘qish,yozishga o‘rganishga asoslangan faoliyat yetakchi mavqega ega bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish hamda o‘rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishida, har bir o‘quv fani bo‘yicha bo‘lgan bilimlarni egallash jarayonida ularning ongi, tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o‘z xarakteriga ko‘ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo‘lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini hamda dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi.

Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qish, yozish va hisoblashga o‘rgatish, tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirish, ijodiy va mantiqiy fikrlash xislatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Shunga ko‘ra , boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalari:

iqtidorli o‘quvchilarning intellektual potensiallarini muntazam oshirib borishlariga sharoit yaratish;

ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish;

Jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni to‘g‘ri va chiroyli yozishlariga erishish o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham ko‘p mehnat talab etiladigan jarayon bo‘lib, bunga erishish uchun o‘quvchidan ilmga chanqoqlik va o‘z xatiga nisbatan qiziqish, o‘qituvchidan esa mukammal bilim, pedagogik mahorat, o‘z kasbiga mehr-muhabbat talab etiladi.



Download 392 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish