Asosiy qism:
2.1. Ona tili darslarining mazmuni.
Bоshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrining o‘zlаrigа хоs-хususiyatlаridаn biri shuki, ulаr hаr bir ishgа zo‘r qiziqish bilаn kirishаdilаr. Lеkin o‘z fаоliyatlаridа bir оz qiyinchiliklаrgа duch kеlib, ishning uddаsidаn chiqа оlmаsаlаr yoki tushunmаsаlаr ulаrning qiziqishlаri kеskin susаyib kеtаdi. Buning nаtijаsidа o‘z qоbiliyatlаrigа, bilim оlishgа, o‘qishgа nisbаtаn sаlbiy qаrаshlаr pаydо bo‘lаdi. Shu bоisdаn tа’lim mеtоdlаridаn ustаlik bilаn fоydаlаnish zаrur.
Biz ona tilidan foydali bilimlar deb bolalarning savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta’minlaydigan bilimlarni tushunamiz.
Ona tili ta’limi moddiy manfaat keltirmaydigan fan deyish bu noto‘g‘ridir. Chunki, ta’lim, jumladan, ona tili natijasida uni egallovchi o‘quvchi ma’lum darajada ko‘nikmalar hosil qiladi va bu ko‘nikmalarning davr talablariga mosligi darajasi bevosita iqtisodiy
ko‘rsatkichlar – moddiy manfaat ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Ona tili ta’limining moddiy ko‘rsatkichlari bolalarning imlo savodxonligini, so‘z boyligini va undan foydalanish mahoratini mustaqil ijodiy fikrlay olish, fikr mahsulini maqsadga muvofiq ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qila olishi kabi niyatlardan nutqda foydalanish, shubhasiz, moddiy ko‘rsatkichdir.
Grafik malaka qo‘l-harakati malakasidir, bu harakat, birinchidan, maskulkuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutq birligi bo‘lgan tovush grafik birligiga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to‘g‘ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha bir qancha grafik va imlo qoidalariga rioya qilishni, uchunchidan, o‘z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab etadi.
Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez angalab etsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalak muvaffaqiyatli va to‘g‘ri shakllanadi. Savod o‘rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar. O‘quvchilarning yozuv malakalari barcha sinflarda ketma-ket husnixat asosida shaklantirib borilish lozim.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning grammatik bilimlarini oshirish bilan birgalikda, ularning husnixatlari ham shakllantirilib boriladi. 3-4-sinfda ona tili darsining 8-10 daqiqasini husnixatga ajratadi.
O‘quvchilarning husnixatdan egallagan ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Bu sinflarda tez yozuv malakalari ham o‘rgatiladi.
2-sinfda o‘quv yilining 2-yarim yilligidan boshlab o‘quvchilar bir chiziqli daftarga yozish, kichik harflarni 3 mm balandlikda, bosh harflarni 7mm balandlikda yozish malakasi hosil qilinadi.
Husnixatning savodxonlikka bog‘liq ekanligi o‘quv dasturida alohda ko‘rsatilgan bo‘lib, 2-sinf o‘quvchilarining yil davomidagi imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlarning talaffuzi va yozilishini bilish zarurati qayd etiladi.
Husnixatning ilm va savod bilan uzviyligi hamda uyg‘unligi ma’rifiy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
Ona tili darslarida o‘zbek tilining ma’lum qismini nazariy va amaliy egallashini nazarda to‘tgan holda, o‘quvchilarning husnixat malakalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Ona tili mashgulotlari bolalarda ijodiylik, fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalsh ko‘nikmalarini shaklantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog‘i lozim. B u ona tili o‘qitishning asosiy maqsadidir.
Ana shu maqsaddan klib chiqqan holda ona tili fanini: - o‘zbek tilining fonetikasi, lewksikologiyasi va grammatikasi bo‘yicha bu tildan yozma va og‘zaki shakllarda keng va to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlarni;
- o‘zbek tili imlosi , talaffuzi, yozma nutqida tinish belgilarini ishlatilishuning asosiy qoidalarini;
- ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ish qog‘ozlarini yuritish ko‘nkmalarini;
- yosh va taraqqiyot darajasiga mos bo‘lgan badiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazalarni, shaxsiy munosabatini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri boyon eta olish madaniyati.
Bular ona tili ta‘limi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
- o‘zbek tilining fonetikasi, leksikologiya va grammatikasidan fikirni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar;
- bolalarda ijodiy fikrni, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash uchun zarir bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;
- o‘zbek tilining imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarning ishltilash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni singdirish;
- ifodali o‘qish va chiroyli yozish malakalarini shakllantirish.
Ona tili mashg‘ulotlari nutqning og‘zaki va yozma shakllarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qitvchi mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning yozuv texnikalarini talab darajasida bo‘lishini ham e’tiborga olishi zarur.
O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga mashqlarni ko‘chirish davomida husnixatga rioya qilishi, grammatik xatolarga yo‘l qo‘ymasliklarini nazorat qilib borishi lozim.
Bundan tashqari, har kunlik ona tili darslarini tashkil etishda husnixat ishlarini o‘tkazish va ta’limiy diktan tirlaridan foydalanish, o‘quvchilarni husnixatlarini va grammatikaga oid bilimlarini oshirishga katta yordam beradi.
Ona tili darslarida o‘qituvchi shuni unitmasligi lozimki, ko‘pincha o‘quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e’tibor berib, matining mazmuniga etarli e‘tibor bermaydi.
O‘quvchilarning to‘g‘ri yozishga o‘rgatishda grammatik tahlilarning ahamiyati katta. Darslikdagi mashqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilar til hodisalarini kuzatadilar.
O‘quvchilarning grammatik bilimlari, imlo savodxonligi darslik materiallari orqali tarkib topadi, og‘zaki va yozma nutqlari o‘sib boradi, mustaqil ishlash malakalari shakllanadi. Mashqlarni bajarishda quydagilarga e’tibor beriladi:
- mashqlarning shartiga ko‘ra nimalarga e’tibor berish, belgilangan topshiriqlarni bajarishda qaysi qoidalarga asoslanish kerakligini tushuntirish;
- mashqni bajarish namunasini ko‘rsatish va tushuntirish;
- mashqni bajarishda o‘zini o‘zi nazorat qilibborish va o‘quvchilarni o‘z ishini baholashga o‘rgatish.
O‘quvchilarga yangi mavzuni (masalan, ot, sifat, fe’l yoki boshqalar) tushuntirishdan oldin shu mavzuni tayyorlaydigan mashqlar beriladi. Darsliklarda ana shularga amal qilingan.
Mashqni bajarishda o‘qituvch unung shartini tushuntiradi, xattaxtada namuna ko‘rsatadi. Mashqning qolgan qismini o‘quvchilar mustaqil bajaradilar.
Umuman, o‘quvchilar bilimini talab darajasiga ko‘tarishda darsliklar muhum o‘rin tutadi. Ko‘rgazmali qurol va turli kartochkalar esa darslikka qo‘shimcha material sifatida xizmat qiladi.
Pedagogika va metodikaga oid adabiyotlarda dars turlari haqida turlicha fikr yurtiladi. Boshlang‘ch sinf yozuv darslari, asosan, quyidagicha farqlanadi:
Yangi mavzuni o‘rganadigan yozuv darslari.
Oldingi darsda o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash darslari.
O‘rganilgan bilimlarni umumlashtiruvchi darslar.
Grammatika va orfografikaga oid bilimlarni mustahkamlash darslari.
O‘quvchilar bilimini sinash maqsadida nazorat darslari.
Bayon yozdirish darslari.
Insho yozdirish darslari.
Darsning barcha turlari tuzilishi jihatidan farqlanadi. Lekin barcha darslarda ham quydagi masalalara e’tibor beriladi:
So‘zning tarkibi va ma’nosi ustida ishlash, so‘zlardan gap tuzish va uni tahlil qilish;
Husnixat mashqlari va tovush-harf tahlili;
Darsda og‘zaki va yozma ishlar me’yoriga, o‘quvchilarning ko‘proq yozis6lariga e’tibor berish;
Namunali yozuvlar ustida ishlash;
Tanlangan gapning ma’nosini va uni yozish texnikasi haqida suhbat;
Dars materiallrini o‘zlashtirishda oldingi darslarda o‘rganilgan bilimlarga asoslanish va keyingi dars uchun zamin hozirlash;
Darslarda lug‘aviy-orfografik mashqlarga keng o‘rin berish;
Dars temasiga mos holda o‘yin elementlaridan foydalanish.
Barcha turdagi yozuv darslari, asosan quyidagi qisimlardan tashkil topadi:
1. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini ko‘rib chiqish va unit a’minlash.
2. O‘quvchilar daftarini ko‘rib chiqish, uy vazifasini bajarilishini tekshirish va namunali bajargan ishlarni namoyish qilish, rag‘batlantirish.
3. O‘quvchlar yozuvidagi kamchilaklarni tuzatish uchun husnixat mashqlari o‘tkazish.
4. Yozuv sifati yomon, ishni bajarishga qiynalgan o‘quvchilar bilan ishlash.
5. O‘uvchlar daftarlrini almashlash.
6. Tekshirilgan daftardagi xatolar ustida ishlash.
7. O‘rganilgan grammatik tushunchalar yuzasidan savol-javob o‘tkazish va o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
8. Dam olish daqiqasi.
9. Dars mavzusi va maqsadini e’lon qilish va uni bajarish yo‘llarini tushuntirish.
10. Dars mavzusi yuzasidan tushuncha berish.
11. Lug‘at ishi.
12. O‘quvchilar bilimini mustahkamlashga oid mashqlar.
13. Uy vazifasini e’lon qilish va uni bajarish yo‘llarini tushuntirish.
14. O‘quvchilar faoliyatini umumiy baholab, darsni yakunlash.
Darsning ayrim bosqichlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Ayrim o‘qituvchlar o‘quvchilarning uy vazifasini qanday bajarganlarini ko‘rib chiqmasdan va uy vazifasi yuzasidan savol-javob o‘tkazmasdan daftarlarini almashlaydilar-da, navbatdagi ishlarni bajarishga kirishadilar. Natijada o‘quvchilarning o‘tgan dars materiallarini qay darajada o‘zashtirganliklari aniqlanmaydi, bugungi darsda nimalaga e’tibor berish zarurligi belgilanmaydi. Bu o‘rinda o‘qituvchilar dars vaqtlni tejashga harakat qiladilar-u, o‘quvchilar bilimini puxta bo‘lishiga putur etkazilayotganligilarini sezmaydi. Chunki o‘quvchilar oldingi darsni materialini yaxshi o‘zlashtirmay turib, keyingi dars materialini o‘zlashtira olmaydi. Suning uchun har bir ona tili darsida o‘quvchilarning uy ishlarini kuzatish bilan birga, grammatik qoidalar va berilgan mashqning bajarish yuzasidan og‘zaki savol-javoblar o‘tkazish zarur. O‘quvchilar yozuvini kuzatish jarayonida aniq imlo xatolari va grafik kamchiliklar, grammatik topshiriqni bajarishdagi tipik xatolar ustida daftarni almashlashdan oldin ishlash lozim.
Boshlang‘ich sinfalrda yozuv darslari, asosan, o‘rganilgan mavzularni mustahkamlashga qaratilgan. Bu darslarda o‘quvchilar bilimi kengayib boradi va mustahkamlanadi, ularning bilimini sinash imkoni mavjud bo‘ladi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning tilshunoslika oid bilimlarini oshirish bilan birgalikda ularning husnixatlarini shakllantirib borish, o‘quvchilarning savodxon bo‘lishlariga katta imkon yaratadi.
Ta`limning har bir bosqichidagi darsning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar siklini qurilishida ichki mantiqiylik bo‘lib, har bir siklda yangi tovush va harf o‘rganiladigan dars bilan yangi mavzu o‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so‘zning bo‘gin tuzilishi haqida ma`lumot bеrish, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar sikli takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |