2.2 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini chiroyli yozuvga o‘rgatish metodikasi
Tovush ustida ishlash. Tovush savod o'rgatishning asosi bo'lib
xizmat qiladi. Savod o'rgatish davrida so'z va bo'g 'in larn i tovush
tom o n id an analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulatsiyasini
analiz qilish mashqlari o'tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish)
ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash
h arf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan b o 'g 'in , so 'z tuzish
kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va h a if o'rtasidagi
munosabatni doimo aniqlab borish o'qish malakalarini shakllantirish
uchun ham, imloviy jih atd an savodli yozish asosini yaratish uchun
ham foydalidir.
So'zlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish usullari hozirgi
kunda takomillashtirilib borilmoqda. Savod o'rgatishda asosan, quyi
dagi usullar amalda qo'llanilmoqda:
I. Analiz mashqlari.
1. N u tq (gap)dan so 'zn i ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; b o '
g'inlarga b o 'lish va b o 'g 'in larn i aniq talaffuz qilish, so 'zd an , b o ‘-www.ziyouz.com kutubxonasi
g 'in d an tovushni kuchli talaffuz qilib o 'q ish , muayyan tovushni
ajratgan holda so 'zn i b o 'g 'in lab o'qish (a a a a -n a , nooon, iiin, sssa-na,
k i-yyyik , iiish).
2. Darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni
birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) so 'zdan tovushni cho'zib talaffuz qilish bilan ajratish: a aa-na,
looo-la, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon, O-limmm,
A-minnn.
d) sirg'aluvchi un d o sh n i och iq b o 'g 'in d a n ajratish: sssa -n a , tu-УУУа, zZZi-rak;
e) b o 'g 'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, и-mim, o ‘-tin, a -na,
e-tik , i-p a k ;
0 o'rganiladigan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish
(so'zni o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): non,
tok, olma,...;
g) rasm nomini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning
rasmini ko'rsatib, noodeydi, o'quvchilar к tovushini qo'shib aytadilar:
nok.
Bu jarayonda Omonashvili ishlab chiqqan usuldan ham foydala
nish mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O 'quvchilar
o'rganilgan harflar ichidan notanishini topadilar, so'ng uning o'qilishi
va fonetik belgilari ustida ishlanadi:
Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan
so'ng, odatda, shu tovush so'z boshida, o 'rtasid a, oxirida kelgan va
aniq talaffuz qilinadigan so 'zlar tanlanib, o'quvchilarga talaffuz qildi-
riladi. Misol:
L tovushi: lay la к , olma, fil.
О tovushi: olma, non, O-mon.
D tovushi: don, Odil (so'z oxirida jarangsizlashadigan ozod, obod
kabi so'zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. So'zdagi tovushlami sanash va ularning nomini tartibi bilan
aytish, sonini aniqlash, b o ‘g ‘inlami sanash: Olma — ol-ma; o -l-m -a
— to ‘rtta tovush, to ‘rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush,
ikki b o 'g 'in .... Bu usuldan o ‘quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi
sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni amaliy taqqoslash: dil-til,
zira-sira kabi.
Savod o'rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki
analiz o 'q ish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa
ko'proq o 'q ish malakasini shakllantiradi.
II. Sintez mashqlari.
1. Tovush tom onidan analiz qilingan so'zni yoki b o 'g 'in n i talaffuz
qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so 'z yoki b o 'g'in n i o'qish.
2. O 'rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay,
uy, oy, ...) b o 'g 'in jadvalini tuzish; b o 'g 'in jadvalini kitobdan yoki
m atndan o'qish; kesma harflardan b o 'g 'in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi
bir undosh h arf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish
kabi bir unli h arf bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni
o'quvchilam ing o'zlari topib o'qishlari mumkin).
4. So'zning boshiga yoki oxiriga bir h arf qo'shib, yangi so 'z hosil
qilib o'qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, !oy; о ‘roq-so ‘roq; olxol, sol; sava-savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
5. So 'z o'rtasiga h arf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qish: ko'm akko'lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, sila-siyla kabi.
6. Bo'g 'in larn i almashtirib yangi so 'z hosil qilish va o'qish: GulnorNorgul, asil-sila kabi.
7. Tovushlarning o 'rn in i almashtirib yangi so'zni hosil qilish va
o'qish: somon-osmon, tilak-kalit, q o ‘y - yo'q.
8. Tovushni yoki b o 'g 'in n i tushirib qoldirib, yangi so 'z hosil qilish
va o'qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola.
9. Bo 'g 'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'bon,
gul-gulzor, paxta-paxtakor.
Sintetik ishlaming bu usullari tovush ustida ishlashni h arf ustida
ishlash bilan birga qo'shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari
qiziqarli bo'lib, darsda yarim o'yin holatini vujudga keltirishga imkon
yaratadi.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoya-
lanib bo'lm aydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi
o 'rin tutadi. O'quvchi so'zni analiz qilish bilan uni leksik m a’noga
ega bo'lgan bir butunlik sifatida anglaydi, bu — sintezdir; so 'z sintez
qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir.
Um um an, savod o'rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi
bolaning faol fikrlashini ta ’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina
o'quvchilam ing bilish mustaqilligini ta ’minlaydi, „m uam m oli" vaziyat
yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o'stiradi.
T o vush-harf tom onidan analiz va sintezni yengillashtiradigan
foydali vositalar sifatida kesma harflar, k esm a.b o 'g 'in lar va harf te
rish taxtasi, shuningdek, abak (harakat qiladigan lentali ko'rgazm a),
kadoskop, alifbo multimediyasi va shu kabi texnik vositalardan ham
foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek,
yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish
uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi.
Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Analiz-sintez
ishlari tizimida tovushning o 'zin i analiz va sintez qilish, tovushni
talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va haraka
tini kuzatish (analiz) va h arf bilan ifodalangan tovush va tovushlar
birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holatga
keltirish (sintez) muhim o 'rin tutadi. M asalan, u tovushining analizida
til tanglayga tom on baland ko'tariladi, tanglay bilan til orasida torgina
bo'shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz
hosil bo'ladi; r tovushining sintezida og 'iz ozroq ochiq, tishlar orasida
bo'shliq bo'ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga
itarilgan va tanglay (tepa)ga tom on baland ko'tarilgan holatda; ovoz
eshitiladi, o'tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulatsiyasi (hosil bo'lishi)ni ko'rsatib
bo'lmaydi. Masalan, qorishiq portlovchilar (ch, j), chuqur til orqa
(q, g ‘, x), b o 'g 'iz tovushi (h) artikulatsiyasini ko'rsatish qiyin. Ammo
bunday tovushlarning hosil bo'lishini tushuntirish uchun o'qituvchi,
o'quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni talaffuz qilib
ko'rsatadi, so'ngra o'quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir
necha bor takrorlagan m a’qul.
Diksiya ustida ishlash o'quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq,
jarangdor bo'lishiga erishishdir. U savod o'rgatish uchun ham, ifodali
o'qish, orfoepik va orfografik malakani, xushovozlik ko'nikmasini
o'stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi diksiya tovush hosil qiwww.ziyouz.com kutubxonasi
luvchi apparatning egiluvchanligiga bog'liq, shuning uchun diksiyani
o'stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligini
oshirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |