6-мавзу: Qadimgi Mesopotamiyada arxiv ishi.
Режа:
1. Kutubxona-arxivlar
2. Shumer, Akkad, Bobil, Elam, Xett arxivi
3. Finikiya, Urartu Klinopis arxivlari
Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors qo’ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq Respublikasi hududidir.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.
Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o`qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo`jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII-XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko’pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. avv. III ming yillikning oxiri), er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid Osuriyaning yoki o’rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjali to’grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir.
Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan kurashi to’grisida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to’g`risidagi yozuvlari va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko’payishi to’g`risida ma'lumot berilgan.
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi arxivlar er.avv. III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv ma'lumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan. Er.avv. XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonada yog`och tokchalarida saqlangan. Er.avv. XVIII asrga oid boy arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan er. avv. VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.
Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o’rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.
Uruk podshosi Jmerkar to’g`risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to’g`risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi.
Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo’lishi uchun kurashi to’g`risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to’g`risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan.
Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.
Энг қадимги ёдгорликлар Кавказ орти худудларининг қадимги Урарту давлатига тегишли эр.авв. IX-VI асрларга оид ёзма манбалар топилган. Ушбу ёзма манбалар лойдан ясалган қалин лой тахтачаларидаги матнлар ва шу билан бирга тошларга ёзилган, қуролларга, ҳарбий юришлардан олдин ёзилган клинопислар топилган.
Қора денгиз шимолидаги эрамизгача V-VI асрларга оид Қадимий шаҳар қолдиқларидан мармар архивлари сақланиб қолган. Улар катта-катта тошларда, деворларда, қабристонларда битиб қолдирилган. Архив ҳужжатиларида тинчлик битимлари, қонунлар, халқ йиғини қарорлари ва мансабдор шахсларнинг ҳисоботларидан иборат.
Кичик Осиёда архив ёзув билан бир вақтда пайдо бўлган. Уларда яна эр.авв. I асрга оид ёзувдарда Кичик Осиё давлати бўлмиш Парфия давлатининг иқтисодий-сиёсий ҳаёти тўғрисида маълумотларни учратиш мумкин
Do'stlaringiz bilan baham: |