5. Hisobiy yuklamalarni aniqlash
Hisobiy yuklamalar vagon elektr ta’minoti tarmog‘i simlari kesimlarini aniqlash, himoya apparatlari va boshqarish apparaturasini tanlab olish imkonini beradilar.
Hisobiy yuklamalar deganda qiymati va vaqt bo‘yicha uzluksiz o‘zgarib turadigan haqiqiy yuklamalar kabi simlar va dvigatellarning qizib ketishiga olib keladigan ba’zi o‘zgarmas yuklamalar (tok, quvvat) tushuniladi. Hisobiy yuklamalar elektr uskunalarining elektr nuqtai nazaridan eng katta yuklama ostida ishlagan ish davrlari uchun aniqlanadi. Yo‘lovchi tashuvchi vagonlar qishki va yoz davri ekspluatatsiya davrida elektr energiyasini turlicha iste’mol qiladilar. Iste’mol qilish hajmi vagon tipiga (havosi konditsionerlanadigan yoki konditsionerlanmaydigan vagon, elektr isitish tizimi bor-yo‘qligi), vagon ekspluatatsiya qilinayotgan sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Hisobiy yuklamalar qishki va yoz davri ekspluatatsiya davri uchun aniqlanib, bundan keyingi hisob-kitoblar uchun kattaroq yuklamalar qo‘llanadi.
Hozirga kelib “Elektr yuklamalarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar”ga muvofiq tartiblashtirilgan diagrammalar uslubi asosiy hisoblanib, ular quyi va yuqori kuchlanish tarmoqlaridagi yuklamalarni aniqlash uchun qo‘llashga tavsiya qilingan.
Ushbu uslubga ko‘ra bir ish rejimiga ega bo‘lgan elektr qabul qilgichlar guruhining maksimal quvvati quyidagicha aniqlanadi:
bunda - maksimum koeffitsienti;
- guruhli foydalanish koeffitsienti;
Turli ish rejimiga ega bo‘lgan elektr qabul qilgichlar uchun:
Tartiblashtirilgan diagrammalar uslubi guruhdagi elektr qabul qilgichlar soni 5 va undan ko‘proq, hamda elektr qabul qilgichlarning samarali miqdori 4 va undan ko‘proq bo‘lganida qo‘llanishi mumkin. Elektr qabul qilgichlarning haqiqiy soni n<4 va elektr qabul qilgichlarning samarali soni ne<4 bo‘lganida ba’zi taxminlar (yo‘l qo‘yishlar) bilan ana shu uslubdan foydalanish mumkin.
Doimiy tok elektr ta’minot tizimi uchun reaktiv quvvat Qp = 0, faqat aktiv quvvat mavjud.
ya’ni doimiy tok tarmoqlari uchun Sp = Pp.
O‘zgaruvchan tok tarmoqlari uchun to‘liq hisobiy quvvat, kV·A larda
Maksimum koeffitsienti Km 4-jadvalga binoan yoki diagrammalarga ko‘ra elektr qabul qilgichlarning samarali soni va guruhli foydalanish koeffitsientiga bog‘liq holda aniqlanadi. Elektr qabul qilgichlarning samarali soni deb ish rejimi bir turdagi, bir xil quvvatli elektr qabul qilgichlar quvvati va ish rejimi turlicha bo‘lgan haqiqiy elektr qabul qilgichlar guruhi bilan bir xil hisobiy yuklamasiga ega bo‘lganligiga aytiladi.
Elektr qabul qilgichlarning samarali sonini barcha hollarda ham quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin
Agar eng katta elektr qabul qilgich nominal quvvatining Rn maks eng kichik elektr qabul qilgich nominal quvvati Rn min ga nisbati
Foydalanish guruhli koeffitsienti k va gr ≥ 0,2 bo‘lsa, u holda elektr qabul qilgichlar sonini soddalashtirilgan formula bo‘yicha aniqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Foydalanish guruhli koeffitsienti
Bu erda i–vagon elektr energiyasining alohida iste’molchisining foydalanish koeffitsienti (5-jadv.);
Rn – iste’molchining nominal quvvati. Uning qiymati vagon elektr energiyasi iste’molchilari jadval-ro‘yxatidan olinadi (3-jadv.).
4-jadval
4>4>
Do'stlaringiz bilan baham: |