|
Kirish…………………………………………………………….
|
3
|
1.
|
I – qism. Vagonlari elektr uskunalarining qisqacha tavsifi……...
|
3
|
1.1
|
Vagonlarning elektr ta’minot tizimlari………………………….
|
3
|
1.2
|
Vagonlarni yoritish……………………………………………...
|
6
|
1.3
|
Vagonlar ventilyasiyasi…………………………………………
|
6
|
1.4
|
Vagonlarni isitish………………………………………………..
|
7
|
1.5
|
Havoni sovutish tizimi…………………………………………..
|
9
|
2.
|
Yo‘lovchi vagonida elektr uskunalarining joylashishi………….
|
11
|
2.1
|
Havosi konditsionerlanadigan va elektr-suv yordamida isitiladigan yo‘lovchi vagonida elektr uskunalarining joylashishi
|
11
|
2.2
|
Yo‘lovchi vagonining vagon osti magistrallari sxemasi………...
|
13
|
2.3
|
Markazlashtirilgan elektr ta’minotida vagon isitish asboblarining elektr sxemasi va joylashtirilishi…………………
|
13
|
3.
|
Yo‘lovchi tashuvchi vagon elektr energiya iste’molchilari quvvatini aniqlash……………………………………………….
|
15
|
3.1
|
Ventilyator dvigatellari quvvatini aniqlash……………………...
|
15
|
3.2
|
Vagonni isitadigan elektr qurilmalari quvvatini aniqlash……….
|
16
|
3.3
|
Havo sovutish uskunasi kompressori dvigatelining quvvatini aniqlash………………………………………………………….
|
17
|
3.4
|
Dvigatellarni katalog bo‘yicha tanlash…………………………
|
19
|
3.5
|
Yоritish yuklamasining quvvatini aniqlash……………………..
|
20
|
3.6
|
Yo‘lovchi tashuvchi vagon elektr energiya iste’molchilari ro‘yxati va ularning tavsifi………………………………………
|
21
|
4.
|
Yo‘lovchi vagoni elektr ta’minotining bir chiziqli prinsipial elektr sxemasi……………………………………………………
|
21
|
5.
|
Hisobiy yuklamalarni aniqlash………………………………….
|
22
|
6.
|
Eng yuqori yuklamalarni aniqlash………………………………
|
27
|
7.
|
Yo‘lovchi tashuvchi vagon elektr energiyasi manbai quvvatini aniqlash……………………………………………………………….
|
28
|
8.
|
Yo‘lovchi tashuvchi vagon elektr ta’minoti tarmog‘ining simlarini
tanlash……………………………………………………………….
|
29
|
9.
|
Kommutatsiya apparaturasini tanlash………………………………..
|
32
|
10.
|
Himoya apparaturasini tanlash……………………………………….
|
32
|
|
II - qism Yo‘lovchi tashuvchi vagonlar elektr uskunalarining asosiy texnik tavsiflari………………………………………………………
|
33
|
|
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
|
60
|
Zamonaviy yo‘lovchi yoki refrijerator vagonlari turli-tuman va ko‘p miqdordagi elektr uskunalari bilan jihozlangan. Bular – ventilyator elektr dvigatellari, elektr isitish va elektr sovutish qurilmalari, yoritish asboblari, turli, shu jumladan yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlar. Qator qurilmalarni faqat avtomat rostlagichlar orqali boshqarib ishlatish mumkin.
Yo‘lovchi vagoni yoki refrijerator seksiyalari o‘z elektr stansiyasiga (shaxsiy, seksion elektr ta’minot) ega bo‘ladilar yoki poezdni markazlashtirilgan elektr ta’minlash manbaidan elektr energiyasi oladilar (markazlashtirilgan elektr ta’minoti).
Elektr energiyasini manbaidan olish va uni vagon ichidagi iste’molchilarga tarqatish elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Elektr tarmog‘ining to‘g‘ri tanlangan sxemasi elektr energiyasi iste’molchilarini ta’minlash ishonchliligi talablariga javob berishi va yuqori darajadagi tejamkorlikka ega bo‘lishi shart. Elektr ta’minot tarmog‘ini ishlab chiqish uchun energiya elektr priemniklari joylashishini, elektr ta’minot tarmog‘i simlari shularga ko‘ra tanlanadigan hisobiy va eng yuqori yuklamalarni, shuningdek himoya va kommutatsiya apparaturasini bilish talab etiladi. O‘z navbatida, hisobiy elektr yuklamalar yo‘lovchi tashuvchi vagon uskunalarining (ventilyasiya tizimi ventilyatorlari, ventilyasiya havosini sovutish qurilmalari, vagonni yoritish moslamalari va h.k.) ish rejimi bilan belgilanib, bular vagondan foydalanish rejimi, meteorologiya shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.