I qism. Vagonlari elektr uskunalarining qisqacha tavsifi


Individual elektr ta’minot tizimi



Download 445,18 Kb.
bet3/27
Sana05.01.2022
Hajmi445,18 Kb.
#319854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Kurs ishi boyicha uslubiy qollanma (5)

Individual elektr ta’minot tizimi zamonaviy yo‘lovchi tashiydigan vagonlarda nisbatan keng tarqalgan. Elektr energiya manbalari bu tizimda vagonda joylashib, bu holda bo‘ylama magnit maydoniga ega bo‘lgan doimiy tok generatori (PE-8B, MDS, DIGG-28 V) yoki 2GV-001, 2GV-003 sinxron generatorlari asosiy elektr manbai bo‘lib keladi.

Elektr energiyaning ko‘makchi (qo‘shimcha) manbai vazifasini akkumulyator batareyasi bajarib, u iste’molchilarni to‘xtab turgan paytda va kichik tezlik bilan harakatlanishda tok bilan ta’minlaydi. Vagonda akkumulyator batareyasi mavjudligi tufayli induktorli generatorlar (o‘zgaruvchan tok generatorlari) to‘g‘rilagichlar bilan birga qo‘llanadi.

Generator yuritmasi bo‘lib vagonning g‘ildirak juftligi xizmat qiladi. Mexanik energiya g‘ildirak juftligi o‘qidan generator valiga yassi qayish, reduktor-kardan yoki tekstrop-reduktor-kardanli uzatma vositasida uzatiladi. So‘nggi ikki turi nisbatan kengroq tarqalgan. Bugungi kunda yassi qayishli uzatma ishlab chiqarilmaydi.

Individual elektr ta’minot tizimi vagon parkining yuqori darajali mobilligi va elektr ta’minot rezervlanishini ta’minlaydi. O‘z generatori ishdan chiqqan holda vagonning elektr tarmog‘ini qo‘shni vagon tarmog‘iga ulash imkoni bor.

Biroq individual elektr ta’minot tizimining jiddiy kamchiliklari ham mavjud. Ulardan asosiysi – u past FIK ga ega bo‘lib, vazni og‘ir va elektr uskunalarining etarli darajada ishonchli emasligida. Buning sababi doimiy tok kollektor elektr mashinalari borligi, elektr uskunalarni saqlash va ta’mirlash xarajatlarining yuqoriligida.

Zamonaviy vagonlarda elektr uskunalar belgilangan quvvatining 3-4 dan 6070 kVt gacha oshirilishi individual generatorlar vagonning barcha iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlay olmay qolishiga sabab bo‘ldi. SHuning uchun individual elektr ta’minot tizimini takomillashtirish bilan birga markazlashtirilgan va aralash elektr ta’minot tizimlari tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.

Markazlashtirilgan elektr ta’minot tizimi poezd barcha vagonlarining elektr energiya iste’molchilarini maxsus vagon-elektr stansiyada yoki lokomotivda joylashgan bir yoki bir nechta elektr energiya manbaidan ta’minlanishini ko‘zda tutadi.

Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda elektr energiyasi bevosita kontakt tarmog‘idan yoki elektrovozdan olinishi mumkin. Poezd elektrlashtirilmagan uchastkalar bo‘ylab harakatlanganida esa vagonlar elektr energiyasini teplovoz yoki vagon-elektr stansiyadan oladilar.

Markazlashtirilgan elektr ta’minot 380 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tizimni amalga oshirish imkonini beradi. O‘zgaruvchan tokdagi elektr uskunalar ishonchliroq, uning vazni engil, gabaritlari kichikroq va ayniqsa, uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr uskunalari arzonroq bo‘lib hisoblanadi. Akkumulyator batareyalarining sig‘imi kichikroq qilib va boshqacharoq tanlanishi ham mumkin, chunki ular vagon iste’molchilarini faqat lokomotivni almashtirish paytida elektr energiyasi bilan ta’minlab turadilar. Bu holat esa, o‘zingizga ma’lumki, tez-tez ro‘y bermay, ko‘pi bilan 10-15 daqiqa davom etadi.

Yo‘lovchi vagonlarining markazlashtirilgan elektr ta’minot tizimi quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin:

1. Standart kuchlanishga ega bo‘lgan 50 Gs chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok manbai lokomotivda yoki maxsus vagon-elektr stansiyada joylashadi. Elektr energiyasi vagonlarga uch fazali vagon osti magistralidan uzatiladi. Bu tizimning kamchiligi vagon ostidagi magistral o‘tkazishga ortiqcha mis sarflanishi bo‘lib, chunki tarmoqdagi nominal kuchlanish standart elektr uskunalar qo‘llanishi sababli bu holda nisbatan yuqori emas (220/380 V).

2. 3000 V kuchlanishli doimiy yoki bir fazali o‘zgaruvchan tok manbai lokomotivda joylashadi yoki 3000 V – doimiy tokda ishlaydigan elektrlashtirilgan temir yo‘llar kontakt tarmog‘ining kuchlanishi. O‘zgaruvchan tokning 3000 V kuchlanishi ham o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrovozlarda nisbatan osonlik bilan olinishi mumkin.

Bu tizimda elektr energiya vagonlarga yuqori voltli magistral bo‘ylab uzatiladi. Yoritish, maishiy jihozlar, boshqarish apparaturasi yuqori voltli bo‘la olmasligi sababli vagonlar o‘zgartirgichlar bilan jihozlanadilar.

Vagonlarda o‘rnatilgan o‘zgartirgichlar yordamida yuqori voltli doimiy yoki bir fazali tok standart kuchlanishli uch fazali 50 Gs chastotali tokka aylantiriladi. Har bir vagonda nisbatan murakkab bitta yoki bir nechta o‘zgartirgichlar mavjudligi tizim kamchiliklaridan bo‘lib hisoblanadi.

3. Lokomotivda ikkita manba joylashadi: 3000 V kuchlanishli doimiy yoki bir fazali o‘zgaruvchan tok hamda standart kuchlanishli, chastotasi 50 Gs bo‘lgan uch fazali o‘zgaruvchan tok manbalari. Elektr energiya vagonga ikkita vagon osti magistrallari bo‘ylab uzatiladi – isitish jihozlarini ta’minlash uchun yuqori voltli va qolgan elektr uskunalarini ta’minlash uchun past voltli. Tizimning kamchiligi – vagonda ikki magistral mavjudligidir.

Markazlashtirilgan elektr ta’minlot tizimi individual tizimga nisbatan tejamliroq.

Bizning temir yo‘llarda refrijerator vagonlari uchun birinchi ko‘rinishdagi tizim ko‘proq uchraydi.

Aralash elektr ta’minot tizimi bugungi kunda tobora kengroq qo‘llanib bormoqda. Bunda yo‘lovchi tashuvchi vagon ham yuqori voltli magistralga, ham individual generatorga ega bo‘ladi. Ko‘p energiya talab qiladigan elektr uskunalari – elektr isitish jihozlari magistraldan, qolgan quyi voltli elektr uskunalar esa generatordan ta’minlanadilar. Aralash elektr ta’minot tizimi vagonda elektr-suv isitish tizimi qo‘llanganida ayniqsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.





    1. Download 445,18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish