I. O’quv materiallar 1



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/49
Sana22.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#691903
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
Доривор уруг. УУМ

Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibidagi indol unumi bo’lgan ikki guruhga 
kiruvchi 80 tagacha alkaloidlar bor: mononerlar (aymalin, serpentin, loxnerin va 
boshqalar) hamda dimerlar (vinblastin, vinkristin va boshqalar). Monomer 
alkaloidlari rauvolfiyani alkaloidlari singari organizmga ta’sir ko’rsatadi. Dimer 
alkaloidlari alohida diqqatga sazovordir. Ulardan 6 tasi yomon shishlarni — rak 
kasalligini davolash ta’siriga ega bo’lib, shulardan ikkitasi — vinblastin va 
vinkristin tibbiyotda qo’llanilmokda.Alkaloidlardan tashqari, mahsulotda yana 
oksikarbon kislotalar, flavonoidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bor. 
Ishlatilishi.
Katarantus dorivor preparatlari ba’zi rak kasalliklarini 
(limfogranulematoz, gematosarkoma, mielomada rozevin-vinblastin hamda 


102
neyroblastoma, leykoz, Vilson shishi, melanoma, ko’krak sut bezi raki va 
boshqa shishlarda, vinkristin) davolashda qo’llaniladi. Bu preparatlar stitotoksik 
(rak hujayralarini o’ldirish) ta’siriga ega. 
Dorivor preparat.
Rozevin sulfat (vinblastin sulfat) (ampulada va shisha 
idishda quritilgan holda chiqariladi), vinkristin sulfat (shisha idishda quritilgan 
holda ampuladagi erituvchi bilan birgalikdachiqariladi). 
Pushti 
Katarantus 
o’simligini etishtirish texnologiyasi
Pushti katarantus yorug’sevar, unumdor erlarga va mineral o’g’itlarga 
talabchan o’simlik hisoblanadi. 
O’zbekistonning sug’oriladigan tipiq va o’tloqi tuproqlarda ekib o’stirish 
tavsiya qilinadi. O’simlik ko’p yillik bo’lganligi uchun uni urug’ini kuzda 
hamda bahorda ekish mumkin. Urug’larini issiq xonalarda ekib ko’chat 
tayyorlab ham ekiladi. 
Pushti katarantus o’simligini haydab ekiladigan ekinlardan bo’shagan va 
begona o’tlardan tozalangan erlarga ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’simlik ekiladigan erlarni kuzda tayyorlanadi va haydash oldidan tuproq 
unumdorligini bir xil holatda saqlab turish maqsadida o’simlikni o’sish davrida 
yaxshi rivojlanishi uchun gektar hisobiga 15—20 tonna mahalliy o’g’it va fosfor 
o’g’itini yillik normasini 70% ini berib, 25—27 sm chuqurlikda sifatli qilib 
haydab qo’yiladi. 
Erta bahorda begona o’tlarning ildizlaridan tozalanib, ikki marta borona va 
mola bostirib er tekislanadi. 
Urug’ni aprel oyining boshlarida tuproq harorati 18—20°S bo’lganda qator 
oralari 50—60 sm dan qilib sabzavot ekadigan uskunalarda tuproq yuzasiga 
0,5—1 sm chuqurlikda ekiladi va gektar hisobiga saralangan urug’dan 4—5 kg 
sarflanadi. Urug’ tuproq yuzasiga bir tekis tushishi uchun chirigan go’ng, qum 
va boshqa mahsulotlar bilan aralashtirib ekishni tavsiya qilamiz. 
Urug’larni sug’orish maqsadida ekish agregatlariga okuchniklar tirkab 
egatlar olinadi. Ekilgan urug’lar tuproq ostida qolib ketmasligi uchun egatlar 
mayda olinadi. Urug’lar unib chiqqunga qadar jildiratib turiladi. Maysalar 20—
25 kundan keyin paydo bo’ladi. Bu subtropik o’simlik bo’lganligi sababli tuproq 
harorati 20—25°S dan yuqori bo’lishiga harakat qilish lozim. Maysalar unib 
chiqishi uchun tuproq yuzasi nam holda saqlanadi. 
O’simlikda 3—4 ta chin barg hosil bo’lganda har 15—20 sm oraliqdagi har 
bir uyaga 1—2 tadan o’simlik qoldirib yagana o’tkaziladi. O’simliklarning ildiz 
tizimiga zarar etkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish 
tavsiya qilinadi. Tuproqning namligi va o’simlikning rivojlanish holatiga qarab 


103
sug’orishni tabaqalab o’tkazish lozim. Vegetastiya davomida katarantus 
o’simligini 10—12 marta sug’oriladi. 
O’simlikning xomashyosi barg va novdalarning bargli tana qismlari va 2 
mm gacha qalinlikdagi poyalari bo’lganligi uchun va ulardan yuqori hosil 
etishtirish maqsadida birinchi oziqlantirishni shonalash fazasida gektar hisobiga 
50 kg azot, 20 kg kaliy o’g’iti berish bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi 
oziqlantirish xomashyosi o’rilgandan keyin har bir gektar erga 50 kg azot, 30 kg 
fosfor va 30 kg kaliy beriladi. Oziqlantirish sug’orishdan oldin amalga 
oshiriladi. Umuman olganda, mavsum davomida pushti katarantus ekilgan 
erlarga 100 kg azot, 80 kg fosfor va 50 kg kaliy o’g’iti bilan oziqlantirilsa, 
yuqori hosil olishga muvofiq bo’ladi. 
Pushti bo’rigul 9—10 juft barglar hosil qilsa (60—65 kun) shonalay 
boshlaydi, 70—75 kunda gullaydi. Yon novdalari 80- kuni o’sib chiqadi, 125 
kundan keyin mevalari to’liq pishib etiladi. 
O’simlikning er ustki qismi avgust oyining o’rtalarida meva pisha 
boshlagan davrda o’rib olinadi. O’rib olingan mahsulot shiyponlarga tashib 
keltirib „Volgar“ uskunasida 3 sm gacha maydalanadi, keyin yopib quritiladi. 
Qurigan xomashyo maydalangan barglardan, meva bo’laklari, maydalangan 
poya, to’pgul va shonalardan iborat bo’ladi. Xomashyoning rangi to’q yashil 
bo’lib (qurigan gullari borligi tufayli) och qo’ng’ir ranglilari ham uchraydi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish