107
Mahsulotning flavonoidlar yig’indisidan rutin, kverstitrin, giperozid,
kverstetinni 7-glikozidi, kverstetin va kvinkvelozid, alkaloidlar yig’indisidan
leonurinin akaloidi (mevasidan) va 0,4% gacha staxidrin ajratib olingan.
Ishlatilishi.
Arslonquyruqning dorivor preparatlari
tinchlantiruvchi vosita
sifatida (valeriana preparatlaridek) gipertoniya, nerv qo’zgalishi va ba’zi yurak
kasalliklari (yurak nevrozi, kardioskleroz)ni davolash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari.
Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakt.
Mahsulot
tinchlantiruvchi choy-yig’malar va Zdrenko yig’masi tarkibiga kiradi.
Arslonquyruq o’simligini o’stirish texnologiyasi
O’zbekistonning sug’oriladigan (sho’rlangan tuproqlardan tashqari) barcha
erlarida ekib o’stirish mumkin.
Arslonquyruqdan yuqori hosil etishtirish uchun uni unumdor suv bilan
yaxshi ta’minlangan erlarga ekishni tavsiya qilamiz. Haydab ekilayottan
ekinlardan bo’shagan erlarga ekish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Arslonquyruq yog’ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, ya’ni tuproqning
20 sm qatlamida tarqalgan ko’p yillik o’tsimon o’simlik bo’lganligi uchun uni
kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
Erlarni kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna go’ng va 50 kg
superfosfat o’g’iti bilan oziqlantirib 20—25 sm chuqurlikda haydab qo’yiladi.
Arslonquyruq asosan urug’dan ko’paytiriladi. Kech kuzda quruq urug’lar
gektariga 12—18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7—8
kg dan stratifikastiya
qilinib 1,5—2 sm chuqurlikda ekiladi.
Sug’oriladigan erlarga urug’ ekilgandan keyin 60—70 sm oraliqda
sug’orish egatlari olinadi va ketma-ket sug’oriladi.
Urug’ni go’ngga yoki daraxt qipig’iga aralashtirib ekilsa bahorda
yog’adigan yomg’irlardan qatqaloq hosil bo’lmaydi va urug’lar to’liq unib
chiqadi. Urug’ ekilgandan 15—20 kun keyin maysa chiqa boshlaydi.
Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo’lda o’toq
qilinadi,
oralari yumshatiladi, ya’ni kultivastiya qilinadi va o’simliklarni oralarini
siyraklashtirish uchun yagana qilinadi.
O’simliklar oralig’i 15—20 sm dan qilib va har bir uyaga 1—2 tadan
o’simlik qoldiriladi. To’pbarg gul chiqargandan keyin
kultivastiya qilish bilan
birga gektar hisobiga 50—60 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o’g’iti bilan
oziqlantiriladi va sug’oriladi. Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va
gullash fazalarida gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o’g’iti bilan
oziqlantiriladi. Bu davrda o’simlikning o’g’itga bo’lgan talabchanligi eng yuqori
bo’ladi va poyalari 2—2,5 metrga etib qoladi. Vegetastiya davomida
108
arslonquyruq 7—8 marta sug’oriladi va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg
kaliy o’g’iti beriladi.
Uning
xomashyosi barg, gul shonalari bilan birgalikda 40 sm uzunlikdagi
poyasidir. Ko’pchilik o’simliklarda to’pgullari quyi qismlaridagi gullarining
uchdan ikki qismi qiyg’os gullaganda,to’pgullarning yuqori qismi shonalayotgan
davr xomashyoning to’la etilgan vaqti hisoblanadi. Urug’lari to’liq etilganida
xomashyo sifati buziladi.
Xomashyoni poyasini 35—80 sm oralig’ida
qirqish imkonini beradi, ya’ni
uning vositasida arslonquyruq poyasini o’rtacha 50 sm balandlikda qirqish
mumkin. Xomashyoni qayta jihozlangan kombaynlarda yig’ish mumkin.
Birinchi yili uning hosildorligi gektariga o’rtacha 25 stentnerni, keyingi yillarda
35 stentnerdan hosil yig’ib olish mumkin. Urug’larning hosildorligi o’rtacha
gektariga 5—6 stentnerni tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3—4 yil
saqlash mumkin. Uning xomashyosi soya erda quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: