Qo’shma so’zlar quyidagi hollarda ajratib yoziladi:
Qo’shma fe’l va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari doim ajratib yoziladi: olib keldi, o’qib chiqdi.
har, hech, bir, u, shu o’sha, hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ajratib yoziladi: har kim, hech qachon, bir zum, u yerda, hamma vaqt.
sifatning orttirma darajasini hosil qiluvchi to’q, och, tim, tang, jiqqa kabi so’zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko’k.
qo’shma sonlar ajratib yoziladi: o’n bir, ikki ming.
nuqtai nazar, tarjimai hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ajratib yoziladi.
birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Sharqiy Turkiston, Quyi Chirchiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |