4.Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat) turlari. Bu bo‘limda mahsulot va xizmatlar turi, sotilgan mahsulot turlari bo‘yicha tannarxi va foyda, mahsulot iste’molchilari, mulkdorning patentlari va huquqlari, strategik imkoniyatlari, mahsulotni yangilash, turlarini kengaytirish yoki modernizatsiya qilish rejalari, yangi mahsulot ishlab chiqish prognozlari, sotish tizimida mo‘ljallanayotgan o‘zgarishlar va ularning sabablari aks ettiriladi.
5. Tarmoq ishining tahlili. Unda tarmoqning hajmi va o‘sish darajasi, raqobat, ishlab turgan korxonalarning tarmoqqa kirishi va undan chiqib ketishiga to‘siqlar, tarmoqda innovatsiya va texnologiyalarni modernizatsiya qilishning roli, qonunchilik bilan tartibga solish, iqtisodiy tamoyillar, keyingi bir necha yilda tarmoqda mahsulot sotish hajmi, keyingi yillarda tarmoqda paydo bo‘lgan yangi mahsulotlar, asosiy raqiblar, ularning mazkur bozordagi roli va sotish hajmining o‘sish sur’atlari, kuchli va zaif tomonlari, asosiy raqibning moliyaviy ahvoli, haridorlar har bir guruhining tavsifi tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |