Poetik tafakkurning she’riy shakllarda namoyon bo`lishi.
Badiiy ijod turlari insoniyatning tabiat bilan munosabati, undan foydalanish jarayonidayoq paydo bo’la boshlagan. Boringki, ibtidoiy jamiyat davrida insonning oddiy ov qilish jarayoni va uning natijasini boshqalarga aytish tarzining o’ziyoq badiiy tafakkur turining yuzaga kelishiga dastlabki negiz bo’lgani tayin. Har qanday badiiy ijod turi insonning faoliyati va uni bayon qilish jarayoni bilan bog’liq. SHu ma’noda turlar haqidagi fikrlar eramizgacha, aniqrog’i, Aristotelning “Poetika”sida tilga olingan, ya’ni uning qarashicha “... asarlar yana aks ettirish usullari jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. ... Nima bilan, nimani va qanday aks ettirish usulidagi uch xil tafovut ana shulardan iborat”.
Bunda “nima bilan” deganda voqea bilan, “nimani” deyilganda kechinmani, “qanday” deyilganda harakat bilan, degan javob talab qiladi va aslida shunday ham.
Turlar haqida asrlardan buyon ko’pgina adabiy muhitda fikr bildirilib kelingan.
Xorij adabiyotshunoslari R.Uellek, O.Uorrenlarning “Adabiyot nazariyasi” (M., 1976, 245-b.) kitobida ingliz olimi E.S.Dallasning tur haqidagi tasnifi quyidagicha berilgan: 1) ertak; 2) p’yesa; 3)qo’shiq.
Olim turlarni shaxs kategoriyasiga ko’ra ham tasniflaydi: lirika birinchi shaxs – kelasi zamon, drama ikkinchi shaxs – hozirgi zamon, epos uchinchi shaxs – o’tgan zamon. Bunday tasnifda ham turlarning asosiy belgilari aniqlangan, ya’ni epos o’tmish, naql qilinadi, drama sahnada hozir bo’lib turganday harakat qilinadi, lirika esa orzu, kelasi zamon hisoblanadi.
YAna bir qator yevropalik olimlar har uchala badiiy ijod turini “badiiy ijod shakli” deb qarashganlar. Turlar haqida rus tanqidchisi V.G.Belinskiy o’zining “Nima bilan, nimani va qanday aks ettirish usulidagi uch xil tafovutlar kimning asarida aytib o`tilgan?’linishi” asarida nazariy jihatdan keng ravishda asoslab berdi. Uning qarashicha, epikada adib ko’zga ko’rinmaydi, balki voqealar hikoyachisiga aylanadi, “bu epik poeziyadir”. Ulug’ tanqidchi lirikani “...Bu sub’yektivlik saltanatidir” va “... bunda shoirning shaxsiyati birinchi planda namoyon bo’ladi, biz hamma narsani faqat u va faqat u orqaligina qabul etamiz va anglaymiz. Bu lirik poeziyadir”.
Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, “eposdagi qahramon – voqea, dramaning qahramoni – inson shaxsi” (Belinskiy), lirikaning qahramoni insonning ichki sezgilaridir.
Ular garchand bir-biridan farq qilsalar-da, hayotni aks ettirishda ular bir-birlaridan mutlaqo ajralib ham ketmaydi. “Qutlug’ qon” romanida voqea ham, insonlar harakati va ularning ichki kechinmalari uyg’un tasvirlangan.
Lirik janrlarning tasnifi borasida adabiyotshunoslikda ko’p ishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, mumtoz she’riyatda musammatning 12 dan ziyod turi tasniflangan. SHuningdek, Navoiy she’riyatida 16 ta lirik janri qo’llanilgani ham aniqlangan. SHu bilan birga SHarq she’riyati janrlari bilan yevropa she’riyati janrlari birgalikda olingan holda tasnif keyingi yillarda she’rshunos Ummat To’ychiyev tomonidan amalga oshirildi. Lirik janrlarning tasnifi bo’yicha U.To’ychiyevning qarashiga tayanamiz:
I. Mazmun jihatidan:
a) marsiya, bahs, elegiya, inventiva, hasbi hol, topishmoq, qasida, sohiynoma, muammo, xat, ta’rix, manzara, monolog, bag’ishlov, vasiyat, vasf, debocha, nazira, faxriya.
b) musiqa bilan bog’liq: romans, marsh, kontata, syuita, qo’shiq, madhiya.
v) fol’klor: yor-yor, alla.
II.SHakl jihatidan:
a) aytishuv, mustazod, muvashshah, mushoira, shiru shakar, sonet, qit’a, g’azal, tuyuq, ruboiy, masnaviy, fard, tarkiband, tarjiband, o’rama, shoiriy, triada, oq she’r, sarbast.
b) kompozitsiyaga, ya’ni misra soniga ko’ra: musallas, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, mutasaa, muashshar, to’rtlik, oktava.
v) qayta tashkil topishiga ko’ra: qit’aliy, kesishgan, taronaiy, ruboiyona.
Turlar davr bilan bevosita bog’liqligi tayin. SHu bilan birga turlarning janrlarida ham o’zgarish sodir bo’laveradi. SHu ma’noda nazariyotchi olim L.I.Timofeyev uch turga liro-epik (she’riy roman, poema, ballada); tarixiy-badiiy tur (ocherk, reportaj, kundalik)ni va satirani qo’shadi (320-368).
O’zbek adabiyotshunosligida uch tur Fitrat (rivoyat, tomosha, lirika), I.Sulton tomonidan ma’qullangan. Ammo L.I.Timofeyevning kiritgan qo’shimchasini T.Boboyev o’zining darslik kitobida (188-bet) inkor etadi: “bu xil asar o’z tabiatiga ko’ra maxsus adabiy turni tashkil eta olmaydi”.
N.SHukurov esa bu kabi janrlar ham adabiyotda yashashi mumkin degan fikrga kelgan edi. T.Boboyev yana bir o’rinda yuqoridagi “janrlar”ni “qo’shimcha adabiy turlar”, deb atashni taklif qiladi (188).
Bizningcha, hatto dramaning o’zi epika bilan lirikaning birikuvidan hosil bo’lganini eslasak, Timofeyevning yuqoridagi fikrini to’la tasdiqlab bo’lmaydi.CHunki liro-epika ikki turning ta’siri va qo’shiluvining o’laroq natijasi. Garchandki, unda ba’zi o’ziga xoslik bo’lsa-da, to’la mustaqillik ko’rinmaydi. Xususan, satira va yumorni “qo’shimcha adabiy tur” deb qarash unchalik to’g’ri emas. Ularni pafos deb hisoblash ma’qulroq. Asarning satirik pafosi, asarning yumoristik pafosi kabi ma’nolarda qo’llash mumkin.
Lirik tur haqida Belinskiyning tavsifi hamon o’z kuchida qolib kelmoqda: “Lirik asarning mazmuni ob’yektiv voqeaning taraqqiyoti emas, uning mazmuni sub’yektning o’zi va u orqali o’tgan hamma narsadir...”
Fikrdan anglashiladiki, lirika moddiy olam ta’sirida kishida hosil bo’lgan sezgi, hisning “voqe qilish san’ati” (H.Umurov).
Xo’sh, sezgining o’zi nima? Bu nday savolni o’z vaqtida Belinskiy qo’ygan edi. Sezgi tashqi moddiy dunyodan ta’sirlanish natijasida tug’iladi. Uning natijasida vujudiy o’zgarish: yurak qisilish, xapqirish, to’lqinlanish, quvonish yoki achinish yuzaga keladi. Bu o’z navbatida fikrning tug’ilishiga olib keladi. Inson vujudida hosil bo’lgan ta’sir sezgiga fikr orqali javob beradi. Sezgi kuchli bo’lsa, uning ta’sirida tug’iladigan fikr ham teranlashadi. Masalan, boychechak, birinchi qor, Navro’z, Mehrjon kabilardan kishi ta’sirlanib, o’zida sezgi, his hosil qiladi. YA’ni ularni ko’rish natijasida fikrda uyg’onish paydo bo’lgan. Ana shu fikr sub’yektda his uyg’otadi. Uyg’ongan his esa asta-sekin qog’ozga tushadi.
G’afur G’ulomning “Vaqt” she’ri jiyani Hasanalining soat tuhfa qilish ta’sirida hosil bo’lgan hisning mevasi sifatida, “Sen yetim emassan” she’ri asrning 20-yillaridagi va Ikkinchi jahon urushi davri yetim bolalar hayotidan ham achingani, ham ularning “zaminday vazmin xalqi, Vatani” borligidan quvonganidan uyg’ongan hisning samarasi o’laroq tug’ilgan she’r.
Lirika haqidagi tadqiqaotlar shundan guvohlik beradiki, kechinmada fikr va his qorishiq yashar ekan. Bu qorishiq – yo’g’rilgan lirik “xamir”dan teran lirik she’r tug’iladi. Hamid Olimjonning “O’rik gullaganda...”, “O’zbekiston” she’rlari yaqin bir asr davomida she’rxonlarimiz sevib o’qiydi va yod oladi. Sababi unda fikr bilan hissiyot kechinmaga ko’chgan, bir oniy tuyg’uning hosilasi sifatida bitilgan.
Go’yo etgan kabi bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar.
YAngi turmushning yangi odamlari baxt-taxtidan hatto qushlar xush xabar keltirsa, bu borada sayrasa, bo’laja turmush va mavjud hayot tarzi haqida bemalol xulosaga kelish mumkin. Turmush go’zal, fusunkor, ma’mur, osoyish deyish uchun Hamid Olimjonning yuqoridagi inja san’at nazmiy obrazlari yetarli, bundan ziyod nafosatli va nazokatli tasvir topish qiyin. Nima uchun bayt a’lo darajada? Sababi shoirda hosil bo’lgan kechinmada fikr bilan hissiyot qorishiq holda teran ma’no olgan.

Do'stlaringiz bilan baham: |