Keren. L. Amir Temur saltanati. T Ma'naviyat. 1999 y.
Shohruh o’ttiz yoshlardagi saxiy va olijanob inson bo’lib, ilm ahli va hunarmandlarni o’z panohiga olgan, biroq kezi kelganda jasur jangchi va mohir sarkarda edi151.
Saltanat hududida ro’y berayotgan voqea-hodisalar uni (Shohruhni-Y.Z.) sulolaning haqiqiy sardori sifatida ishtirok etishini tobora talab qilardi. O’zining diniy qarashlari tufayli zo’ravonlik va kuch ishlatishni inkor etuvchi so’fiylar tariqatiga a’zo bo’lsa ham, u Pirmuhammadning qotilini qidirib qo’lga olgan, amakivachchasi Pir Umarni azoblab o’dirgan temuriy shahzoda Iskandarni qatl ettirgan edi152.
Shohruh-temuriylarning eng mashhur va olijanob bir shahzodasi bo’lib, uning saroyi zamonasining fan va maorif o’chog’i edi. Xurosonning maorifga moyil eron unsuri orasida u o’zini nihoyatda baxtli hisoblardi. Shu bois Movarounnahrda hokimiyat masalasi va otasining vafotidan keyingi voqealar uning e’tiborini qattiq tortardi. Lekin sulola manfaati qattiq tahlikaga tushganligini ko’rgandan keyin, urushni qanchalik sevmasa-da, o’zini tutib tura olmadi. Qarindoshi Xalilning falokat xabarini eshitgach, darhol o’zining lashkari bilan Xudoydodga qarshi harakat boshladi
Keyingi voqealar rivojini bilish maqsadida Ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur” kitobini varaqlaymiz: “Keyin Xalil Sulton qolgan amirlarga, lashkar boshliqlariyu vazirlariga xat yuborib, Xudoydodga bo’ysunib, u bilan nizo chiqarmasliklarini, u istagan murodga qarshilik ko’rsatib monelik qilmasliklarini ma’lum qildi. Natijada, ular hammalari Xudoydodga bo’ysunib, tasli bo’ldilar va uning homiyligini qabul qildilar. U safarbar etilgan qo’shinga ega bo’lib, firib balolaridan nishonga yetuvchi nayzalaru hind qilichlari bilan (qo’rg’ondek) mustahkamlanib olgach, Jand va Xo’jand qo’shinlari, Turkistonning gapga no’noqlariyu O’zjand avomlarini muqaddam qo’yib,-ulardan boshqalarni orqada qoldirib,-Samarqandga qarab ilgarilab yurdi… Xudoydod Samarqandga yetib kelib, unga kirdi. Natijada, mavjud rusumlar va qismatlar alg’ov-dalg’ov bo’lib, go’yo turli –tuman xalaqlar va diyonatlar ixtilofi zohir bo’ldi. Xudoydodning Ollohdod deb ataladiga (bir) o’g’li bo’lib, otasi ochiq-oydin xaloyiq o’rtasida uni sulton deb nomladi va yashirin xazinalarni qidirib, ular tog’larida lonlaru ma’danlar izladi, ko’milgan boyliklar va bekitilib, yashirilgan dafinalar talabida bo’ldi. Vaziyat o’zgarib muloyimlik qo’polikka badal bo’ldi va ular (Samarqand ahli) go’yo shu aytilgandek bo’lib qoldilar. Sifatlar tanimaydigan darajada o’zgardiki, hatto go’yo zotlar (mazmunlar) boshqasiga aylandi, yoinki yer (bu yerdan) o’zga yeru osmonga almashib ketdi”154.
Abdurazzoq Samarqandiyning guvohlik berishicha esa: “Amir Xudoydod farmon va hukmlar yozib, mirzo Xalilning muhrini bosar va mamlakat atroflariga yuborar edi. Shu tariqa Movarounnahr viloyati unga bo’ysundi”155.
Bu xabar Shohruhga yetgach, “U qahrlanib, g’azabi keldi”, iztirob chekib, alamzada bo’ldi; tevarakatrofga o’zini urib, sabr-kosasi limmo-lim to’ldi, betoqatlanib, qovog’i solindi, uning yuzi o’zgarib, qizardi, u faryod solib, bezovta bo’ldi va tangridan rijo tilab156 “lo havlo”157ni o’qidi; u ich-ichidan kuyib-yonib, qayg’u alamga botdi va oh-voh chekdi. Keyin o’zinig farmonlari yorliqlari bilan o’z yerlari atroflariga har bir uchqurni askar to’plash (xabari) bilan uchirdi va Shoh Malikka hech bir ikkilanmasdan yo’lga chiqishni, sira dam olmasdan sayrini davom ettirib, o’z zotdor otlari bilan qushdan ham tez uchib kelishini buyurdi… Natijada, Shoh Malik o’sha zahotiyoq tog’dek madadli, qumdek adadli askar bilan (yo’lga) chiqdi. Keyin uning izidan boshqa suvoriylar, husravona qirg’iylar bilan Shohruh chiqib, hechbir kimsaga qaramasdan va o’z harakatida tolei rasadga tayanmasdan yurdiQarindoshi Xalilning falokat xabarini eshitgach, darhol o’zining lashkari bilan Xudoydodga qarshi harakat boshladiShohruh Mirzo bir oylik tayyorgarlikdan so’ng, Samarqandga tomon yurish boshladi. Amirzoda yo’lda paytida amir Xudoydodning elchisi kelib, Shohruh bilan uchrashdi. Xudoydod urushga tayyor emasligi uchun riyokorona suratda unga itoat qilajagini bildirdi160. Elchi olib kelgan maktubga ko’ra, amir Xudoydod amirzoda Xalil Sulton bilan Shodmulk og’oni Shohruh qo’liga topshirishga tayyor, ammo bir shart evaziga, marhum Muhammad Sultonning o’g’li Muhammad Jahongirni Samarqand hukmdori debt tan olsa. Shohruh amir Xudoydodning maqsadini tushundi: u taxtga yosh bolani o’tqazib, o’zi uning nomidan mamlakatni boshqarmoqchi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |