I mavzuning dolzarbligi



Download 78,31 Kb.
bet1/15
Sana01.07.2022
Hajmi78,31 Kb.
#726765
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Axmedov o\'zb kurs2



Buxoro davlat universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti.5-1 Tar 18 guruh talabasi Axmedov Og'abekning O'zbekiston tarixi fanidan «Amir Temur vafotidan so'ng taxt uchun kurash, saltanatning parchalanishi» mavzusida yozgan kurs ishisi

I . Kirish
I.1. Mavzuning dolzarbligi
I.2. Muammoning o'rganilganlik darjasi
I.3. Maqsad va vazifalar
II.Asosiy qism
II.1. Xitoyga yurishga tayyorgarlik va Amir Temur vafoti
II.2 Amir Temur vafotidan so'ng taxt uchun kurash
II.3 Shohruxning hokimiyat tepasiga kelishi
III . Xulosa
IV .Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
I.1. Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xalqi mustaqillikka erishishi bilan uning milliy o’zligini anglashiga katta imkoniyatlar yaratildi. Milliy davlatchilik asoslarimiz yaratilayotgan bugungi kunda tariximizning barcha sohalari qatorida ajdodlarimizdan qolgan siyosiy merosimizni chuqur va xolisona tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Zero, o’zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi ming yillar avval shakllangan bo’lib, bugungi kunda qurilayotgan davlat asoslarimiz tarixning bizga bergan tasodifiy imkoniyati emas. Tarixning ildizlar bor joyda taraqqiyot bo’lishi haqidagi o’zgarmas qonuniyatlari mavjud. Bu qoidalar bugungi kunda o’zbek davlatchiligi misolida o’z ifodasini topmoqda. Hozirgi davrda xalqimizning siyosiy merosini qayta tiklash va uni sayqallashtirgan, modernizastiya etgan holda davom ettirish davr ehtiyojiga aylandi.
Mustaqillik yillarida olimlar tomonidan olib borilayotgan keng ko’lamli tadqiqotlar ajdodlarimizning boy tarixga, o’ziga xos milliy davlatchilik ta’limotlariga, betakror ma’naviy merosga ega bo’lganligini ko’rsatmoqda.
1998 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda vatan tarixi fani oldida turgan dolzarb muammolar, jumladan, milliy davlatchilik tarixini har tomonlama va chuqur o’rganish, undagi ma’naviy asoslarga tayanish lozimligi haqida alohida ta’kidlab o’tdi.
Amir Temurning faoliyatini xolis o’rganishda Prezident Islom Abdug’aniyevich Karimov olib borgan siyosat alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Xususan, «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risida» (1994 yil, 29 dekabr), «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilish to’g’risida”1 (1995 yil, 26 dekabr), «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to’g’risida (1996 yil) qator farmon va qarorlar chiqarildiki, bu tadbirlar temurshunoslikning keyingi taraqqiyoti uchun katta zamin yaratdi. Amir Temurning dunyo sivilizastiyasi rivojiga qo’shgan hissasi, tarixdagi buyuk xizmatlari Birlashgan Millatlar tashkilotining talim, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi YuNESKO tomonidan ham alohida e’tirof etilib, uning 660 yillik yubileyi keng nishonlandi.
Prezident Islom Karimov asarlarida Sohibqironning milliy davlatchilik tarixida tutgan o’rni,
Movarounnahrda ozodlik, mustaqillikni qo’lga kiritish bilan birga markazlashgan davlat barpo etgani, saltanatni adolat va qonunlarga asoslanib idora etgani, ilm-fan ravnaqi uchun alohida e’tibor qaratgani hamda boshqa ulkan xizmatlari haqida ko’p marotaba ta’kidlab o’tilgan2. Jumladan, «Shavkatli ajdodimizning o’lmas xizmatlari shundaki, u murakkab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Istilochilarga qaqshatqich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqlol bayrog’ini baland ko’tardi.
Parokanda mamlakatlar, ellar, elatlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi»3, – deya urg’u berdAmir Temur o’z faoliyati davomida o’zbek va dunyo xalqlari manfaatlari uchun quyidagi vazifalarni ado etdi: birinchidan, yurtimizda ildiz otgan mo’g’ullar zulmiga uzil-kesil barham berdi. Ikkinchidan, mayda davlatlarga bo’linib ketgan, tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan Movarounnahrni yagona davlatga birlashtirib, uning boshqaruv asoslarini shakllantirdi va mustahkamladi. Uchinchidan, qonun ustuvor bo’lgan jamiyat asoslarini barpo etdi. To’rtinchidan, saltanatning iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy va ma’naviy asoslarini mustahkamladi. Beshinchidan, nisbatan qisqa vaqt ichida
Movarounnahrni dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirdi. Oltinchidan, Osiyo, Afrika, Yevropa mintaqalaridagi xalqlarning tinchligi, farovonligi uchun katta xizmatlar qildi va xalqaro maydonda adolatni taminlash uchun kurashdi. Yettinchidan, turli din, millat, elat vakillari o’rtasida o’zaro aloqalarning o’rnatilishi oqibatida birinchi marta yagona makon va integrastiya g’oyalari shakllana boshladi. Saltanatda islom dinining ilmiy asoslariga, bag’rikenglik tamoyillariga tayanilib, davlat boshqaruvi amalga oshirilgaAmir Temur hukmronligi davrida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg’unlashtirilgan, siyosiy, iqtisodiy vama’naviy barqarorlik o’rnatilgan. Davlboshqaruvining muhim sohalaridagi faoliyat ana shu maqsadlar yo’lida tashkillashtirilgan hamda chiqarilgan qonunlar o’z vaqtida ijrosini topgan.
Buning natijasida Amir Temur davlatida ilm-fan, manaviyat, me’morchilik va san’at beqiyos darajada rivoj topdi va fanda bu haqli ravishda ikkinchi Uyg’onish davri deb talqin etildi.


  1. Download 78,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish