6-Mavzu Amir Temur va Temuriylar davri O‘zbek davlatchiligi



Download 182 Kb.
Sana01.04.2021
Hajmi182 Kb.
#62374
Bog'liq
6-seminar



6-Mavzu Amir Temur va Temuriylar davri O‘zbek davlatchiligi.



Vaqti – 2 soat




Talabalar soni – 15 – 30 nafar







O’quv mashg’ulotining shakli

Munozarali seminar










Seminarda muhokama uchun

1.

Amir Temur buyuk davlat arbobi.

savollar

2.

Amir Temur va temuriylar davri, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. ilm-







fan va madaniyat.Mirzo Ulug’bekning ilmiy maktabi.




3.

Temuriylar davrida me’morchilik.




4.

Badiiy adabiyot. Alisher Navoiy merosi.











O’quv mashg’ulotining maqsadi: Amir Temur boshchiligidagi saltanatning tashkil topishi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli. Temuriylar davlatida ilm-fan adabiyot, san’at, me’morchilik gullab yashnaganligini talabalar ongiga singdirish.


Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyatining natijalari:







- Mavzu buyicha bilimlarni, tizimlashtirish,

Talaba:

mustahkamlash;

- Mavzudagi asosiy tushunchalar, markazlashgan

- Darslik bilan ishlash ko’nik-malarini hosil

davlat mazmun-mohiyatini yorita oladi;

qilish;

- Siyosiy, iqtsodiy-ijtimoiy, madaniy sohalardagi

- Axborotlarni tahlil qilish va o’z fikrini

islohotlarni tizimlay oladi va ular orasidagi

ifodalash ko’nikma-larini rivojlantirish.

bog’liqlik va o’ziga xoslikni farqlay oladi;




- Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va




roliga xolisona baho bera oladi.







O’qitish uslubi va texnikasi:

Munozarali seminar, suhbat, aqliy hujum,




Rezyume texnologiyasi, Loyiha texnologiyasi,




Blits-so’rov.







O’qitish vositalari:

Tarqatma materiallar, marker, doska







O’qitish shakli

Jamoa, guruhlarda ishlash.







O’qitish shart-sharoitlari

Proektor, kompyuter bilan jihozlangan va




guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya.







Seminar mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Seminar mashg’ulotining texnologik xaritasi


Bosqichlar

Faoliyat mazmuni







vaqti







O’qituvchi

Talaba













1-bosqich

1.1. Mavzuni maqsadi, rejadagi o’quv natijalarini e’lon

Mavzuni

yozadilar

kirish

qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

va savollarga javob

(10 minut)

1.2. Seminar munozara tarzida o’tishini e’lon qiladi.

beradilar




















1.3. Mashg’ulotdagi kutilayotgan natija-larni ma’lum













qiladi.1.4. Munozara qoidalarini eslatadi.

























2-bosqich

2.1. Talabalarning e’tiborini jalb etish uchun va bilim

2.1.

Eshitadilar va

asosiy

darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar

javoblarni




(60 minut)

o’tkazadi.- Amir Temur haqida Prezidentimiz

tayyorlaydilar.







I.Karimov qanday fikrlar bildirgan?
















- Amir Temurning buyuk tarixiy xizmatlari nimada?













- “Temur tuzuklari”dagi harbiy sohaga tegishli













islohotlarni ayting?



















- Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli













qanday?



















2.2.

“Rezyume”,

“Loyixa” texnologiyalari,

“Blits-













so’rov” va testlar vositasida talabalar ishini tashkil













etadi.Har bir javobning mazmuniga va mantiqiyligiga













e’tibor beradi. Savollar berishni taklif etadi. Turli nuqtai













nazarlarni tinglaydi va umumlashtiradi. Har bir savol













muhokamasi umumiy xulosa bilan tugaydi.




2.2.

Talabalar

sa-




2.3.

Talabalarning

qo’shimcha savollariga

javob




vollarga o’z nuq-tai-




beradi.
















nazarlarini





































bildiradilar,

qo’-
















shimchalar qiladi-
















lar

va savollarga
















javob beradilar




























3-bosqich

3.1.

Seminar

mashg’ulotini yakunlaydi,

savollar

3.1.

Eshitadilar,

yakuniy

bo’yicha

xulosalar

chiqaradi,

munozara

xulosalarni

yozib

(10 minut)

ishtirokchilarini baholaydi.







oladilar.










3.2.

Mustaqil ish uchun vazifa beradi.




3.2.

Topshiriqni



















yozib oladilar.
































1. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o`zining yo`lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo`lga kiritish mumkin bo`lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o`chmas nomini bitadi, jaнon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta нucca bo`lib qo`shiladi.

Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo`g`ul bosqinchilaridan ozod bo`lgan xalqimizning milliy daнosi eng yuksak cho`qqiga ko`tarilgan davrdir, Bu davr ilm-fani xalqimizning soнibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash нamda mustaнkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.

Temur va te­muriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san`atni, falsafa va adabiyotni nozikta`b tushungan, o`zlari xam bu soнalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jaнon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she`r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fanmadaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo`lmasa kerak.

Amir Temur ibn Tarag`ay Baнodir (1336-1405) Kesh (Shaнrisabz) shaнri yaqinidagi Xo`ja Ilg`or qishlog`ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy garixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo`g`ullarning bosqinchilik va vayronkorliklarita qarshi kurashib, O`rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o`zaro nizolariga barнam berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustaнkam aloqalar o`rnatildi.

Amir Temur moнir нarbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o`z нayotini Movarounnaнr xalqining farovonligi, yurt obodonchiliti uchun sarfladi, uning davrida нashamatli binolar, qurilish inshootlari, go`zal bog`lar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, Mamlakatimiz Sharqning go`zal нududiga aylandi.

Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan нomiysi sifatida mashнur bo`ldi, o`z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to`pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg`ul bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shaнar edi. Ispan sayyoнi R. G. Klavixo Samarqdning go`zalligiga qoyil qolgan edi. Temur нukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Нindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayipsh Temur saltanati qudratini oshirdi.

Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e`tibor berildi. Islom dini o`sha davrda asosiy mafkura bo`lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan soнasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo`lib xizmat qildi. Temur o`z faoliyatida unga tayanib ish ko`rdi.

Temuriylar davrida tasavvuf ta`limoti keng quloch yoydi. Soнibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo`qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, нaqiqat va adolat o`rnatshda, insonparvarlik g`oyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to`g`ri va sofdil bo`lish, zino va faxsh ishlar bilan shug`ullanmaslik, xarom-xarish ishlardan qochish, нalol meнnat qilish, biror kasbni egallash, muxtojlarga mexr-shafqat ko`rsatish kabi g`oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Nakshbandlik tarikatining yirik shayxlari bo`lmish Saiyd Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Tsmurning pirlari bo`lib, soxibqiron ular bilan tez-tez mulokot kilib turgan.

Temuriylardan Shoxrux, Ulug`bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirida uning an`analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me`morchilik san`agi yuksak darajaga ko`tarildi.

Amir Temur Ko`ksaroy masjidi, Shoнizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (SHaxrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug`bek davrida 1417-1420 yillarda Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G`ijduvonda madrasalar qo`rildi, Bibixonim masjidi, Go`ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi.

Нirotda нam ko`plab me`morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, Madrasa va xonaqoнlardan iborat bo`lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qo`rdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «SHifoiya» madrasalari, Marv shaнridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «SHarq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Beнzod (1456-1535) va shox Muzaffar kabi dunega mashнur rassomlar ijod qildi. Beнzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dexlaviyning «Xamsa», Sa`diyning «Bo`ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning meнnatini, tabiat manzaralarini нaqqoniy tasvirlagan.



XIV-XV asrlarda Movarounnaнr va Xurosonda ilm-fanning ko`p soнalarida yuksalish yuz berdi. Jaнonga mashнur olimlar tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, xandasa, tarix, adabiyot, jug`rofiya, pedogogaka, mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e`tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o`sha davrning muнim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g`oyalari olga surildi.

«Gul va Navro`z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Beнro`z va Baнrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar xaqida tazkira) ning muallifi Davlatshoн Samarqandiy, «Yusuf va Zulayнo», «Maнzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Нaydar Xorazmiy нamda Kamol Xo`jandiy (1402 yilda vafot etgan), Нofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Нiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshqalar o`sha davrda yashab ijod etdilar.
2. Jaxon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo`shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muxammad Tarag`ay Ulug`bek (1394-1449) matematika va falakiyot soнasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Amir Temurning o`g`li Shoxrux Mirzo edi. Ulug`bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar Qozizoda Rumiy va G`iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bulsa xam, madaniyat va ilm-fan ravnakiga kup kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa soxalarda ilmiy tadkikotlar olib bordi. Olimning dunyokarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muxammad Xorazmiy, al Fargoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muxim urin egalladi.
Ulug`bek va Shoxrux davrida madrasalar safi kengayadi. Ulug`bek uchun madrasa avvalo bilim maskanidir.Uning topshirig`iga ko`ra, Buxoroda (1417), Samarqandda (1420) va G`ijduvonda (1433) madrasalar qurildi.Bular ruhoniylar tayyorlaydigan shunchaki bir muassasa emas, balki o`quv yurti, o`ziga xos dorilfunun edi.

Manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, Ulug`bek buyuk mutafakkirlardan Ahmad Farg`oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Ularning asarlari orqali qadimgi Yunon olimlari: Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Gipparx (Gippokrat), Ptolomeylarning klassik asar­lari bilan xam tanishadi. Ulug`bek Movarounnaxr shaxarlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma`rifat dargoxiga aylantirishga intiladi.

Uning farmoni bilan

1417 yilda Buxoroda,

1417—1420 yillarda Samarqandda va

1433 yilda G`ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Xatto Buxorodagi madrasaning darvozasiga:

Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir” degan kalima yozib quyiladi. Movarounnaxrning bu uchta qadimiy shaxarlarida barpo etilgan ilmgoxlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi.

Ushbu Madrasalarda iloxiyot ilmlari , xadis, tafsir, fiqx (din va shariat konun-koidalari) bilan birga riyoziyot (matematika) , xandasa (geometriya), ilmi xay`at (astronomiya), tibbiyot (me­ditsina), tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar xam o`qitilardi. Ulug`bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik xujrali bulgan. Xar bir xujra uch xona: qaznok (omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bo`lgan.

Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, madrasada yuzdan ortiq, talaba istiqomat qilgan va ta`lim olgan. Madrasada zamonasining iqtidorli olimlaridai mavlono Shamsuddin Muhammad Xavofiy yetakchi mudarris bo`l­gan. Mashur olimlardan Qozizoda Rumiy, G`iyosuddin Jamshid Koshoniy hamda Mirzo Ulug`bekning o`zi va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar.



XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsuddin Muhammad Xavofiy o`qigan. Darsda olimlardan to`qson nafari qatnashgan, lekin darsning ma`nisiga Ulug`bek Mirzo bilan Qozizoda Rumiydan boshqa xech kim tushunmagan.

Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, madrasada ilmi xay`at (astronomiya) darsning Qozizoda Rumiy o`tgan. Xatto fors-tojik mumtoz adabiyotining vakillaridan biri Abduraxmon Jomiy yoshlik chog`ida Samarqandga kelib, Qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidai saboq, olganligi ma`lum. Madrasada kamida 15 — 16 yil taxsil ko`rib, uning dasturi bo`yicha asosiy fanlarni to`la o`zlashtirgan va imtixonli saboqlarda o`z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad — shahodatnoma yozib berilgan.

Shunday shaxodatnomalardan biri Ulug`bekning Samarqanddagi madrasasida qariyb 16 yil tahsil .ko`rgan balxlik Shamsuddin Muhammad nomiga xijriy 838 (1435) yil rajab oyining o`rtalarida Qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib berilgani ma`lum.

Samarqanddagi Ulug`bek madrasasida mudarrislik qilgan olimlarning bir qismi turli fanlardan toliblarga dars berish bilan birga, matematika, geografiya va astronomiya buyicha amaliy masalalar bilan xam shug`ullanadilar. Rasadxona qurilib ishga tushirilgunga qadar osmon yoritgichlarining holatini kuzatish ishlari ma`­lum darajada mana shu madrasada na Ulug`bek tomomonidan qurdirilgan Muqatta` masjidida olib borilgan edi.



Ulug`bek 1424—1428 yillarda Samarqandda o`z atrofida to`plangan olimlarning bevosita ishtiroki bilan shaxar yaqinidagi Obiraxmat anxori bo`yida rasadxona qurdirdi. Doira shaklida bino «qilingan bu o`lkan imoratning aylanasi 47 m, balandligi 31 m bo`lgan.

Tarixiy manbalardan ma`lum bo`lishicha, bu oliy imorat xonalarining devorlarida osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylanishi va o`zaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, sobita (qo`zg`almas) yulduzlar, xamda dengiz va okeanlar, tof va dashtlar, iqlim mintaqalariga bo`lingan yer kurrasi va xokazolar tasvirlangan. Xullas, rasadxona ichki devorlarida koinotu yer kurrasining umumiy manzarasi tasvirlangan bo`lib, shu tufayli bu mavzu mahalliy aholi o`rtasida «Naqshi jahon» deb yuritilgan.

Rasadxona qurilishida samoviy yoritgichlarni kuzatish va o`rganish borasida xizmat qiluvchi uning asosiy qismi — sudsi faxriy qurilmasiga va uni maxsus o`lchov asbob-uskunalar bilan jixozlashga aloxida e`tibor beriladi. Sekstant G`iyosuddin Jamshid mutasaddiligida o`rnatiladi.

Samarqand sekstanti o`sha davrda Sharqda ma`lum bo`lgan sekstantlarning eng kattasi hisoblangan. Ali Qushchi uning balandligini Istambuldagi mashxur Avliyo Sofiya ibodatxonasining balandligiga (kariyb 50 m)I qiyos qilgan. Ayni vaqtda Ulug`bek rasadxona qoshida boy kutubxona ham tashkil etib, unda fanning deyarli hamma sohalariga tegishli qariyb o`n besh ming jild kitob saqlagan.

Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik xujralar quriladi. Uning etagida esa Ulug`bek o`zi uchun Bog`imaydon va Chinnixona chorbog`larini barpo etadi.



Ulug`bek rasadxonasining qaerda joylashganligi tarixiy manbalarda aniq, ko`rsatilganiga qaramay, afsuski uni uzoq, vaqtgacha topib o`rganilmadi. Rasadxona asrlar davomida qarovsiz qolib, vayronaga aylangan, so`ngra oddiygina tepalik manzarasini olgan edi.

Mahalliy aholi o`rtasida Naqshi jahon nomi bilan mashhur bo`lgan bu tepalikda qazish ishlari olib borgan arxeolog V.L.Vyatkin 1908 yilda Ulug`bek rasadxonasining xarobalarini topib, uning sekstanti yer osti qismini kavlab ochadi.Ulug`bek rasadxonasi Movaraunnahrda o`z zamonasiga nisbatan mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jixozlangan oliy darajadagi ilmgoxga aylangan edi.



Rasadxonada Ulug`bek bilan birga mashxur matematik va astronomlardan zamondoshlari o`rtasida «Aflotuni zamon» faxriy nomini olgan Saloxiddin Muso ibn Muxammad Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o`z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuxrat qozongan Alouddin Ali ibn Muxammad Ali Qushchi va ko`pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatish va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug`bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.

Samarqandda Ulug`bek raxbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargox matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalariga erishadi.Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo`g`almas) yulduzlarning o`rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi.Markaziy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bo`ylab joylashgan 683 geografik punktlarni Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalar belgilab chiqildi.

Ulug`bek maktabining erishgan eng muhim va ajoyib muvaffaqiyatlaridan biri matematika fani sohasida bo`ldi. O`sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi va shu fan soxalariga oid ilmiy asarlarning yozilishi Ulug`bek maktabi ilmiy faoliyatining asosiy yunalishini belgilab berdi.Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid bir qancha nodir asarlar yaratildi.Garchi bu asarlarning kupi bizgacha yetib kelmagan bo`lsada, saqlanib qolgan qo`lyozmalar o`sha davrda Samarqand astronomiya maktabi erishgan yutuqlardan va bu ilmgox namoyondalari jahon astronomiya fani rivojiga qo`shgan ulkan hissadan guvoxlik beradi.



XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning eng ravnaqi va Samarqand astronomlari qozongan olamshumul muvaffaqiyatlarida, ayniqsa Ulug`bekning roli va hissasi buyukdir.

Ilm –fanga bo`lgan cheksiz hurmat zo`r qobiliyat va ilmning zaxmatli yullarni bosib o`tishi tufayligina u Samarqand astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishdi.O`z ustida muntazam ishlash va bilimlarini tinmay chuqurlashtirish natijasida Ulug`bek o`zining ko`pgina zamondoshlaridan o`zib ham ketdi.

Samarqand rasadxonasida olib borilgan ko`p yillik tadqiqotlarning samarasi, Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarni o`zida mujassamlantirgan va uni yangi dalil isbotlar - boyitgan shox asar Ulug`bekning «Ziji Jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali ») nomli kitobidur. Bu asar 1437 yilda yozib tugallangan bo`lsa xam unga muallif umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida kuzatishlar va qo`shimchalar kiritib boradi.

«Ziji Jadidi Ko`ragoniy » asosan ikki qismdan keng muqaddima va 1018 sobita yulduzlarning o`rni va holati aniqlab berilgan. Jadvallardan iborat. Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning nazariy masalalari, Sharq xalqlaridagi yil xisobi usullari, astronomiyaning amaliyoti, sayyoralar nazariyasi hamda astronomiya va astrologiya masalalariga bag`ishlangandir.

«Ziji jadidi Ko`ragoniy»dan tashqari Ulug`bek «Tarixi arba` ulus» («To`rt ulus tarixi») nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag`ishlangan beshta risola ham yozgan. Uning «Tarixi arba` ulus» asari turkiylarning ajdod va avlodlari, mug`ul qabilalari hamda Chingizxon vafotidan keyin tashkil topgan Ulug` yurt, Jo`ji, Chig`atoy va Elxoniylar ulusining qisqacha tarixiga bag`ishlangan.

XV asrda Movarounnaxr va Xurosonda tarix fani ham keng rivoj topdi. Hofizi Abro`, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshox. va boshqa ko`pgina tarixchilar Temuriylar davlatining ikki poytaxti Samarqand va Hirotda yashab ijod qildilar. Ularning asarlari Temuriylar davlatining tarixiga doir juda qimmatli va nodir manbadir.

«Zubdat tavorix» muallifi Hofizi Abro`, «Matlai sa`dayn va majmai baxrayn»ni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy o`z asarida Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davr voqealarini yoritdilar. Mirxond «Ravzat us-siyar va Xondamir «Habib us-siyar» kitoblarini yozib, o`z asarlarining bir qismini Sulton Xusayn xukmronlik qilgan davr voqealari bayoniga bag`ishladilar. O`sha davr tarixnavislaridan Muinuddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yozdi.

XV asrda Movarounnahrning poytaxti Samarqandda ilmiy tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlarning ijodiy faoliyati, astronomiya va matematika fanlari soxasida qilgan kashfiyotlari, yaratgan nodir asarlari bilan ilm-fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalarining salmog`iga qarab fikr yuritilsa, Ulug`bekning astronomiya maktabini o`z davrining akademiyasi deyish mumkin.



Ulug`bek tevaragiga uyushgan 100 - dan ortiq olimni o`z bag`rida yetishtirgan, nomi jahonga mashhur Samarkand rasadxonasi shu vazifani o`tagan. «Samarqand akademiyasi» dastavval bundan 225 yil muqaddam mashhur frantsuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olimi Volter (1694—1778) tomonidan e`tirof etilgan. Volter bu xaqda: «Ulug`bek Samarqandda bo`lib akademiyaga asos soldi, Yer kurrasini o`lchashga buyurdi va astronomiya jadvallarini tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi, Darhaqiqat, «Samarqand akademiyasi» 1010 yili Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganchda tashkil etilgan o`ziga xos akademiya — «Donishmandlar uyi» («Ma`mun akademiyasi»)dan keyingi ikkinchi «Dor ul-ilm» edi. Bu Dor ul-ilmniig poydevori bo`lgan Ulug`bekning astronomiya maktabi o`rta asrlar musulmon Sharq hamda endigina uyg`onayotgan Yevropa astronomiya fanining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi.

3. Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan siymolardan biri, ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alnsher Navoiydir (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taalluqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi, ravnaki va osoyishtaligi yo`lida ko`p ishlar kildi. Maktab, Madrasa, masjid va xonaqohlar, ko`prik, rabotlar, shifoxonalar kurdirdi, muhtoj va kambag`allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi.

Navoiy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni «Xayratul abror», «Farhod va Shi­rin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut — tayr», «Majolisun nafo-is», «Mahbubul qulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Xazoyinul maoniy» («Ma`nolar xazinasi») nomli she`riy to`plam yaratgan bo`lib, u 45 ming misraga yaqin g`azal, ruboiy, qita va fardlardan tashkil topgan.

Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo`lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta`lim-tarbiya hakidagi fikr-uylari o`z ifodasini toptan.

4. Temur avlodidan bulgan Zaxiriddin Muxammad Bobur (1483-1530) o`sha davrning eng ma`rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug`ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko`tarildi.

Ichki kelishmovchiliklar natijasida o`z yurtini tashlab ketishga majbur bo`lgan Bobur avval Kobulda, so`ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibroxim Ludi ustidan g`alaba qozonib, Hindistonda o`z hukmronligini o`rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan orgiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bo`ldi.

Boburshox xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o`rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me`moriy yodgorliklar, bog`lar, kutubxonalar barpo qildi, ma­daniyat, san`at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san`atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo`lgan davlat arbobi, olim va shoirdir.

Boburiylarning ko`pchiligi ma`rifatchilik bilan mashg`ul bo`ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar-Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e`tiqod qiluvchi musulmon va hindularni yuksliishtirishga, axil yashgashga chaqirishda bo`di..



Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid «Mufassal*, musiqa bo`yicha «Musikiy», xarbiy ishlarga oid «Xarb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o`sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg`oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug`rofiyaei, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.

Bobur o`zining lirik shs`rlarida ishq,, muhabbat, Vatan sog`inchi, mehr, vafo, insoniylik, do`stlik, yaxshilik va mehr-oqibatani kuyladi.

XIV-XV aerlar moldiy va ma`naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish o`sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy alokalar o`rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e`tibor kuchaydi, ilm-fan va san`at rivoj topdi, qomusiy olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o`rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksa­lish hozir ham uz ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g`oya va mafkurani shakllantirishda ma`naviy ozuqa vazifasini o`tamoqda.


Ushbu texnologiyaning sharti - guruhni mavzu paragraflar bo’yicha guruhlarga ajratish, bunda tanlab olingan voqea va hodisalarning izchillik va ketma-ketligiga amal qilinishi, guruh vakillari ham o’z namoyish etayotganlarida shu ketma-ketlikka amal qilishi lozim. Ularga material bilan ishlash uchun beriladigan vaqt material hajmi va ta’lim muassasi turiga qarab belgilanadi. SHuningdek, beriladigan vazifalar soni ham materialning bandlari bilan bog’liqdir.



1- bosqichda - guruhlarga vazifa beriladi. Guruh vakillari materialni olib, u bilan tanishadilar, to’ldiradilar. (10 min.)
2- bosqichda - guruh vakillari voqea va hodisalar ketma-ketligiga qarab himoya etadilar. (10 min.) O’qituvchi har bir guruh namoyishini izohlashi zarur.
3- bosqichda - guruhlarga o’qituvchi tomonidan qo’shimcha manbalar, adabiyotlar ham beriladiki, ulardan o’zlari tayyorlagan materialga oidlarini ajratib oladilar va yangi jumlalar ustida ishlaydilar. (10)



1- guruh

-

Movarounnahrdagi feodal tarqoqlik

2- guruh

-

Amir Temur va uning hayoti haqida umumiy ma’lumotlar.













unga tavsifnoma.




3- guruh

-

Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish harakati.

4- guruh

-

Amir Temurning Samarqand sarbadorlari va Amir Husayn










bilan munosabatlari, uning buzilishi










Blits-so’rov: “Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi”






















Yakka

Yakka

Guruh




Guruh

To’g’ri

Harakatlar mazmuni

baho

xato

bahosi




xatosi

javob














































1365

Amir Temur va Ilyosho’ja o’rtasidagi “Loy






















jangi”











































1388

Amir Temur Xorazmni uzil-kesil bo’ysundirdi











































1355

Amir Temurning Amir Husayinning singlisi








































O’ljoy Turkon og’aga uylanishi































1399

Amir Temurning Dehlini egallashi































1395

Amir Temur Terak daryosi bo’yidagi jangda
















To’xtamishxonni tor-mor keltirdi































1336

Amir Temur tavalud topdi































1402

Amir Temur Anqara jangida Boyazid ustidan
















g’alaba qozondi































1404

Amir Temur Samarqanddan Xitoy yurishini
















boshladi































1370

Amir Temur Movarounnahr amiri deb e’lon
















qilindi































1386-

Amir Temurning Eronga qarshi uch yillik













1388

yurishlari


















5-6 ta to’g’ri javob – “qoniqarli”


7-8 ta to’g’ri javob – “yaxshi”
9-10 ta to’g’ri javob – “a’lo”

Mavzu yuzasidan test savollari

Quyida keltirilgan ta’riflar qaysi shaxs va shaharlarga taalluqli ekanligini toping.




  1. Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga

bag’ishlangan maxsus asar yaratilib, u nomi ostida shuhrat topadi.




  1. Amir Temur o’z reja va maqsadlarini ro’yobga chiqarishda ko’proq mulkdorlar va harbiy

jangchilar orasida shuhrat topgan taqvodor ruxoniylar tabaqasi vakillariga suyanardi. U imom ni o’zining piri deb hisoblaydi. Bu buyuk zot Temur qilich bilan nimani qo’lga kiritgan


bo’lsa, shularni toat ibodat, hamda fatvolar berib, mustahkamlab berishga harakat qiladi.





  1. Sohibqiron Amir Temur ga alohida e’tibor berib, uni O’rta Osiyoning ma’naviy markaziga aylantirishga harakat qildi. SHu boisdan bu shahar «Qubbatul ilm val adab» unvoniga ega bo’ldi.


4. Mirzo Ulug’bek farmoni bilan 1417 yilda shahrida madrasa barpo qilinadi. Bu

madrasaning darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» degan kalima o’yib yozib qo’yiladi.





  1. Mirzo Ulug’bek tomonidan tashkil etilgan Rasadxonada zamondoshlari orasida «Aflotuni

zamon» deb nom olgan _ ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib borgan.




  1. Temuriylar davrida hattotlik san’ati yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Mashhur xattot

nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi.





  1. U XV asr tasviriy san’atining ulug’ nomoyondasidir. U musavvirlikda «Xirot maktabi» deb nomlangan ijodiy uslubning asoschisi bo’ldi. Zomondoshlari tomonidan «Moniyi soniy» unvoni bilan sharaflandi.



  1. Mirzo Ulug’bek tomonidan tashkil etilgan Rasadxonada zamondoshlari o’rtasida «o’z




davrining Ptolomeyi» deb nom olgan




ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib borgan.

9. U hattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar yozgan. SHarqda

«Kotiblar qiblasi» va


















«Sulton ul-xattotin» nomlari bilan shuhrat topadi. Sulton Husayin Boyqaro qabr toshidagi bitik-lavha ham uning tomonidan o’yib bitilgan.





  1. XIV-XV asrlar O’rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi mahsuldor

bosqich bo’ldi. Masalan, «balujiy», «shodiyona», «tabriziy» va «usuli ravon» kuylarini ijod qiladi.




Tanlash uchun javob variantlari:



1) Sultonali Mashhadiy 2) Sayyid Baraka

3) Buxoro

4) Ali Qushchi

5) «Temur

Tuzuklari» 6) Xurdaki Buxoriy

7) Kesh

8) Toshkent

9) «Zafarnoma»

10) Mirali Tabriziy

11) Ulug’bek 12) Samarqand,

13) Qozizoda Rumiy

14) Kamoliddin Behzod

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish