Ilmiy-texnik taraqqiyot omilining ta’siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etishda aniq namoyon bo’ladi. Masalan, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo’lgan shaharlarda joylashtiriladi.
Yuqorida ko’rilgan omillarning ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi provard natijada ekologik omil bilan "hisoblashishlari" kerak. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining ishlashi shu nuqtai nazardan to’xtatilganligi bejiz emas. Ekologik jihatdan kimyo, yog’och-tsellyuloza, go’sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostantsiyalari aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lgani yaxshi. Bu omil bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloji yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |