jarayonini bosqichlarga bo„lib tasavvur qiladi. Shu bois, ko„p hollarda tadqiqotchi real
eksperimentni ideal rejasi sifatida xayoliy eksperimentni ongida o„tkazadi, sodir bo„lishi mumkin
jarayonlarni tasavvur qiladi, natijasini ma‟lum ehtimollik bilan ko„z oldiga keltiradi.
Xayoliy eksperiment qayd etilgan ustunlikka ega bo„lgani bois,
real eksperimentga
qaraganda tatbiq qilinishi sohasi ancha kengdir. Ayniqsa real tajribani o„tkazishni iloji
bo„lmagan vaziyatda tadqiqotchilar xayoliy eksperimentga tez-tez murojaat qiladilar.
Yana fan tarixiga nazar tashlaymiz. Galiley xayoliy eksperiment o„tkazib jismlarning
harakati holatida inersiya mavjud,degan xulosaga keldi. Olimning kashfiyoti Aristotelning
harakatdagi jismda uni itarayotgan kuch yo„qolsa u to„xtab qoladi, degan fikri umumiy
qonuniyatni bildirmasligini asoslab berdi. Galileyning kashfiyoti haqida A.Eynshteyn shunday
deydi: «Biz ko„rdik – ki, inersiya qonunini bevosita eksperimentda namoyish qilib bo„lmaydi,
uni faqat kuzatish bilan bog„langan mushohadali tafakkurdan keltirib chiqarish mumkin. Bu
masalada real eksperimentni o„tkazishni iloji yo„q». Haqiqatan ham hech qanday real
eksperimentda inersiya qonunini kuzatib bo„lmaydi, biron – bir asbobda qayd qilishni iloji ham
yo„q.
Xayoliy eksperiment real izlanish chegarasini kengaytiradi, tasavvur qilishni kuchi bilan
real eksperiment oldida turgan to„siqlarni «bartaraf» etib, kashfiyotga olib boradigan g„oyani
olg„a surish, xulosa qilish imkoniyatini beradi.
4.2.Matematik eksperiment
Matematik eksperiment xayoliy eksperimentga o„xshash moddiy
eksperimentga qaraganda
bir qator afzalliklarga ega.
Moddiy eksperimentni o„tkazish uchun ko„p vaqt, vositalar, turli manba va ta‟minot zarur.
Bundan tashqari yana bir muammo mavjud. Agar ishlab chiqilgan uskuna o„rganilayotgan
xodisa, uning xossalari haqida yetarli ma‟lumot bera olmasa, unda boshqa yangisini qurishga
to„g„ri keladi. To„g„ri, fiziklarda salbiy natija ham bari-bir natija, degan naql mavjud. Ya‟ni,
eksperiment o„tkazishda sodir bo„lgan muvafaqiyatsizlik tadqiqotchini qayerda xatoga yo„l
qo„yilganligini izlashga majbur qiladi. Matematik eksperiment arzon, qisqa vaqt ichida amalga
oshiriladi, modelni boshqarilishi esa yengil,ya‟ni,matematik operatsiya orqali amalga oshiriladi.
Matematik eksperiment asosini o„rganilayotgan ob‟ektning matematik modelini tuzish
tashkil qiladi. Bu model matematik struktura ko„rinishiga ega , ob‟ektning o„rganish uchun zarur
bo„lgan tomonini ifodalaydi.
Eksperimentda matematik struktura va uning parametrlariga fizik yoki ob‟ektning tabiatiga
mos keladigan ma‟no beriladi, shu ma‟nodan kelib chiqqan holda olingan natija tushuntiriladi.
Tenglamalar tizimidan tashkil topgan model kuzatsa bo„ladigan topologik, grafik ko„rgazma
shaklga keltirilgan bo„lishi mumkin.
Matematik eksperimentning texnologik bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ob‟ektning matematik modeli tuziladi, ko„rib chiqilishi kerak bo„lgan tomonlar,
masalalar ahamiyatiga qarab birinchi va ikkinchi darajaga bo„linadi, modeldan foydalanish sharti
va chegarasi aniqlanadi. Model differensial yoki integrodifferensial tenglamalardan iborat
matematik formulalar asosida tuziladi.
2. Eksperiment oldiga qo„yilgan vazifa matematik masalaga aylantiriladi. Masala
algebraik formulalar majmuasi bo„lib, unda hisob va yechimni topish shartlari ifodalanadi. Ko„p
xollarda masala algoritm shakliga keltiriladi. Bunda eksperimental masala turli sinov rejimidan
o„tayotgan modelning optimal parametrik qiymatini topishdan iborat bo„ldi.
3. Kompyuterdan foydalanish maqsadida eksperimentga oid masalani yechish
algoritmi va dasturi ishlab chiqiladi.
4. Matematik amallarni bajarilishi davomida natija raqamli axborot shaklida paydo
bo„ladi, ularning mazmuni aniqlanadi. Axborotni aniqligi modelni asosini tashkil qilgan
tenglamalar va algoritmlarni naqadar ishonchli bo„lishi bilan belgilanadi.
5. Matematik model ustida olib borilgan hisoblar natijasi qayta ishlab chiqiladi,
olingan qiymatlar va raqamlar bo„yicha xulosa chiqarish amalga oshiriladi.
Xususan,fizikada matematik eksperiment usuli bilan termoyadroli sintez jarayoni o„rganildi.
Bunda deytriy va tritiyni sharik shaklida ifodalaydigan sonlar va tenglamalar
tizimidan iborat
model ishlab chiqildi. Modelga tenglamalarda ifodalangan «lazer nuri» yuborildi. Ma‟lum
algoritmlar asosida bajarilgan matematik operatsiyalarni ko„rsatishicha modeldagi markazni
qisilishi haroratni katta darajaga ko„tarilishishga olib keldi. Natijada parametrik qiymatlar keskin
o„zgardi, termoyadroli reaksiyani ifodalaydigan miqdoriy o„zgarishlar hosil bo„layotgani ayon
bo„ldi.
4.3.
Kompyuterli eksperiment
Ilmiy tadqiqotda kompyuter texnologiyasidan foydalanish yangi imkoniyatlarni ochib
beradi. Bu texnologiya o„zida matematik va xayoliy eksperiment, modellashtirish va analogiya
usullarida mavjud bo„lgan afzallik va ustun tomonlarini birlashtiradi.
Kompyuter texnologiyasida eksperiment qo„yish uchun zarur bo„lgan mexanizm va vositalar
mavjud. Bulardan eng muhimi kompyuter dasturida mujassamlalangan sun‟iy aqldir.
Inson aqli bajaradigan amallar va funksiyalarni (hisoblash, obrazlarni tanish, boshqarish,
tahlil qilish, umumlashtirish, baholash va boshqalar) kompyuter tomonidan bajarilishi sun‟iy aql
amalga oshiradigan operatsiyalarni namoyon bo„lishidir. Sun‟iy aql faoliyatini yuzaga
keltiradigan struktura kompyuter dasturidir. Kompyuterli grafikani ixtiro qilinishi, uni fan va
amaliyotning turli sohalarida keng tatbiq etilishi sun‟iy aql texnologiyasini
takomillashtirish
ishida tub burilish yasadi.
Sun‟iy aql (inson aqlini modeli, analogi sifatida)ikkilamchi hislatga ega bo„lsada, ko„p
jarayonli, beqiyos parametrli va o„ta murakkab ob‟ektlarni o„rganishda bugungi kunda tengi yo„q
vosita hisoblanadi.
Hozirgi yaratilayotgan kompyuterni beshinchi avlodi bir daqiqada bir va undan ko„p milliard
holat yoki variantlarni qayd qilishi mumkin. Uzaro bog„langan protsessorlar ansamblidan tashkil
topgan bunday texnologiya kampyuterli grafika yordamida har qanday murakkab ob‟ektni
xossasi, harakati va o„zgarishini modellashtirish qobiliyatiga egadir.
Kompyuterli eksperimentda asosiy qurol-dastur va ekspertli baholash tizimidir. Oxirgisi
ham dasturni maxsus turini tashkil qiladi. O„zaro bog„langan protsessorlar tizimiga o„xshash,
eksperimentni o„tkazishda turli operatsiyalarni bajarishga muvofiqlashtirilgan dasturlar to„rini
tuzib, undan foydalanish mumkin.
Dastur ko„rsatma, algoritm, freym va slotlardan iborat bo„lgan tizimdir. Freym dasturga
kiritilgan, ob‟ektning biron-bir xossasi yoki belgisini ifodalaydigan atama va hukm blokidir.
Har bir freym ob‟ektning belgisi haqida axborot beradigan slotdan tashkil topgan. Slot freym
unsuri bo„lib, ayni paytda quyi darajaga nisbatan mikrofreym rolini o„ynaydi. Boshqacha qilib
aytganda, har bir slotda boshqa bir freymni ko„rsatkichi mavjud. Demak, freymlar va slotlar
kombinatsiyasini (o„zaro uyg„un birikmasini) tuzish orqali har qanday ob‟ektning modelini
yaratsa bo„ladi. Ko„rgazma vosita sifatida daraxt obrazidan foydalanish mumkin. Daraxt ildizi-
axborot banki (manbai), tanasi – dastur, undagi algoritm, shoxlari –
freymlar, barglari –
slotlardan iborat. Bu sxema xolos, chunki aytganimizdek, har bir slot freym ko„rsatkichiga ham
ega. Masalan, «maymun» freymini olaylik.
«Maymun» freymi
Belgi atamalari slotlar
Bu Primat
Jinsi Yoki urg„ochi
Yoki erkak
Yoshi I Butun son
“Banan” sloti(mikrofreymi)
Yashash makoni I O„rmon
Sevimli ovqati I Banan Bu I meva
Ermaklaydii I Daraxtlar rangi I sariq
Ta‟mi I shirin
Tana turi I Qayshqoq Terisi I qalin
Kelib chiqishi I banan daraxti
1-rasm
Maymun evolyutsiyasi va hayot tarzi muammosiga oid tajribaviy izlanish maqsad qilib
qo„yilgan
taqdirda, uning intellektual qobiliyatini tekshirishga qaratilgan kompyuterli
eksperiment o„tkazish mumkin. Bunda primatlar biologiyasi, hayot tarzi va psixologiyasga oid
axborotlarni o„zida saqlagan freymlar to„ri (haritasi) ishlab chiqiladi. Bitta yoki bir guruh
maymun zotlari, ularni o„rab turgan sharoit modellashtiriladi.
Freymlar tarkibiga oldingi tajribalarda maymunlar bilan o„tkazilgan eksperimental sinov
natijalari ham kiritiladi.
Tuzilgan animatsion modelga axborot buyruq shaklini olgan vazifa (ta‟sir) ko„rinishida
beriladi. Eksperiment davomida maymunlar guruhini tasvirlagan model muammoli vaziyatga
duch keladi. Vaziyat model uchun noma‟lum holat, model vaziyatdan chiqish uchun eng optimal
harakat variantini tanlashga urinadi.
Ijobiy natija bergan yechim tahlil uchun ekspert tizimiga topshiriladi va ballar qiymatida
primatlar faoliyatini intellektual darajasi baholanadi.
Organik kimyo sohasida birikmalarning molekulyar strukturasini aniqlashga qaratilgan
dasturlar ishlab chiqildi. AQSH olimlari Feygenbaum va Lederberg DENDRAL deb atalgan
ekspert
tizimini yaratganlaridan keyin, noma‟lum organik birikma xossalarini belgilashga
yordam beradigan kompyuterli eksperiment o„tkazish imkoniyati vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda bioximiya va genetikada ishlab chiqilgan kompyuterli – virtual
eksperimentlar, ayniqsa ulardagi jarayonlarni tasvirlaydigan animatsion modellardan ta‟lim va
ilmiy tadqiqot muassasalarida o„rganish va namoyish qilish vositasi sifatida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: