Mavzu: Freymlar JavaScript ning qo`llanilishi Freymlar Reja



Download 83 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2022
Hajmi83 Kb.
#515148
  1   2   3
Bog'liq
4.Freymlar JavaScript ning qo`llanilishi

Ma`ruza №4




Mavzu:. Freymlar JavaScript ning qo`llanilishi
Freymlar


Reja:

  1. Javascriptning asosiy hususiyatlari haqida tushuncha.

  2. Freymlar haqida tushuncha

Tayanch so`z iboralari: NOFRAME, FRAME, FRAMESET, Freymlar, Jadvallar, Javascriptning asosiy hususiyatlari

Freymlar (frames) brauzer oynasini bir necha qismga bo’lish uchun ishlatiladi, va xar bir qism bu aloxida HTML-hujjat (freym)dir. Odatda freymlardan sayt bo’ylab navigastiya qilish ya’ni navigastion menyularni yaratish uchun foydalaniladi. Lekin ko’p veb-yaratuvchilar freymlardan iloji boricha kamrok foydalanishga xarakat qilishadi. Freymlarni juda xam zarur bo’lgan xoldagina ishlating.



Freymlar yaratish va ular bilan ishlash uchun zarur elementlar:



FRAMESET

Hujjatni saxifada freymlar joylashuvi va razmeri kabi freymli (oynali) strukturasini belgilaydi

FRAME

Freym va uning FRAMESET-struktura ichidagi xossalarini belgilaydi

NOFRAME

Brauzer freymlar bilan ishlay olmagan xolatda foydalanuvchiga ko’rsatiladigan ma’lumotlarni belgilaydi

Izoxlar:Yuqorida sanab o’tilgan elementlar BODY elementnidan tashqarida bo’lishi kerak. Freymlar bilan ishlash uchun yana bir element mavjud bu IFRAME elementidir. Lekin u brauzerlarning avvalgi versiyalarda to’g`ri namoyish etilmasligi sababli ushbuqo’llanmada ko’rib o’tilmaydi.