I. Kirish Sutemizuvchilar haqida umumiy ma’lumot II. Asosiy qism



Download 0,63 Mb.
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi0,63 Mb.
#619081
1   2   3   4
Bog'liq
I. Kirish Sutemizuvchilar haqida umumiy ma’lumot II. Asosiy qism

ASOSIY QISM

Kitsimonlar (Cetacea) - suvda yashaydigan sut emizuvchilar turkumi, 100 ga yaqin turi bor. Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda 6 oilasiga mansub 21 turi uchraydi. Boʻyi 1,2 m dan (dengiz choʻchqasi) 33 m gacha (koʻk kit). Kitsimonlar turkumiga moʻylovli kitlardelfinlarkashalotlar kiradi. Tuzilishi va hayoti suv muhitiga moslashgan. Orqa oyogʻi boʻlmaydi, oldingisi boshqaruv vazifasini bajaradigan kurakka aylangan. Terisi yalangʻoch, shilimshiq modda bilan qoplangan. Dum soʻzgichlari ikki boʻlakdan iborat. Kitsimonlar nafas olish uchun suv betiga suzib chiqib, oʻpkasini havo bilan toʻldirib oladi. Boshi ustiga oʻrnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopilib turadigan qopqoqlar bor. Burun teshigidan suv aralash havo favvora boʻlib otilib turadi. Boʻgʻozlik davri bir yil. Ogʻirligi 1-3 tonna keluvchi 1 ta bola tugʻadi. Bolasi 4—8 oy onasini emadi. 3 yoshida voyaga yetadi. Kitsimonlar 200 metrgacha chuqurlikka shoʻngʻiydi. Mollyuskalarqisqichbaqalar va boshqa umurtqasiz hayvonlarbaliqlar bilan oziqlanadi. Suv ostida bir soat va undan ortiq tura oladi. Kitsimonlar tishsiz (moʻylovli) va tishli kitlar kenja turkumiga boʻlinadi. Kaspiy va Orol dengizidan tashqari barcha dengiz va okeanlarda, tropikdagi yirik daryolarda uchraydi. Kitsimonlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Yogʻidan glitserinmargarin va sovun tayyorlashda foydalaniladi; goʻshtidan konserva tayyorlanadisuyagidan talqon qilinadi, jigarida vitamin A koʻp boʻladi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketganligi sababli ovlash man etilgan. 18 turi va 1 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.Tishli kitlarga esa delfinlar va kashalotlar kiradi. Ularning og‘iz bo‘shlig‘ida juda ko‘p konussimon bir xil tuzilgan tishlar bo‘ladi. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turishga yordam beradi. Delfinlarning uzunligi 3 m gacha bo‘ladi. Ular o‘ljasini topish uchun ultratovushdan foydalanadi. Delfinlarning bosh miyasi murakkab tuzilgan. Ular tovush signallari yordamida o‘zaro aloqa bog‘laydi. Ulardan birortasi baliq to‘dasini topganida boshqalari ham shu joyga to‘planishadi. Halokatga uchragan delfin tashvishli signallar bilan boshqalarini yordamga chaqiradi. Ular qo‘lga oson o‘rganadi. Delfinlarni ovlash man qilingan.

KASHALOT (Phuseter catodon) — tishli kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi suv hayvoni. Uz. urgʻochisi 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, ogʻirligi 30 — 70 t. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tanasining old tomoni toʻmtoq. Ingichka va uzun pastki jagʻida 18—30 juft tishi bor; yuqori jagʻida tishi yoʻq. Kashalot qoʻngʻirdan to toʻq jigarrang tusda. Okean va ochiq dengizlarda tarqalgan. Baʼzan Barens dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. Kashalot — poligam hayvon. 5 yoshida voyaga yetadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka shoʻngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turishi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta Kashalotdan 9—10 t yogʻ olinadi. Ovlash man etilgan.


Kurakoyoqlilar, kurakoyoqli sut emizuvchilar (Pinnipedie) — sut emizuvchilar sinfining bir turkumi. Bu turkumga morjdengiz arslonlarikulokli tyulen, tojli tyulen, dengiz quyoni, qoʻngʻir tyulen, xoldor tyulen, asl tyulenlar kiradi. . Kurakoyoqlilar suvda yashaydi. Juni qisqa. Oyoqlari suvda suzishga moslashib, koʻrak (eshkak)ka aylangan (nomi ham shundan). Kurakoyoqlilar yerda zoʻrgʻa sudralib yuradi. Tishlari, asosan, konus shaklida. Dumi juda qisqa, terisi ostida qalin yogʻ qatlami bor. Bu qatlam hayvonlarni sovuqdan saqlaydi. Ular och qolganda yogʻ qatlam hisobiga yashaydi. Koʻzlari suv ostida koʻrishga moslashgan. Quloq suprasi juda kichkiva yoki boʻlmaydi. Burun teshiklari faqat nafas olganda ochiladi. Kurakoyoqlilar suv yuzasida dam oladi va uxlaydi. Suv tagida uzoq tura oladi. Kurakoyoqlilar suvda oziqlanadi, ozigʻini chaynamay yutadi(mollyuskalarning chigʻanogʻini tishida maydalaydi). Kurakoyoqlilar urchish, tullash, tugʻish va bolasini emizish, dam olish uchun quruqlikka yoki muz ustiga chiqadi. , kurakoyoqlilarning eng kichik turining boʻyi 1,3 m (halqa naqshli tyulen yoki nerpa), eng kattasiniki 5,5 m (dengiz fili). kurakoyoqlilarning 31 turi maʼlum 3 oilagamorjlarquloqli tyulenlar va asl tyulenlarga boʻlinadi. Okean larda, sovuq va oʻrta mintaqadagi dengizlarda, jumladan, Qora dengiz va Kaspiy dengizda uchraydi. Ayrim turlari koʻllar (mas, Ladoga va Baykal)da ham yashaydi. 6 turi va 3 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan




Dengiz sutemizuvchilari bo’lmish kitsimonlarning ilgari quruqlikda yashagani barchangizga ma’lum. Ularning qadimgi ajdodlari quruqlikda yashaganligi hozirgi kitsimonlarning o’pka bilan atmosfera havosidan nafas olishidan, suzgich qanotlarining suyaklari quruqlikda yashaydigan sutemizuvchi hayvonlar suyak tuzilishi bilan o’xshash ekanligidan ma’lum. Aynisa harakatlanish vaqtida dumni silkitib, umurtqa pog’onasini vertikal holatda bukib yozishlari ularni baliqlardan ko’ra quruqlikdagi yuguruvchi sutemizuvchilarga yaqin ekanliklarini ko’rsatadi.
Uzoq vaqt davomida biologlar dengiz sutemizuvchilarining qanday qilib evolutsiyalanganligini tushuna olishmaydi. Ularning qazilma holdagi ajdodlari haqida hech qanday ma’lumot bo’lmaganligi bois bu mavzu fanning qorong’i yo’laklarida qolib ketgan edi. Bundan salkam 30 yil muqaddam Pokistondan topilgan qazilma holdagi hayvon barcha yashirin savollarning javobini topishga yordam berdi. Unga pakitset (Pakicetus – Pakistan+cetus – kit, ya’ni Pokiston kiti) deb nom berishdi.
Kitsimonlar ko’p jihatdan hozirgi juft tuyoqli sutemizuvchilar turkumiga yaqin turadi. Kitsimonlar evolutsiyaga oid an’anaviy qarashlarga ko’ra ularning ajdodi yirtqichlik bilan hayot kechirgan hozirda qirilib ketgan yirtqich tuyoqlilar turkumiga mansub mezonixiyalar hisoblanar edi. Ushbu hayvonlar tashqi ko’rinishidan hozirgi bo’rilarga o’xshar, faqat oyoqlarida tirnoq o’rnida tuyoqlari bor edi. Ushbu hayvonning tishlari xuddi hozirgi kitsimonlarniki kabi konussimon tuzilishda bo’lgan. Shu bois ham biologlar kitsimonlarni mezoxiniyalarning biror ajdodidan kelib chiqqan deb taxmin qilishar edi. Biroq keyinchalik o’tkazilgan molekulyar-genetik tahlillar kitsimonlarni hozirgi juft tuyoqlilarning, ayniqsa suv ayg’irlarining yaqin qarindoshi ekanligini ko’rsatdi. Ushbu kashfiyotdan keyin kitsimonlar va juft tuyoqli sutemizuvchilar turkumini evolutsion daraxtda monofiletik kelib chiqishi hisobga olgan holda umumiy kladada ifodalash va ularga kit-jufttuyoqlilar (Cetartiodactyla) nomini berish taklif qilindi. Lekin hozirgi begemotlarning dastlabki ajdodi hisoblangan antrakoteriyalar qazilma holda topilgan qoldiqlarining yoshi kitsimonlarning ajdodi hisoblangan pakitsetlarning yoshidan bir necha mln yilga yosh ekanligini ma’lum bo’ldi.
Pakitsetlarning ochilishi kitsimonlar evolutsiyasini o’rganishni to’g’ri yo’nalish olishiga imkon berdi, buni molekulyar-genetik tahlillar ham isbotlab berdi. Pakitsetlar skelet tuzilishining ko’rsatishicha kitsimonlar mezonixidlarning to’g’ridan-to’g’ri avlodi hisoblanmaydi. Aksincha juft tuyoqlilar mezonixiyalar bilan umumiy ajdodidan ajralayotgan vaqtida kitsimonlar juft tuyoqlilardan ajralib suvdagi hayot tarziga moslashib bo’lgan edi. Shunday qilib protokitsimonlar juft tuyoqlilarning dastlabki formalari bo’lib, hozirgi juft tuyoqlilarda yo’qolib ketgan mezonixiyalarga xos konussimon tishlar ularda saqlanib qolgan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish