Reja:
I.Kirish
1.Sutemizuvchilar haqida umumiy ma’lumot
II.Asosiy qism
1.Dengiz sutemizuvchilari va ularning asosiy turkumlari
2.Suvda yashovchi sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolutsiyasi
3.O’quvchilarga mavzuni yoritishda qo’llaniladigan metodlar
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Sut emizuvchilar (Mammalia), umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan. Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi.Sut -emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uzunligi 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hozirgi hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uzunligi 33 m, vazni 150 t. Sut emizuvchilar boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Sut emizuvchilarning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. Sut emizuvchilarning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivojlangan. Sut emizuvchilar ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qadimda qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hozirgi Sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli Sut emizuvchilar yer yuzidagi Shimoliy qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan
Do'stlaringiz bilan baham: |