MUNDARIJA :
I. Kirish…………………………………………………………………..........3
1.1 Kurs ishining maqsad va vazifalari
II. Asosiy qisim
2.1 Neft va gaz haqida umumiy ma’lumot…………………………................7
2.2 Neft va gaz sanoati………………………………………………...........10
2.3 Neftning amaliy ahamiyati ………………………………………..........14
III Tajriba qismi ………………………………………………………..........17
3.1 O’zbekistondagi neft va gaz konlari tarixi…………………………........17
3.2 O’zbekistondagi neft konlari……………………………………….........27
3.3 Neft fraksiyalari ……………………………………………………........30
IV Xulosa …………………………………………………………….......…38
V Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….......40
Kirish
Respublika Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganidek ta’limni rivojlantirish yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi.U mustaqillikka erishib taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruxini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi mamlakatimizda ta’lim tizimini hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror modeli yaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishning uchinchi bosqichi ham aynan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtrokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga bag’ishlangan. Bundan ko’rinib turibdiki mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liqdir.[1] Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko’mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo’yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. Eng asosiysi mamlakatimizda ta’lim tizimini hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror modeli yaratildi. Jahondagi ilg’or iqtisodiy tadqiqot markazlarining ma’lum qilishicha, XXI-asrda dunyo bo’yicha resurslar iste’moli sezilarli ravishda o’sishi, bu birinchi navbatda iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda. Bu holat jahon energetika resusrlari bazasini qo’shimcha ravishda rivojlantirishni talab etmoqda. Shu bilan bir qatorda mustaqillikka erishganimizdan so’ng prezidentimiz tashabbusi bilan neft mustaqilligiga erishildi. Shundan so’ng bu sohaga alohida, chuqur e’tibor berila boshlandi. Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining asosiy bo’g’ini bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bo’lgandan neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ilgarigi o’z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq – “O’zbekneftgaz” milliy holding korporatsiyasiga birlashtirildBu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni qayta ishlash bo’yicha uchta yirik korxona ishlab turibdi. Bular : “O’zneftni qayta ishlash” davlat sanoat birlashmasi, Sho’rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari, “O’zneftni qayta ishlash” birlashmasi tarkibiga Farg’ona, Oltiariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. Bu korxonalar uchun xomashyo neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga o’xshash bo’lib, faqat qaynash tempuraturasining oxiri bilan farqlanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi.
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilg’i yo’nalishi. Buna neft va gaz kondensatini atmosfera bosimining 360° C gacha qizdirib, ulardan benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini ajratib olinadi. Qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib, qo’shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi olinadi.
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi vaqtda neft – asosiy energiya manba hisoblanadi . Shu bilan birga neft va undan olinadigan mahhsulotlar plastmassa, kauchok , sun’iy tola, sirt – aktiv moddalar , mineral o’g’itlar, xattoki oqsillar va boshqa sun’iy buyumlar olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun ham neft va gaz sa’noatini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |