2.3Neftning amaliy ahamiyati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asidaxavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi". Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik bazaga ega. O’rganilgan gaz bazasi salkam 2 trillion kubometr, ko’mir zahirasi 2 milliard tonnadan ortiqdir. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya sarflashning eng foydali sohalaridan biridir.Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli hududlar hisoblanadi. Beshta asosiy neft –gaz mintaqasini; Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy – G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarini ajratib ko’rsatish mumkin. Neft resruslari bo’yicha umumiy imkoniyat 4 milliard tonnadan ortiq. Gaz kondensati bo’yicha 630millon tonna, tabiiy gaz bo’yicha salkam 5 trillion kubmetrni tashkil etadi. Neft va gaz resruslarining zahiralari qiymati bir tirilliondan oshib ketadi. Sho’rtan gaz -kimyo majmuida olingan propandan respublika rezina texnika va avtomabil sanoati uchun zarur bo’lgan nitril – aksil kislotasi , nitron tolasi olish uchun tegishli texnologiyalar joriy etish uchun foydalanish mumkin. Respublikada gaz transportining keng shaxobchali tizimi vujudga kelgan. U MDH mamlakatlari gaz quvurlarining yagona tizimiga chiqadigan umumiy uzunligi 12 ming km bo’lgan to’qqizta magistral gaz quvurlarini o’z ichga oladi. Hozirgi kunda O’zbekistonning davlatlararomagistral quvurlari, Turkmaniston–O’zbekiston–Qozog’iston–Xitoy va O’zbekiston–Afg’oniston–Pokiston gaz quvirlari qurilishida ishtirok etish masalasi ko’rib chiqildi va 2012 yilning may oyida shu quvurlarning ochilish mavzusida konfrensiya bo’lib o’tdi. Qashqadaryo neft va gaz kabi qimmat baho xom ashyolarning ulkan zahiralari bilan dunyoga mashhurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88% i neftning esa 92% Qashqadaryo hududidan qazib olinayotganidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Sho’rtan gaz – kimyo majmiyi nafaqat Qashqadaryo zaminida, balki yurtimizning boshqa mintaqalari va hududlarida yangi–yangi ishlab chiqarish tarmoqlarining vujudga kelishiga va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Eng muhimi bu ulkan korxona mamlakatimiz sanoat bilan birga nihoyatda zarur bo’lgan xom ashyosi, plyonka, suyultirilgan gaz suv va gaz quvurlari boshqa ko’plab texnik uskunalar, uy – ro’zg’orbuyumlari ishlab chiqilib , davlatimizning iqtisodiy qudratini oshirishga salmoqli hissa qo’shadi. [11]
O’zbekistonning neft – gaz konlar mahsuldorligi, qazib olish tannarxi bo’yicha qo’shni mintaqalar konlaridan ancha farq qiladi.
O’zbekiston hududida neftning o’rganilgan zahiralari tayyorlik darajalari faqat 32% ni tashkil etadi. Shu sababli neft qazib olishning ko’paytiruvchi zamonaviy chet el texnologiyalarini jalb qilish qo’shimcha 50 million tonnadan ko’proq neft qazib olish imkonini beradi.
Gaz tarkibidagi etan propan, butan va polimer materiallarning ko’pgina xillarini (polietilen, polivinilxlorid) olish uchun yaroqli boshqa komponentlar bor. Ularni Janubiy –G’arbiy hisor va Buxoro – Xiva neft - gaz mintaqalarida joylashgan Sho’rtan va Muborak guruhidagi konlarda iqtisodiy jihatdan bemalol amalga oshirish mumkin.
Ilmiy-texnikaning jadal rivojlanish va dunyoni ekologik holatini o’zgarish sharoitida XXI asrda rivojlanish istiqbollarini baholab Prezident I.A.Karimov odamlarni biosferaga ta’sirini va ekologik muammolarini hal etishni hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Ma’lumki, inson faoliyati natijasida atmosferada “parnik” gazlarini oshib borishi iqlimni isib ketishiga olib keladi va hozirgi kunda dunyo jamiyati muhokama qilayotgan bosh muammolardan biri hisoblanadi.Neftgaz sanoatini atrof-muhitni ifloslanishida katta ulushi bor. AQSH Milliy okeanik va atmosfera ma’muriyatining ma’lumotlariga ko’ra 2006 yili yer yuzasida 168 mlrd.m3 yo’ldosh neft gazi mash’allarida yoqib yuborilgan.[12] Bu ko’rsatkichga eng katta salbiy ulush qo’shgan davlatlar qatoriga Rossiya (50,7 mlrd3), Nigeriya (23 mlrd3), Eron (11 mlrd3), iroq (8 mlrd.m3) va Qozoqiston (5,8 mlrd.m3) kiradi. O’zbekiston gidrometrologiya xizmati axborotiga ko’ra Respublikamizda yiliga CO2 ekvivalentida 163 ming tonna “parnik” gazlari atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Bunda uglerod ikki oksidi chiqindilarining 98% qazib olinayotgan yoqilg’ilarni yoqish natijasida hosil bo’lmoqda.Shu sababli, bu muammoga Respublikamizda katta ahamiyat berilmoqda. [12]