I. Kirish. II. Asosiy qism Xudoyberdi To‘xtaboyevning hayoti va ijodi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarining talqini ,,Besh bolali yigitcha” asari qahramonlarining hayot yo‘li Taqdirning ayovsiz zarbasi III. Xulosa Kirish



Download 90,01 Kb.
bet4/4
Sana26.04.2022
Hajmi90,01 Kb.
#583802
1   2   3   4
Bog'liq
XUDOYBERDI TO\'XTABOYEV - для слияния

Taqdirning ayovsiz zarbasi
“Besh bolali yigitcha” og‘ir urush yillari haqida hikoya qiluvchi asar. Asarda urush kasofati tufayli butun-butun qishloqlar huvillab qolgani, yosh-u qari - barcha urushning tashvishi bilan yashashi tasvirlangan.
Urushlarda kim g‘alaba qozonib, kim mag‘lub bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zaro nizolashayotgan tomonlardan insoniy va siyosiy yo‘qotishlar bo‘lishi aniq. Masalan, Ikkinchi jahon urushida o‘sha vaqtda Yer yuzi aholisining 60 millionga yaqin kishisi halok bo‘ldi. Bular orasida norasida go‘daklarning otalari, mushfiq ona va iymonli otalarning farzandlari, kelinchaklarning turmush o‘rtoqlari ham bor edi. Urush insoniyatning boshiga ne-ne kulfatlarni soldi. Asar qahramoni Orifjon va ukalari ham mana shu urush tufayli darbadar kezishdi, onalaridan ayrilishdi, yetim bo‘lib qolishdi. To‘g‘ri ularga yaxshi odamlar yordam berishdi, boshlarini silashdi, ammo baribir ota-ona mehrining tafti boshqacha. Taqdirning ayovsiz zarbasi ularni har ko‘yga soldi. Buni Toshkentdan Qo‘qonga qadar piyoda yo‘l bosib kelishganlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Asarni o‘qir ekanmiz, unda faqat va faqat ezgulik, yaxshilik nafasi ufurib turganini ko‘ramiz.
Urushda katta-kichik, hatto eng kichik yoshdagi go‘daklar uchun ham iztiroblar, kurashlar davri edi-ki, to‘rt yilda odamzot boshiga tushmagan kulfatlar qolmadi, oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, hamon og‘riq bilan yodga olinadi. Dushmanga qarshi kurash olib borilar va bu haqida go‘zal she’rlar va romanlar bitilgandi. Front ortidagi mehnat haqida ham kam yozilmagan. Iztiroblari, intilishlari, g‘am-kulfatlari bilan yosh bolalar ham urush zahmatini his qilgan, beixtiyor ravishda unga jalb etilgan edi. Bu go‘daklar ertaga katta odamlarga aylanadigan buyuk ishtirokchilar edilar. Bu kelajak ishtiroki edi.
Kimki Aleksandr Neverovning “Toshkent-non shahri” qissasini o‘qigan bo‘lsa, Xudoyberdi To‘xtaboyev kitobidagi talay jihatlar tanish ko‘rinadi. Bu his-tuyg‘ular, fikrlarning ajoyib uyg‘unligidir. Kitobdagi kichik qahramonlarning yetimligi, muhtojligi, darbadarligi fuqarolar urushi davridagi yosh tengqurlarining azob-uqubatlarini esga soladi va bunday yodga solish Neverov va To‘xtaboyev kitoblarining ajoyib tafovutini namoyon etadi. Mazkur asarlardagi zamon, davr ulardagi o‘ziga xoslikni, jamiyat ruhini ochib beradi.
“Besh bolali yigitcha” asari qahramonlari aslida go‘dak bo‘lsa-da, urush azobini kattalar bilan bab-baravar tortishadi. Ayniqsa, onalari vafot etgandan so‘ng ular haqiqiy yetimlar kabi qiynalishadi. “Mehribonlik uyi”da ham yashashlari mumkin edi, biroq Orifjon onasining chirog‘i o‘chib qolmasligini xohladi va bu yo‘lda anchagina zahmat chekdi. Asarni o‘qir ekanman, bir o‘rinda juda qattiq ta’sirlandim: “ “Qizlar tushsin,” qaltiroq ovoz bilan dedi O‘ris xola. Robiya tizzamda uxlab qolgan edi, uyg‘onib ketdi-yu, chinqirib yig‘lashga tushdi. Uning bo‘zlaganini ko‘rib boshqa qizlar ham piq-piq yig‘lay boshlashdi. Ajralishayotganimizni, garchi bizdan sir tutishayotgan bo‘lishsa ham, hammamiz sezib turardik. Ota-onalarimiz-u mehribon kishilarimizdan judo bo‘lib bir-birimizga o‘rganishib, bir-birimizga suyanib qolgan ekanmiz, ayriliq vahimasi ikki-uch kundan buyon yuraklarimizni ezib, qalbimizni vayron qilib, dardga aylanib, yuzimizni so‘lg‘in, xayolimizni parishon qilib qo‘ygan edi. Ana o‘sha dardlar endi ko‘z yoshi va faryodga aylanib, tashqariga otilib chiqa boshladi. Hamma yoqni yig‘i-sig‘i ovozi qoplab ketdi”.1
Darhaqiqat, ular bir-biriga shunchalik bog‘lanib qolishgandiki, bir oiladek bo‘lib ketishgandi, shu sabab bir-biridan ajralish oson kechmadi. Ayniqsa, Orifjon uchun singillari bilan xayrlashish ancha mushkul kechdi. Ammo, u bu to‘siqni ham yenga oldi.

Xulosa
Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari menda katta taassurot qoldirdi. Unda urush vayronagarchiliklari, odamlarning tortgan azob-uqubatlari, bolalarning achchiq faryodi, ayriliqlar juda jonli va hayotiy tasvirlangan. Asarni o‘qir ekanmiz, “besh bolali yigitcha” ning olamiga tushib qolgandek bo‘lamiz, bu asar Orifjonning mashaqqatli, og‘ir hayot yo‘li bilan boshlanadi. Uning hikoyasi bilan tanishar ekanmiz, gohida beixtiyor jilmayamiz, qah-qah otib kulamiz, gohida esa urush yillaridagi kecha-yu kunduz tinimsiz mehnat qilgan vatanparvar odamlarning buyuk ishlariga tasanno aytamiz, gohida ko‘pchilikdan ajralib qolgan “ortiqcha” kishilarning qiliqlaridan jirkanamiz. Asarda ijobiy qahramonlar bilan birga salbiy qahramonlarni ham ko‘ramiz. Hech kimga sir emas-ki, bolalarning hayot va odamlar haqidagi tasavvurlari juda ham toza va musaffo bo‘ladi. Ular borliqni tabiiy holda qabul qiladi. Shu sababli Orifjonning odamlar haqidagi hikoyalari kishini o‘ylashga, fikrlashga undaydi. Asarda Orifjon qahramonlarning nuqsonini ham samimiy tilda gapirgan. “Besh bolali yigitcha” asarini o‘qiganimizda, hozirgi kundagi tinch kunimiz, bolalarning shaddod va hayqiriqli kulgulari, osuda o‘tayotgan tunimiz, yaqinlarimizning sog‘ va baxtli hayoti uchun Ollohga shukrlar aytamiz.
Afsus va nadomatlar bo‘lsinkim, odamning dushmaniyam, kushandasiyam odam bolasi ekan. Tinchlikning bunyodkori ham, buzg‘unchisi ham odam ekan. Biri tinchlikni qanchalar asrab-avaylasa va tinchlik uchun kurashsa, boshqa biri urush olovini yoqishga shunchalar o‘ch bo‘larkan. Biri tushlarida tinchlikni ko‘rib quvonsa, biri urushni ko‘rib sevinarkan. Biri tinchlik bilan faxrlansa, boshqasi urush qo‘zg‘ab sevinarkan. Mana shunday manqurt insonlar kasofati behunoh, norasida bolalarga uradi. Ammo “Besh bolali yigitcha” qahramonlari esa taslim bo‘lishmadi, erkinlik, ezgulik uchun uzoq kurash olib bordi va g‘olib bo‘ldi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari adibning boshqa asarlardan ba’zi bir jihatlari bilan farq qiladi. Bu birinchi navbatda, yozuvchi ijodida hayotiy voqealarning yanada boyiganligi va kuchayganligida ko‘rinadi. Bu asar orqali og‘ir urush yillarida hayotning qiyinchiliklarini kattalar bilan bab-baravar tortgan, ammo yaxshi kishilar ta’sirida tarbiya topgan, adolatparvar, ezgulikni qaror toptirish yo‘lida tinib-tinchimaydigan Orifjon va uning do‘stlari obrazlari bilan do‘stlashib qolamiz. Mana shu tariqa adib o‘z kitobxonlarini Ikkinchi jahon urushi yillari erta-yu kech tinimsiz mehnat qilib, g‘alabani tezlatishga munosib hissasini qo‘shgan xalqimizning buyuk bardoshi va mislsiz matonati bilan tanishtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. T.: “O‘zbekiston” nashriyoti. 2008.

  2. Sh.M.Mirziyoyev. “Adabiyot, san’at, madaniyat- xalq ko‘zgusi” ilmiy konferensiya. T. 2018.

  3. A Suyumov. “Kichkintoylar adabiyoti”. T.:1962.

  4. T Jahongirov. “O‘zbek bolalar folklori”. T.: 1975.

  5. O Safarov. “O‘zbek bolalar poetik folklori”. T.: 1985.

  6. M Jumaboyev. “Bolalar adabiyoti va zamonaviylik”. T.:1981.

  7. R Barakayev. “O‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon”. T.: 1989.

  8. K Turdiyeva. “O‘zbek bolalar adabiyoti”. T.:1997.

  9. M Jumaboyev. “Bolalar adabiyoti”. T.:2008.

  10. M Hamidova. “Bolalar adabiyoti” ma’ruzalar matni. Namangan.2017.

  11. “Bolalar adabiyoti” jurnali. Toshkent. 2013.

  12. “Sharq yulduzi” jurnali. Toshkent. 2011. 5-son

  13. X. To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2009.

  14. X. To‘xtaboyev. “Jannati odamlar”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2015.

  15. X. To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2015.

  16. X. To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2015.

  17. www. Ziyonet.uz

  18. www. Ziyouz.com

  19. www. Library.uz



1 ,,O’zbekiston mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilishning dolzarb masalalari” konferensiyasida so’zlagan nutqi. 2017

1 Karimov.I.A. ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch-Toshkent:Ma’naviyat, 2008-B.87

1 Ziyouz.com

1 Ziyonet.uz

1 Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti. Toshkent:O‘qituvchi nashriyot –matbaa ijodiy uyi, 2013. B: 64

1 X.To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar”. Toshkent:Yangi asr avlodi, 2010. B:52

1 To‘liboyeva R. “Yoshlik”, 2011 yil, 6-son

1 X.To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”. Toshkent. “Yosh gvardiya nashriyoti”. 1982. B:17-18

1 X.To‘xtaboyev. “Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi”. Toshkent. “Cho‘lpon”nashriyoti. 1991. B:5

1 X To‘xtaboyev “Jannati odamlar” Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2015. B:2

1 X.To‘xtboyev. “Besh bolali yigitcha” Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2009. B:12

1 X.To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2009. B:142

Download 90,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish