Reja:
I.Kirish.
II. Asosiy qism
1.Xudoyberdi To‘xtaboyevning hayoti va ijodi
2. Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarining talqini
3. ,,Besh bolali yigitcha” asari qahramonlarining hayot yo‘li
4. Taqdirning ayovsiz zarbasi
III.Xulosa
Kirish
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng adabiyotni o‘rganish va millat ko‘zgusi bo‘lgan yoshlarimizni adabiyotga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda ham adabiyotga e’tibor berish va uni chuqur o‘rganish bo‘yicha qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ishlar, qator konferensiyalar buning yaqqol misolidir. Masalan, Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan ,,O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning o‘tkazilishi va unda yurtboshimizning nutqlari ahamiyatga molikdir. Prezidentimiz ushbu konferensiyada ,,O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa hozirgi kunda dunyo aholisining uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan ham yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan e’tiborga molik ishlar, xususan, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini izchil rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm va ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangandir.1
Darhaqiqat, bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ,,Adabiyot yashasa millat yashaydi’’ degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi. Adabiyot bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimizdir. Uni ,,tarbiya vositasi” desak ham, adashmagan bo’lamiz. To‘g‘ri , adabiyot muallim yoki ota-ona kabi bevosita tarbiya bilan shug‘ullanmaydi, ammo u tuyg‘uni, didni, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi chegarani, ko‘ngil va qalbni tarbiyalaydi. Shuning uchun u tarbiya vositasidir. Adabiyot bilan to‘yingan qalb, ong- poydevori mustahkam binoga o‘xshaydi. U zalolatga boshlovchi ko‘plab zilzilalarga dosh bera oladi. Adabiyotga oshno qalb egasi esa badiiy asarlar o‘qir ekan, tafakkuri, ma’naviy olami, dunyoqarashi o‘sib boradi. Badiiy asar egasi ham xuddi shunday xislatga ega.
Ijodkor o‘zini o‘rab turgan olamdan, o‘zi yashayotgan muhitdan, atrofidagi odamlardan, o‘zining ko‘nglidan, ruhidan ,,o‘qigan”larini boshqalarga yetkazish uchun yozadi. Uning asarlaridan adabiyotga oshno qalblar rohatlanadi. Agarda u haqiqiy asar yoza olsa. Cho‘lpon so‘zlari bilan aytganda, ,,Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydurg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralangan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladurg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlig‘idan bizga g‘oyat kerakdur”. Haqiqatan ham adabiyot yurakni o‘tkirlashtiradigan va ko‘nglimizni yorug‘ qiladigan tilsimdir.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, ,,Jamiyatimizning ma’naviy asaoslarini mustahkamlash, komil insonni tarbiyalashda adabiyot , san’at, madaniyat, matbuot, ilm-fan, ijod ahlining o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Xalqimizni ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali ma’naviy, madaniy saviyasini yuksaltirmoq kerak. Biz jahondagi aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart.”1
Odamlar qalbida yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘ulari birinchi navbatda, adabiyot vositasida shakllanadi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq milliy adabiyotimiz rivojiga alohida e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |