I. Kirish. II. Asosiy qism Xudoyberdi To‘xtaboyevning hayoti va ijodi Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarining talqini ,,Besh bolali yigitcha” asari qahramonlarining hayot yo‘li Taqdirning ayovsiz zarbasi III. Xulosa Kirish


Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarla talqini



Download 90,01 Kb.
bet3/4
Sana26.04.2022
Hajmi90,01 Kb.
#583802
1   2   3   4
Bog'liq
XUDOYBERDI TO\'XTABOYEV - для слияния

Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarla talqini
Hayotda turli xarakterdagi odamlar ko‘p bo‘ladi. Birov yaxshilik qilaman deb, yomonlik qilib qo‘yganini o‘zi ham sezmay qoladi. Birov o‘zini jamoat uchun g‘oyat foydali odamman, deb o‘ylaydi, aslida esa zararkunanda bo‘lib chiqadi. Yana birov bilar-bilmas har narsaga aralashaveradi, o‘rtaga tushadi, so‘z beradi, lekin baribir men haqman, shunday qilishim kerak, deb biladi. Ana shunday kishilarga bag‘ishlangan “Jonginam, shartingni ayt” qissasi Xudoyberdi To‘xtaboyevni hajvchi sifatida keng kitobxonlar orasiga tanishtirdi.
Yozuvchining “Sehrli qalpoqcha” asari esa yumorga boyligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara olish iste’dodi ilgarigi asarlariga nisbatan bu asarida yana ham chuqurroq seziladi. “Sariq devni minib” asarini qiziqarli syujet asosiga quradi, asarning hikoyachisi – bayonchisi qilib undagi barcha voqealarning ishtirokchisi, guvohi bo‘lmish Hoshimjonni qo‘yadi, tilga olinadigan voqealar uning tilidan hikoya qilinadi. Adib Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot yo‘li sarguzashtlarini, o‘ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatini atroflicha ochib beradi. Shuningdek, Hoshimjon xarakterida Xo‘ja Nasriddinning va xalq ertaklaridagi “tegirmonga tushsa butun chiqadigan” zukko bolalarning fazilatlari yaqqol mujassamlashganini ko‘ramiz. Asarda o‘qish, ilm cho‘qqilarini egallash uchun va insonning o‘z orzusi, ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan zamonamizda yashashiga qaramay, dangasalik, yalqovlik qilgan, hayotda yengil-yelpi yo‘l axtargan va adashgan bolalar - Hoshimjonlar tilga olinadi:
Hoshimjon oddiy oiladan chiqqan, sho‘xligi olamni buzadigan bir bola. U hayotdagi ko‘p narsaga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz, oson yo‘l bilan erishgisi keladi. Mehnatsiz va ilmsiz ham kishi istagan narsaga erisha olishi, katta obro‘ orttirishi mumkin, deb o‘ylaydi. O‘z fikrida qat’iy turgan Hoshimjon muddaosini amalga oshirish uchun buvisi aytib bergan ertakdagi sehrli qalpoqchani izlashga tushadi. Uzoq izlanishlardan keyin istagan ishini hech qanday mashaqqatsiz bajarishga yordam beradigan sehrli qalpoqchani tashlandiq molxonadan topib oladi. Endi u o‘zini orzulariga batamom erishadiganday his etadi. “Ortiqcha” fanlarni dars jadvalidan chiqarishni rad etgan direktor, har xil vazifalar berib “miyasini qotiradigan” o‘qituvchilariga o‘qimasdan ham har qanday kasb egasi, mashhur odam bo‘la olish, ko‘krak to‘la ordenlar bilan shon-shuhratlar, katta obro‘ga ega bo‘lish mumkinligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ladi va shu maqsadda sehrli qalpoqcha bilan safarga chiqadi. Shunday qilib uning sarguzashtlari boshlanadi.
Ming afsuski, sehrli qalpoqcha bu borada Hoshimjonga ko‘mak bera olmaydi. Sehrli qalpoqcha muhayyo etgan imkoniyatlar har safar kutilmagan ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelaveradi. Hoshimjonning baxti endi kulay deb turganda, ishning pachavasi chiqib qolaveradi. U davlat xo‘jaligida agronom bo‘lib ham, “shoirlik” qilib ham, qurilishda muhandislik qilib ham, qo‘g‘irchoq teatrida artistlik qilib ham ko‘radi, mashhur sayohatchi sifatida butun dunyoni kezmoqchi ham bo‘ladi. Lekin hamma yerda ilmning, tajribasining yo‘qligi tufayli ishi umuman yurishmaydi. Hoshimjon qayerga bormasin, qanday ish qilmasin, pirovardida sharmanda-yu sharmisor bo‘ladi. Uning agronomlik va muhandislik “faoliyati” jinoyatga olib keladi, qamalishiga oz qoladi, shoir bo‘laman deb, rasvo bo‘ladi, “ulug‘ artist ” teatrdan quviladi.
Qissada Hoshimjon o‘z sayohati davomida qanchadan qancha ajoyibotlarning guvohi bo‘lib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan kechiradi. U o‘qimay, mehnat qilmay, o‘z ustida ishlamay juda ko‘p narsalarga erishmoqchi bo‘ladi, lekin hech narsaga erisha olmaydi. Chunki unga ilmsizligi pand beradi.
Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun qirralari bilan ochishga uringan. Bolalarga xos o‘yinqaroqlik ham, soddalik va beg‘uborlik ham, g‘ururlik, to‘g‘riso‘zlik, shumlik, biroz maqtanchoqlik, hatto o‘rnida yolg‘onni ham do‘ndirib yuboradigan, o‘zini boshqalardan ajratib ko‘rsatishga intilish odatlari, bolalarga taqlidchilik, dovyurak, epchil va ruhiy tetiklik, xafachilik va ruhiy tushkunlikdan yiroqlik Hoshimjon xulq-atvoriga xos xususiyatlardir.
Xudoyberdi To ‘xtaboyevning “Sariq devning o‘limi” sarguzasht romani uch qism (“O‘rtoq polkovnik”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi yoki olam guliston bo‘lgani”)dan iborat. Bu roman asosida ham Hoshimjon sarguzashti yotadi. Kitobni o‘qib uning yangi sarguzashtlaridan xabardor bo‘lamiz, sehrli qalpoqcha yana madadga keladi, ajoyib-g‘aroyib karomatlar ko‘rsatadi. U Hoshimjonga jiddiy masalalarda – o‘g‘ri, muttaham, tekinxo‘rlarni fosh etishda yordam beradi. Endilikda Hoshimjon avvalgi o‘yinqaroq Hoshimjon emas, balki to‘qqiz yillik maktabni bitirib, ulg‘ayib, birmuncha quyulib, esi kirib, oq-qorani tanib olgan yigitcha. Endi u o‘z taqdiri, jamiyatga foyda yetkazadigan odam bo‘lib yetishishi haqida jiddiy o‘ylaydi, biror kasb egallash haqida bosh qotiradi. Boshda sartarosh bo‘ladi. “Bilasiz-ku, bir ishga ahd qilsam, uni oxiriga yetkazmaguncha qo‘ymaydigan odatim bor. Jonimni qiynab bo‘lsa ham maqsadimga erishaman”, deb shu kasb orqali odamlarga xizmat qilishga bel bog‘laydi. Keyin militsiya maktabiga kirib o‘qib, uni bitirgandan so‘ng militsionerlikka ishga o‘tadi. Kitobdagi barcha voqea-hodisalar, sarguzashtlar Hoshimjonning ana shu militsionerlik nuqtasidan boshlanadi, hamma gap-so‘zlar qahramonning shu kasb-kori bilan bog‘liq holda davom etadi.
Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida militsiya polkovnigi Salimjon, uning madadkori Hoshimjon, yomonlik, eskilik ramzi tarzida Odil battol gavdalanadi.
Ular o‘rtasida tinimsiz shiddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor, yolg‘onchi sifatida tasvirlanadi. U Salimjonning boshiga juda ko‘p og‘ir savdolar slogan, uyiga o‘t qo‘ygan, uning yakka-yu yolg‘iz farzandining qo‘liga to‘pponcha tutqazgan, jinoyatga yetaklagan.
Asar pirovardida butun umri xalqqa, yaxshi odamlarga zarar yetkazishi bilan shug‘ullangan Odil battol va uning hamtovoqlari qonuniy mag‘lubiyatga uchraydi, haqiqat haqiqatsizlik ustidan, adolat adolatsizlik ustidan, ezgulik yaxshilik ustidan g‘alaba qozonadi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z romanida yulg‘ichlarga, qalloblarga qarshi kurashda butun xalq bir kishiday bo‘lib birlashsa, bu ishni butunlay o‘z qo‘liga olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.
“Sariq devni minib” qissasi, “Sariq devning o‘limi” romanining eng yaxshi fazilatlardan biri tilining shiradorligi va o‘ynoqiligidadir. Muallif bosh qahramon Hoshimjonning tilini alohida e’tibor bilan ishlagan. Bu til nozik qochirimlarga boyligi va jonliligi, shu bilan birga, bolalar tiliga mos holda soddaligi bilan ajralib turadi.
Fantastik-sarguzasht janri bolalar adabiyotining eng qiziqarli janrlaridan biridir. Bunday asarlar bolalarning ongi va psixologiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ularni o‘qishga, o‘rganishga, izlanishga o‘rgatadi, jamiyatimizning faol quruvchilarini tarbiyalashga yordam beradi. Asarni o‘qigan o‘quvchi boshqa dunyoga tushib qolgandek bo‘ladi, umuman zerikmaydi va o‘ziga tegishli bo‘lgan xulosalarni chiqarib oladi.
Yozuvchimiz Xudoyberdi To‘xtaboyev bir- biridan qiziqarli va sarguzashtlarga boy yana juda ko‘plab asarlar yozgan. Shulardan biri “Qasoskorning oltin boshi”dir. Roman markazida bosh qahramon – tarixiy shaxs, xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi. “Qasoskorning oltin boshi” tarixiy-biografik roman emas, shuning uchun ham adib Namozning hayotini batafsil yoritib berishni maqsad qilib olgan emas. Lekin o‘rni-o‘rni bilan uning hayotiga doir ma’lumotlar berib borgan. Bu ma’lumotlar uning xarakterini tushunib olishga kitobxonga yordam beradi. Namoz faqat jismonan emas, aqlan ham yetuk. U haqiqat uchun qasoskor, qo‘rqmas, tadbirkor, ochiqko‘ngil, qahramon sifatida gavdalantirgan. Namoz atrofiga o‘zi kabi dovyurak yigitlarni to‘plab, zulmkorlarga qarshi kurashga undaydi. Halolligi, mardligi, adolatliligi, yetimparvarligi uchun xalq Namozni yaxshi ko‘radi va Go‘ro‘g‘liga qiyos qiladi: “Go‘ro‘g‘libek Namozboy qiyofasida paydo bo‘lgan emish. Afsun o‘qisa, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qolar emish. Undan o‘q o‘tmas emish, qilich chopmas emish…1 ”.
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mangu yashab kelayotganligi “Qasoskorning oltin boshi” asarida yaxshi chizib berilgan.
Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi ma’lum. O‘smir shaxslar ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘ladi. Shunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o‘rin tutadi. Ijtimoiy muhitning bola ruhiyatiga ta’siri masalasi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar ” romanida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu asar qahramonlari adibning barcha qahramonlaridan tubdan farq qiladi. Sababi, adib yaratgan bolalar obrazlarining ko‘pchiligi go‘lroq, ko‘pincha yo ochlikdan qiynalgan, yo maktab direktori va o‘qituvchilaridan dakki eshitib yuruvchi, sodda qishloq bolalari edi. Ammo “Mungli ko‘zlar”dagi bolalar hech qanday muhtojlik bilmagan, erka va arzanda bolalar, roman qahramonlari katta shaharda, dang‘illama koshonada yashaydilar. Ular boy ota-onalarining erkalari. Bu uyda hamma narsa muhayyo, ota-onaning qo‘li uzun, maktab direktoridan tortib, barcha tanish-bilishlarigacha ularga qulluq qiladi. Bolalar tabiatiga ham bu holat ta’sir etmay qolmagan. Bolalar ruhiyatida kibr bo‘y ko‘rsatib borardi: “…Ochig‘ini aytsam, Ilhom, Manzura singari a’lochilarni, a’lochiligi, hurmati mendan baland bo‘lgani uchun ko‘nglim uncha xushlamaydi. Ichi qoralikdanmi, hasaddanmi, ishqilib, yoqtirmayman-da. Lekin ulardan ustun kelishning, hurmat qozonishning boshqacha yo‘llarini ham bilardim. Biz boy, juda ham badavlat yashardik… Tug‘ilgan kunlarni nishonlaganimizda… sho‘ring qurg‘ur a’lochilarning ta’zirini berib qo‘yaman. Biri kitob, boshqasi bir so‘m yigirma tiyinlik sassiq atir ko‘tarib boradi. Men bo‘lsam sovg‘alarning eng kattasini qilaman. Hammasining ko‘zi o‘ynab ketadi…”.1
Psixologlarning aytishicha, dastlab bolaning ongi toza oq qog‘oz singari bo‘ladi va unga qanday chiziq tortsangiz, o‘sha chiziqlar saqlanib qoladi. Shuning uchun ham bola tarbiyasi haqida Sharqda bejiz “Oila birlamchi”, deb ko‘rsatilmagan. Qizig‘i shundaki, hamma narsa muhayyo bo‘lgan bu oilada nimadir yetishmasdi. Sababi, bu xonadonda o‘yin-kulgi, hazil-huzul, erkinlik, tabiiylig-u samimiylik tanqis edi.Kattalar o‘z olamida yashaydi. Zafar, uning ukalari ota-onaga erkalanishni, ular bilan samimiy munosabatda bo‘lishni istaydilar. Lekin boyvachcha ota, boyvuchcha ona bola oldidagi burchini yedirib-ichirib, kiyintirishda deb anglaydilar.
“Mungli ko‘zlar”da Xudoyberdi To‘xtaboyev bir koshona sirini fosh qiladi. Zafarlar oilasi bir tanazzulga uchraydi: ota pora bilan qo‘lga tushadi, noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh bo‘la boshlaydi. Ro‘y bergan falokatlar erka farzandlarni hang-mang qilib qo‘yadi. Akbar xonasiga qamalib, indamas bo‘lib qoladi, Zafar dam xolasi, dam pochchasi bilan hali u mahkamaga, hali bu idoraga yugurdi. Zafar o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoldi. Nigora e’tiborsiz qolib ketdi. Fojia chuqurlashdi: ona qamoqxonada vafot etdi. Bolalar go‘yo osmondan yerga quladilar: qon qaqshab yetim bo‘lib qoldilar. Bularning barchasi bolalar ruhiyatiga ta’sir etmasdan qolmadi. Dastlab fojialar boshlanmasdan oldin oilada ikki xil muhitdan nafas olgan bolalar borligiga ishora qilinadi. Bular Zafar va akasi Akbar, Zafar boy ota-ona bilan faxrlanib yuruvchi takabburroq bola. Akbar esa, o‘zi nogiron, ammo qalbi butun bola edi. Buning sababi, u ustozi Ataullo Isayevichdan juda ko‘p narsani – o‘z oilasidan topa olmagan xotirjamlikni o‘rganar edi. Ataullo muallim ta’sirida bu bola mehnat qilish baxti, samimiylik, erkinlik kabi tuyg‘ularni his etib yashaydi. Muhitlar xilma-xilligi bolalar o‘rtasiga ziddiyat soladi.
Bolalar bir ota-onaning farzandi bo‘lsa-da, ikki dunyoqarash, ikki xil tushunchalar asosida tarbiya topadi. Ularning qarashlarida o‘zini haqman, deb hisoblashlari yaqqol sezilib turadi. Aka ham, uka ham o‘zicha ota-onasini yaxshi ko‘radi. Lekin bu muhabbat orasida farqni keltirib chiqargan muhit ularning tez-tez ziddiyatli bahslashuviga olib keladi. Zafar- boy ota-ona muhitida ulg‘aydi, ularning tarbiyasini oldi va dunyonining mazmuni boylikda, degan tushuncha miyasiga singib bora boshladi. U ota-onasini yaxshi ko‘rardi, ammo ota-onasini qanday bo‘lsa, shundayligicha, poraxo‘rmi, chayqovchimi, bundan qat’i nazar, ularni haq deb biladi va ayni shu masalada akasi bilan kelisha olmaydi. Akaning fikrlari unda g‘azab uyg‘otadi. Akani oqibatsiz, ota-ona qadrini bilmaydigan yoki kitob o‘qiyverib “sal g‘alatiroq” bo‘lib qolgan, deb hisoblaydi. Aka o‘zicha haq. U ustozi, o‘qigan ko‘plab kitoblari ta’sirida dunyoni boshqacha anglaydi. U ham ota-onasini yaxshi ko‘radi, ammo bolaga ota-onasi noto‘g‘ri ish qilayotgani va buning oqibati yomon bo‘lishi mumkinligi tinchlik bermaydi. Akbar ajoyib rassom, uning ijodkor va nozik qalbi haqiqat torlarini doimo chertib turadi. U hammasi boshqacha bo‘lishini istaydi. Otasining pora olib gunohga botishi, onasi noqonuniy savdo bilan shug‘ullanib, jinoyatga qo‘l urishi uni qo‘rqitadi. Bir kun kelib bu ishlarning oqibati u kutgan fojialarni boshlab kelishida qo‘rqib yashaydi. Oqibatda, o‘zi ham anglamagan holda, ya’ni ota-onasini xavfdan ogohlantirish maqsadida ularning ustidan yuqoriga yozib yuboradi. U bularning oqibati dahshat va fojia bilan yakun topishini o‘ylab ko‘rmagan edi. U shunchaki o‘z haqiqatini anglamoqchi, ota-onasini kelishi mumkin bo‘lgan xavfdan ogoh qilmoqchi edi. Ammo fojia shiddat bilan yuz berdi. Otani uzoq yil qamoqqa, onani boqiy dunyoga ketishiga sabab bo‘lgan ishlar farzandlarni dovdiratib qo‘ydi. Ayniqsa, bu zarba Akbarga hammadan yomonroq ta’sir qildi. U shunchaki, muhitni o‘zgartirmoqchi edi. Ha, muhit butunlay o‘zgardi. Ular otadan, onadan, oilaviy do‘stlardan, mol-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan, boringki, boy ota-ona nimalarni ularga bergan bo‘lsa, hammasidan ayrilishdi. Endi ular butunlay yolg‘iz va kimsasiz qolishdi. Bu ziddiyatni o‘smir ruhi ko‘tarolmaydi. Uning ruhiyatida sinish yuz beradi, natijada bola o‘zini yoqib yuboradi. Bola psixologik holati shu shaklda yuz beradi.
Zafar psixilogiyasi biroz boshqacha talqin qilinadi. To‘g‘ri, unga ham yuz bergan hodisalar ta’sir etmay qolmaydi. Ammo bu bolaning ruhiyatida dinamik o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar ruhiy sinish va o‘zga odamlar bilan muloqotda bo‘lgani natijasida yuzaga keladi.
Birinchidan, Zafar Ataullo muallim uyiga kirib boradi va u yerda o‘ziga tengdosh bolalarning turli hunar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirganini ko‘radi. Ular chizgan go‘zal sur’atlar, o‘z qo‘llari bilan yog‘ochdan yasagan chiroyli, oppoq kaptarlar bolaning qalbida havas, orzu, zavq uyg‘otadiki, u bunday tuyg‘ularni boy ota-onasi tayyorlab bergan sharoitda sira his qilmagan edi. Bu yerdagi erkin va samimiy muhit bolani o‘ziga torta boshlaydi. Natijada psixik o‘zgarishning birinchi belgilari namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, uning boshiga ketma-ket fojialar yog‘ildi. Hamma narsasidan ajraldi. Ota-onasi, akasi, ukasidan ajraldi, singlisi “pes” kasaliga yo‘liqdi. Boyliklaridan, dang‘illama uylaridan asar ham qolmadi. Ota-onasining boy, nomdor do‘stlari vafo qilmadi. Hech kimdan najot qolmadi. Bola butunlay yolg‘iz qoldi va buning natijasida uning dunyoqarashi butunlay o‘zgardi. U endi kibrni emas, xor-u zorlikni his etib yashay boshladi. Uning ham ruhida tushkunlik boshlandi, yashashni istamas edi.
Uchinchidan, Zafar bilan singlisini qishloqda yashaydigan ammasi olib ketdi. Bu yerda bola haqiqatdan shu kungacha anglamagan, his qilmagan narsalarni tuya boshladi. Ammasi, o‘g‘illari sodda qishloq odamlari edi. Bu yerda ular hayot gashtini mehnat va hayotga muhabbat bilan surardilar. Ammaning o‘g‘illari o‘z yumushlarini o‘yin-kulgi, hazil-huzil bilan bajarishadi. Zafar ularga havas bilan qaraydi va asta –sekin o‘zi ham mehnat qilish gashtini seza boshlaydi. Bu sezgi unda yana qaytadan hayotga muhabbat uyg‘otadi. Ya’ni so‘liy boshlagan nihol suv ichib, qaytadan ko‘kargan kabi.
To‘rtinchidan, Zafar bolalar koloniyasiga tushib qoladi. Uning aybi yo‘q edi, anglashilmovchilik oqibatida uni qamoqqa oladilar. Qamoqda unga hunar o‘rgatishadi, o‘qitishadi. Bu yerda turli taqdirlar, fojialar egalari bo‘lgan bolalar bor edi. Zafar bu bolalar, ularning taqdirlari bilan tanishar ekan, hayot haqida yanada aniqroq xulosalar chiqara boshlaydi. Xulosalari, fikrlari bir to‘xtamga kelgan sari akasi Akbar ko‘z o‘ngida gavdalanaveradi. Akbar nogiron vujudi, butun qalbi bilan hayotlarining go‘zal bo‘lishini istagan, ota-onasini qilgan ayblari uchun jazolashlaridan, ulardan ajralib qolishdan qo‘rqib yashagan edi. Endi Zafar butunlay boshqa olam. U roman boshidagi Zafardan tubdan farq qiladi. Kibr, dunyoni boylik bilan anglash unga butunlay begona, u olamni insoniylik, mehr-shafqat, boshqalarni tushunish, yaxshilik qilish, hamma narsaga o‘z mehnati bilan, vaqti kelsa, qiyinchilik bilan erishish bilan anglaydi.
Xullas, bola psixologiyasi shu shaklda dinamik o‘zgarib boradi. Bunday ijtimoiy ulg‘ayayotgan bolalar albatta ruhiy ziddiyatlar girdobida qolishi tabiiy holdir. X.To‘xtaboyev bu romani bilan bola ruhini parvarishlab, go‘zal ishlov berish ham, uni tanazzulga boshlab borish ham ijtimoiy muhitdan ekanligiga ishora qiladi.
Bola ruhiyatini ochishda ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy muhitda bola ruhiyati shakllanadi, rivojlanadi va qanday ekanligini namoyon etadi. Ijtimoiy muhit, jamiyat ahvoli shaxsning ham ahvolini belgilab berish darajasida katta kuchga ega.
“ “Mungli ko‘zlar” romanida ijtimoiy muhit bolalar ruhiyatiga katta ta’sir etadi. To‘kin-sochin oila farzandi ekanligi asar boshida bolaning boshqacha ruhiyatini ifodalasa, asardagi fojialar davomida bolalar ruhiyatida o‘zgarishlar dinamikasini yuzaga keltiradi. Ushbu dinamika turli ijtimoiy muhitda turli ruhiy kechinmalarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi”.1
Darhaqiqat, X. To‘xtaboyev nafaqat qiziqarliligi bilan, balki hayotiyli bilan ham kitobxonni o‘ziga jalb qiladi.
Badiiy adabiyotda yaratilgan mukammal xarakterlar o‘quvchi qalbidan joy oladi, kitobxon xotirasidan uzoq muddatgacha o‘chmaydi. Shu sababli ham bunday qahramonlar katta-kichik uchun baravar sevimli bo‘ladi. Biz mulohaza yuritayotgan masala ham katta-kichik uchun birday qadrli bo‘lgan qahramonlar, ya’ni bolalar adabiyotidagi bizga tanish bo‘lgan obrazlar, xarakterlar xususida bo‘lmoqda. Bunga misol qilib, yuqorida aytib o‘tgan asarimiz “Sariq devni minib” romanidir. Mazkur roman bola xarakterini mukammal darajada tasvirlab bergan san’at asaridir, desak adashmaymiz. Unda qahramon ruhiy olami ba’zan jiddiy, ba’zan esa komizm bilan yo‘g‘rilgan holda tasvirlangan.
Adabiyotshunos olim Abdug‘afur Rasulov “Sariq devni minib” asarida roviy masalasiga to‘xtalib, qahramon va roviy birligi, yozuvchining hikoya yo‘sini va uslubi haqida batafsil fikr yuritadi. Haqiqatan ham, asarning ushbu yo‘sini yozuvchining o‘ziga xos uslubini namoyon etadi. Bu uslubdan qahramonning “kim”ligini bora-bora aniqlashadi. Qahramonning ruhiyat qirralari yozuvchi uslub mahorati natijasida sayqal topgan.
Komediyaning mahorati komik konfliktga bog‘liq bo‘lib, unda “hayot o‘z-o‘zini inkor qiladi”, ya’ni, aslida, xunuk, zararli, razil va nopok xuqli inson o‘zini yaxshi, ilg‘or, pokqilib ko‘rsata olish shakli.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolalarga bag‘ishlangan barcha asarlarida yozuvchi bolalar olamiga chuqur kirib boradi. Buning sababi, yozuvchi bola ruhiyatini yaxshi bilganidir. Bu haqida yozuvchining o‘zi shunday degan: “Ruhi-dunyosi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan, svob va gunohni bilishga intilayotgan, ruhi go‘zallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qalay bo‘larkan, deb o‘ylay boshladim va qaror ham qabul qildim”.
Xususan, bolalar adabiyoti masalalariga bag‘ishlangan bir anjumanda mashhur italyan yozuvchisi Janni Rodari “Sariq devni minib” romani haqida to‘xtalib, bu asar menga o‘zining boy fantaziyasi, hayotbaxsh yumori bilan ma’qul bo‘ldi, degan edi. Xuddi shu asar nemis tilida chiqqanida, turkshunos olima Doras Shuls adibga o‘zbek tilida maktub yo‘llab, roman quvnoq o‘zbekona kulgisi bilan nemis kitobxoniga ma’qul tushganini ta’kidlaydi. Taniqli bolalar adibi Albert Lixanov “Besh bolali yigitcha”ning Moskvadagi nashriga yozgan so‘zboshi maqolasida asardagi g‘amgin ohangga jo‘r bo‘lib, uni nurlantirib turgan hayotbaxsh yumorga katta baho beradi. Yozuvchining o‘zi bu haqida: “bolalar tabiatan quvnoq bo‘ladi, uning murg‘ak qalbi erkalashni, erkalanishni hamisha talab qilib turadi… asar boshdan oyoq fojia tasviridan iborat bo‘lganida, mening yosh kitobxonlarim qalbiga iztirob sig‘may, zerikib qolishi, kitobni tashlab qo‘yishi mumkin edi… bolalar qalbini rom qilib olaman, degan yozuvchi bola qalbining doimiy yo‘ldoshi va ehtiyoji bo‘lgan quvnoqlikdan, hayotbaxsh yumordan, odam bolasining butub vujudiga orom beradigan ana shu noyob ruhiy holatdan uzoq ketmasligi kerak…,” deydi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev “bola”lari dilkashligi, beg‘uborligi, va albatta, komizm ruhi bilan sug‘orilganligi bilan ajralib turadi. Uning birgina “Hoshimjon”ida bola xarakterining turli qirralarini kuzatishimiz mumkin. Dastlab, Hoshimjon bilan tanishib boar ekanmiz, bu bolaning tabiatidagu quvnoqlik, kulgi, hazilga moyillik jihati oydinlasha boradi:
“-Hoshim, -deb chaqirib qoldi.
-Labbay, oyijon.
-Nega tovuqlarga don bermading?
-Nima dedingiz, oyi?
-Nega tovuqlarga don bermading, deyapman, nima qulog‘ing devorning ostida qolganmi?
-Ovqatni o‘zi topib yesin-da. Tokaygacha tekinxo‘rlik qilishadi,- deb gapni chalg‘itmoqchi bo‘ldim.
-Voy o‘lmasam, suvam bermaganga o‘xshaysan.
-Oyi, tovuqlar suv ichmaydigan bo‘lib ketgan…
-Shunaqami?
-Ha, shunaqa.
Nojo‘ya gap aytib qo‘ygan bo‘lsam kerak, oyim katta kaltakni olib quvlashga tushdi. Uch marta hovlini aylandim-da, ko‘cha eshigi oldiga borib egilib salom bedim va bir hatlab o‘zimni ko‘chaga oldim”. 1
Qahramonlar komizm ruhida yaratilar ekan, bu kulgi kitobxon qalbiga o‘z beg‘uborligi, quvnoqligi bilan kirib boradi. O‘quvchi bu tasvirlardan yengilgina kulib qo‘yadi va bolaning bolalarga xos kulgisini his etadi. Qahramon komizmi ma’lum sharoit asosida yuzaga keladi.
Yozuvchi asarlarida ba’zi o‘rinlarda kulgili ko‘ringan vaziyatlar, aslida, o‘z zimmasida jamiyatdagi bitta foijani yashirgan bo‘lishi mumkin. Bu sirtdan qaraganda, qiziqarli va hazil-mutoyibali bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo, aslida xalqning, jamiyatning, umuman olganda, insonlarning dardidir. Demak, Xudoyberdi To‘xtaboyev bola kulgusiga katta muammolarni yuklay olgan.
Adib asarlarining eng ko‘zga ko‘ringan xususiyatlaridan biri- ularda milliy psixologiyaning aks etishi. Yozuvchi qahramonlarida milliy ruh, o‘zbekona urf-odatlar, o‘zbekona xarakter qirralari namoyon bo‘lib turadi.
“Sariq devni minib” romanida hayotbaxsh ruh, hazil-mutoyiba kayfiyati, jonli, harakatchan qahramonlar faoliyati yetakchilik qiladi. Ular bolalar didiga, ruhiy-ma’naviy ehtiyojiga nihoyatda mos kelgan.
“Shirin qovunlar mamlakati” asarida bu holat o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. “To‘g‘ri, men o‘sha yili oltinchi sinfda qolib ketganman, lekin yomon o‘qiganim uchun emas, yo‘q, zinhor bunday deb o‘ylamang. O‘sha yili sizga ochig‘ini aytsam, butun maktabimiz bo‘yicha “to‘rt” va “besh” baholar zapasi kamayib qolgan ekan. Shuning uchun muallimlar menga nuqul yo “uch” yoki “ikki” qo‘yaverishgan. O‘qituvchilar: “Akromjon, sen o‘zi sen ajoyib bolasan-u, lekin, baribir, ikki qo‘yishga to‘g‘ri keladi-da”, deb bir necha bor uzr so‘rashgan”.1
Parchadan bir narsani aniq bilish mumkin: o‘quvchi bolaning maktabga, bilim olishga bo‘lgan ozroq e’tiborsizligi. To‘g‘ri, bunday holat hozirgi kun bolalari orasida ham “ommalashib” ketgan. Buning sababini zamon texnikasi yutuqlari, informatsiya oqimi shiddatining kuchliligi bilan izohlaymiz. Ammo, har qanday zamonda ham, har qanday sharoitda ham bola dastlabki bilimni maktabdan oladi. Maktabdan e’tiborsizlikka o‘rgangan boladan ulg‘aygach, juda katta umidlar kutish to‘g‘ri emas. Yozuvchi xuddi shu masalaga g‘oyat noziklik bilan ishora qiladi. Folklorshunos olim Omonulla Madayev “ “Shirin qovunlar mamlakati”dagi achchiq haqiqat” nomli maqolasida jamiyatdagi muammolar bu asarda kulgi ostida berib borilganligini aytib o‘tadi.
Komizm hayotga kulgi aralash munosabat doimo san’atining muhim unsurlaridan biri bo‘lib kelgan. Yozuvchi hayotda nimani kulgi obyekti qilib olishi uning ideali bilan bog‘liq. Ideal qanchalar yuksak bo‘lsa, uning kulgi obyekti shunchalik keng doirani qamrab oladi. Biz adibning asarlarida ana shunday keng ma’noga ega kulgini kuzatamiz.
Umuman olganda, o‘zbek bolalar adabiyotida bolalar xarakteri yuqoridagi kabi belgi-xususiyatlari bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Xudoyberdi To‘xtaboyev yaratgan bolalar xarakterlari o‘z belgi-xususiyatlariga ko‘ra o‘ziga xos, betakror va mukammal xarakterlardir.
Adabiyotshunos olim Abdug‘afur Rasulov ta’biri bilan aytganda, “har bir mukammal xarakter - badiiy asar javhari. Yetuk xarakterlar tufayli asar mangu yashash vasiqasini oladi. Uning mohiyatini o‘zlik, betakrorlik, taqdirning o‘chmas, yonmas, chopilmas, kesilmas “yozuvi” deb belgilaydi”.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev yaratgan xarakterlar ham o‘z mukammalligi sabab “mangu yashash vasiqa”sini olsa, ajab emas.
Ko‘ryapmizki, yozuvchi asarlari bir-biridan qiziqarli va ajoyib. O‘qigan sari bolalar dunyosiga kirib boraveramiz, asarlarda jamiyatdagi illatlar achchiq kulgi ostiga olingan. Garchi bu bolalar tilidan aytilgan bo‘lsa-da, katta mahorat bilan tasvirlangan. Mana shunday asarlardan yana biri “Jannati odamlar”dir. Ushbu roman voqealari bizni goh yig‘latadi, goh kuldiradi. Qishloq odamlarining soddaligi labingizga tabassum yugurtirsa, sho‘ro davrida ularning boshiga tushgan musibatlar yuragingizga qayg‘u-alam yukini ortadi. Haqiqiy jannati odamlarni yozuvchi mana shu asarida gavdalantirgan. Asar juda qiziqarli va yorqin hodisalarga boy. Adib asar boshida shunday yozadi: “… ushbu ertak-qissalarni eng avvalo mehribon bobojonlar suyukli nabiralariga o‘qib bersinlar, so‘ngra suyukli nabiralar yonboshlab yotgan bobojonlariga o‘qib bersinlar. Har ikki tomon qissaning “mazasini shimib” turguncha, endi buvijonlar asaldek shirin qizlariga o‘qib bersinlar”.1
Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlarini sanasak, adog‘i yo‘q. Uning asarlari nafaqat, bolaning qiziqishini orttiradi, balki, uning dunyoqarashini kengaytiradi, tasavvurini boyitadi. Adib asarlarida tarbiya masalasi ustun, unda o‘zbekona ruh ufurib turadi.
Besh bolali yigitcha” asari qahramonlarining hayot yo‘li
Bolalik-beboshlik, deymiz. Ammo bu davr zahmatlarga, mashaqqatlarga limmo-lim bo‘lsachi? Beboshlikka, sho‘xliklarga o‘rin qolarmikin? Bunday bolaning qalbi, dunyosi kattalar hayotiga yaqin bo‘ladi. O‘zi bilib-bilmay tafakkuri o‘sib, irodasi metin insonga aylanadi. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari mana shunday qahramonning hayot yo‘lini hikoya qiladi.
Achchiq qismat haqida hikoya qilib, iliq harorat hadya etish- har kimga ham berilmaydiga iste’doddir. Bizning yozuvchimiz esa bunday vazifani uddalay olgan. Shu sababli ham bunday qobiliyat egasini “iste’dod targ‘ibotchisi” deb atasak, yanglishmagan bo‘lamiz.
“Besh bolali yigitcha”- ajoyib asar. Urush davridagi asar haqida kam yozilmagan. Buning salbiy jihati yo‘q, albatta. Yer yuzida o‘zining bolaligini yodga olmagan yozuvchilar deyarli yo‘q. Endi esa bu bilan zamon mashg‘ul. Adabiyotga shunday odamlar kirib kelishdiki, ularning bolaligi, o‘smirligi urushga to‘g‘ri kelgan, aniqrog‘i, urushning og‘ir ko‘lankasi ularning bolaligi, o‘smirligi, yoshligiga soya solgan. Buni qalamda aks etgan urush davridagi bolalik xotiralari bilan izohlash mumkin.
Bosh qahramon Orif- nafaqat besh nafar go‘dakning akasi, balki u qarovsiz bolalarning , o‘z oilasining kichik yo‘lboshchisi hamdir. Oila shamchirog‘i o‘chib qolmasligi uchun Orifning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. Ota-onasidan erta judo bo‘lgan bolalar o‘z dunyosida yashasalar-da, urush, vayronagarchiliklarni to‘la his etadilar.
Front uchun zambarak sotib olish maqsadida bor-budini sotgan qariya-chi? Adolat uchun o‘zini o‘tga, cho‘qqa urishga shay turgan bolalar uyining omadsiz direktori rus ayoli Mariya Pavlovna-chi?
Oriflar oilasi yaxshi odamlar orasida yashaydi, biroq hayot kabi haqiqat qissasi ham shafqatsiz va yaxshi odamlar hamma vaqt ham boshiga musibat tushgan bolalarga yordam qo‘llarini cho‘za olmaydilar. Ammo ular go‘dak yonida bo‘lmasalar-da, mehribonlik ko‘rsata oladilar. Bu esa yaxshi qahramonlarning emas, balki yovuzlikka qarshi kurashib, dunyoni munavvar etuvchi etuvchi yaxshilik, ezgulikning kuchidir. Adib mazkur haqiqatni tasdiqlar ekan, bolalarning Toshkentdan Qo‘qonga - qadrdon qishloqlariga kelishdagi mashaqqatli yo‘lida ezgulik yordam qilgani, yovuzlik esa xalaqit berganini yorqin aks ettiradi. Asarda bir-birida ajoyib, quvnoq, mehribon obrazlar borki, uni o‘qiganimizda ular bilan beixtiyor do‘stlashamiz, qadrdonga aylanamiz.
Shulardan biri Orifjon. Orifjon tabiatan quvnoq, sho‘x bola. U og‘ir paytlarda o‘ziga o‘zi latifa aytib, ovunib o‘tiradi, shu narsa orqali zerikishini oldini oladi. Kun bo‘yi makka uqalaydi, sigirga qaraydi, pol artadi, o‘tin yoradi, kir yuvadi, umuman hamma ishlar uning zimmasida. Ba’zan o‘zi tengi bolalar bilan o‘ynashni xayol qiladi. Ammo o‘yinga berilib ketib, uydagi ishlarning qolib ketishidan qo‘rqadi. Bir so‘z bilan aytganda, Orifjon yelkasidagi mas’uliyatni his qiladi, ukalaridan xabardor bo‘ladi, uy-ro‘zg‘or ishlari, hamma-hammasi uning bo‘ynida.
Orifjonning oyisi Karomat opa- juda mehnatkash, chin vatanparvar inson. U umrini hayotini bag‘ishlab, doim vaqtini dalada o‘tkazadi, traktor haydaydi, tinim bilmay ishlaydi. Atrofidagilari “dam oling” deyishiga qaramay, bir soniya vaqtini ham tejamasdan tinimsiz mehnat qiladi. Butun umri mehnat bilan o‘tgan bu ayolning oyog‘ida doimo kerza etik, erkaklarning paxtali shimi, egnida serpaxta fufayka, boshida quloqchin, yuzlari kir, qo‘llari moy bo‘lib yuradi. Uydan uning ko‘ngli to‘q. Ishongan tog‘i hamma ishlarni vaqtida bajarib qo‘yadi. U shunchalik qalbi pok inson bo‘ladi-ki, o‘zidan kuproq bolalarini, turmush o‘rtog‘ini o‘ylaydi. Farzandlariga umuman qattiq gapirmaydi, ularni doim tushunadi. Eriga urushga chaqiriq qog‘ozi kelganda ham o‘zini tuta biladi, lekin uning yuragi unsiz faryod uradi, uni urushga kuzatayotganda ham qalbi ozor chekadi, o‘zini ishga bag‘ishlab, tunlar bilan traktor haydaydi va uyqusizlik oqibatida traktor bosib qolib, vafot etadi. Uning dunyodan ko‘z yumishi shunchalik jonli qilib tasvirlangan-ki, kitobxon o‘sha muhitga tushib qolgandek bo‘ladi.
Orifjonning dadasi Mirza aka- chin vatanparvar, iymonli va mehnatkash inson sifatida tasvirlangan. Bir o‘zi “bitta traktorning ishini bemalol bajaradigan” bu odam armiyaga chaqiruv qog‘ozi kelganda, kolxozdagi ishining qolib ketayotganligidan ko‘ngli o‘ksiydi. Tuni bilan urushdan qaytib kelguniga qadar yetib ortadigan o‘tin tayyorlab chiqadi. Dadasining o‘zi urushga ketyapti, ammo ketganda ham oilasi g‘amini yeyapti. U juda beozor, mehnatsevar inson. Orifjon va ukalariga doim ahil bo‘lishni, onasini umuman xafa qilmasliklarini tayinlaydi.
Adib hayotiy bo‘yoqlar va ranglardan juda ham o‘rinli foydalanadi. Shu sababli romanda yaratilgan ayrim obrazlar va kartinalar yozuvchining mahorati tobora takomillashib borayotganligini ko‘rsatib turadi. Romanda Turon amaki, Roziq tog‘a, Parpi buva, O‘ris amaki, pakana buva obrazlari ham mahorat bilan tasvirlangan.
Turon amaki- urushda qatnashib, bir oyog‘ini yo‘qotib kelgan, general bilan qo‘l berib berib so‘rashganligini pesh qilib gapirib yuradi. Ammo u maqtanchoq bo‘lgani bilan urushdan qattiq nafratlanadi. Zero, shu urush tufayli qanchadan-qancha oilalar buzilib ketdi, insoniyat qirildi. U sirtdan qaraganda, be’tibor ko‘ringani bilan, ichida urushga nisbatan nafrat yashaydi. Turon amaki Mirza akani urushga kuzatayotganda urush davridagi qiyinchiliklar esiga tushib o ‘ksib-o‘ksib yig‘laydi.
Roziq tog‘a - darsda doim latifalar aytib beradigan, ko‘ngli ochiq, samimiy inson. Asarni o‘qir ekanman, Roziq tog‘aning bir xislatiga qoyil qoldim. Orifjonlarning qishlog‘ida “ona-bola shayton” paydo bo‘lib qolganda, aslida o‘sha “shaytonlar” Sulton va Usmonlar edi. Ularni Meli baqqol qo‘lga tushirganda, Sulton va Usmonni “o‘g‘ri” deydi. Shunda Roziq tog‘a boalalarni yonini oladi, haqiqat uchun kurashadi. Yetimlarning dilini vayron qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Uning qiziqchilik odati bor edi. Bilimi unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, bolalar uni latifalar aytib, kuldirishi uchun qattiq yaxshi ko‘rishar edi.
Asardagi har bir qahramon o‘zining xulqi, odati, qiliqlari, taqdiri bilan kitobxonning ko‘z o‘ngida ravshan gavdalanadi. Romandagi Parpi buva va O‘ris xola obrazlari ham yozuvchi tomonidan alohida mehr-muhabbat bilan chiziladi. Ikkala obraz taqdirida ham Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga xos eng yaxshi fazilatlar aks etgan. Qolaversa, bu obrazlar Orifjonning tasavvuri orqali beriladi. Orifjon bo‘lsa, Parpi buva bilan O‘ris xolaning inson sifatidagi o‘ziga xos fazilatlari va nuqsonlarini juda ham samimiy hikoya qiladi. Aytaylik, Parpi buva – chin vatanparvar inson. U bir paytlar qo‘lida qurol bilan jang qilgan. Nemis- fashist bosqinchilari Parpi buvaning nazarida “girmonning har bitta o‘qi aravaning gupchagidek keladi”, “o‘sha girmon deganlari juda zo‘r bo‘lsa, Ko‘rshermatcha bo‘lar-da”, deydi u. U girmonni yengish uchun frontda jang qilayotgan o‘g‘illariga zambarak sovg‘a qilmoqchi bo‘ladi. Shu sababli mayizi, o‘rigi, oq jo‘xorisi, sigiri, buzog‘ini sotadi. To‘plangan bir xurjun pul ham yetmaydi. Hatto yomon ko‘rgan kishisi Meli baqqoldan qarz olib bo‘lsa ham, zambarak sotib olmoqchi bo‘ladi.
O‘ris xola- mehribon, shirinso‘z, doim bolalarni o‘ylaydi. Yurtning boshiga og‘ir kunlar tushganda, yetimxonaga tushgan bolalarning boshini silaydi. Vaqti kelsa juda xushmuomala, vaqti kelsa qahri qattiq bu ayol bolalarning o‘qishini xohlaydi. O‘qib olim bo‘lishni, yurtga kerakli inson sifatida voyaga yetish kerakligini ularga qattiq tayinlaydi. Yetimxona yopilib bolalar tarqalishganda, jon - jahdi bilan kurashadi, ammo bo‘lmaydi. U Orifjonning kichkina ukalari Omon va Robiyani doim o‘zi bilan olib yuradi, ulardan biror marta mehrini ayamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, u haqiqiy inson.
Meli baqqol haqiqiy firibgar, insofsiz, yolg‘onchi sifatida tasvirlangan. U har doim sodda qishloq odamlarini aldaydi, urush vaqtida ularga beriladigan guruch va oziq-ovqatlarni o‘zining uyiga yashiradi. U shunchalik kazzob bo‘ladi-ki, yolg‘on qog‘oz tayyorlab, ikki o‘g‘lini ham urushdan olib qoladi. Ammo uning sirini qishloq bolalari, Parpi buva va Roziq tog‘a fosh qilishadi.
Orifjnning ukasi Sulton- abjir, kuchli bola. Endigina o‘n ikkiga kirgan, fe’ldor, biroz injiq. Ko‘ngli xushlasa, ishdan to‘xtatib bo‘lmaydi, xushlamasa, joyidan ham qozg‘atib bo‘lmaydi. Sulton ko‘pincha o‘zini o‘ylaydi, boshqalar bilan unchalik ishi yo‘q.
Zulayho - endigina o‘n birga kirgan, nimjongina qizaloq, Orifjon ataylab unga ishni kamroq buyuradi. “Qiz bolalar nimjon bo‘ladi, nimjon bo‘lgandan keyin ularni asrash kerak”, deb o‘ylaydi Orifjon. Usmon juda xayolparast, qozon- tovoq qilib o‘tirib, ba’zan o‘choq boshida uxlab ham qolaveradi. Buning ustiga shunaqangi ozg‘in-ki, xuddi tandirga olov yoqadigan kosovga o‘xshaydi. Kun bo‘yi rasm chizgani chizgan, qo‘li ancha kelishib ham qolgan. “Shu ukamdan umidimiz katta”, deydi Orifjon, “zo‘r rassom bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Shuning uchun ham unga hech ish buyurmayman. Bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lsa, ko‘p chizadi, ko‘p chizsa, tezroq kamolga yetadi, deb o‘ylayman”.1 Omon bo‘lsa, endigina besh yoshga kirgan, ovqat so‘ragani, so‘ragan. U hatto uxlaganda ham og‘zini ochib uxlaydi. Ammo u iste’dodli bola, o‘yin o‘ynashni, she’r aytishni “boplaydi”. Hatto bir marta sarson bo‘lib yurishganda, Omonning sh’er va ashulalari tufayli non va yeguliklarga ega bo‘lishgan. Orifjonning eng kichkina singlisi Robiya esa endigina ikki yoshga kirgan, ammo shu yoshida ham taqdirning o‘yinlariga chidashga majbur bo‘lgan qizaloq. U katta akasini juda yaxshi ko‘radi, kechalari onasi bilan emas, akasi bilan uxlaydi. Unga shunchalik mehri baland-ki, Orifjonga qattiq bog‘lanib qolgan. Robiya shu yoshida bir o‘limdan qoladi. Xayriyatki, bularning hammasi ortda qolib ketadi.
Asarda Orifjonning o‘rtoqlari Hayit kalla, Akromjon, Shermat, Islom obrazlari ham mahorat bilan tasvirlangan. Ular ham urush tufayli hayotdan qiynalgan, rizq-nasibalari kesilgan bolalardir. Ular ham urushdan nafratlanishadi, tezroq tugashini, baxtli va farovon hayot kechirishni xohlashadi.


Download 90,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish