I. Kirish II. Asosiy qism


Maqollarning kelib chiqish tarixi va ularning o`ziga xos xususiyatlari



Download 337,37 Kb.
bet4/6
Sana03.01.2022
Hajmi337,37 Kb.
#313304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Xalq og’zaki janrlari bilan tanishtirish

2.3 Maqollarning kelib chiqish tarixi va ularning o`ziga xos xususiyatlari

M aqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so`zlarga aytiladi. Maqol o`zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so`zlashuvda) naql, turklarda ata so`zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so`zidan olingan. 

Maqollarda so`z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so`zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so`z qo`shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo`ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og`zaki ijodida bor bo`lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko`ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so`z ma`nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so`zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so`zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma`nosi yetakchi. Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so`zini eslash tarzida keltirilgan.

Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so`z” tushunchasi bilan bog`lanadi. Dunyodagi hamma xalqlar og`zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o`zaro yaqin janr deyarli yo`q. Masalan, ruscha “Шило в мешке не утаишь`” (bigizni qopda yashirib bo`lmas) – o`zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo`lmas”; inglizlarda “East and West, home is best” (Sharqmi, G`arbmi, uying eng yaxshisi) – o`zbekcha “O`z uying, o`lan to`shaging”; Vyetnamda “Рисовал дракона, получился червяк” (Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang bo`lib chiqdi) – o`zbekcha “Men dedim o`ttiz – Alloh dedi to`qqiz”, osetinlarda “Его в сени не пускают, а он лезет в комнату” – o`zbekcha “O`ziga  yeng bo`lmagan, o`zgaga en bo`larmi”; tatarlarda “Tovuq tuxum qo`ymasdan, egasi jo`ja sotmoqchi” – o`zbekcha “Jo`jani kuzda sana”; ruslarda “На чужой стране и весна не красна” (o`zga yurtda bahor go`zal emas) – o`zbekcha “O`zga yurtda shoh bo`lguncha, o`z yurtingda gado bo`l” ma`nolarini ifodalaydi.

Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o`rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma`noli gap, hikmatli so`z, ibora, maqol, matal ma`nosini beradi.

Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.


  1. Maqollar mazmunan serko`lam va chuqur ma`noni ifodalaydi.

  2. Xalq maqollari shaklan she`riy va nasriy bo`ladi. Ammo nasriy maqollar ham she`riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko`za kunda emas, kunida sinadi. 

  3. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat`iy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.

  4. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.

  5. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.

Xalq maqollari tarixi o`nlab asrlar bilan o`lchanadi. O`rxun-Enasoy bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo`lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo`g`on bo`lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o`qiymiz.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asarida o`nlab hikmatli so`zlarni uchratamiz:

“Esa, ichsa oxir bari och to`yar,

Ko`zi och ochligin o`lganda qo`yar”.

“Kishiga chiroydir uyat-andisha,

U asrar nojo`ya ishdan hamisha”. 

Aynan shunga o`xshash fikr Ahmad Yassaviy she`rida shunday keladi: “Al hayoyu minal iymon” – Rasul aytdi”, ya`ni Hadisdan olingan parcha: “Hayo iymondan nishonadur”, - deyiladi. Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq” dostonida “Vale kiysang atlas, unutma bo`zing” misrasini yozadi. Bu misra “Boy bo`lsang, chorig`ingni unutma” hikmatli so`ziga mos keladi.

Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`oti-t-turk” tadqiqotida dala safarlarida yozib olgan 268 maqol matnini keltirgan. Bu namunalar qatorida biroz o`zgarish bilan yashayotgan quyidagilarni uchratamiz: “Otug` uzguch birla o`churmas” – O`t alanga bilan o`chirilmas; “Tog` toqqa qavushmas, kishi kishiga qavushar” – “Tog` tog` bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar”. Ayni paytda “Õt tesa, ag`iz kuymas” – o`t degan bilan og`iz kuymaydi; “Tulki o`z iniga ursa, uzuz o`lur” – tulki o`z iniga qarab hursa, qo`tir bo`ladi kabilar bugungi kunda unutilgan. Ular o`rniga “Holva degan bilan og`iz chuchimas”, “Vataniga tosh otgan vatangado bo`ladi” degan maqollar qo`llanmoqda. 

Xalq maqollarining mazmun ko`lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yo`q ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham o`lchab bo`lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e`tiborga arzimaydigandek ko`rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o`z aksini topgan. Agar “Uyga palos yarashur, xotinga libos” maqoli maishiy hayotga taalluqli bo`lsa, “Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning qaynar” maqolida vaqtni bekor o`tkazmaslik, aql bilan ish ko`rish insonga hayot imkonini yaratishi qayd etiladi, “Vaqting ketdi – baxting ketdi” maqolida esa falsafiy mazmun ifodalangan bo`lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining qanchalar muhim ekanligi ta`kidlangan.

Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko`ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi  so`z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko`paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo`lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi. 

Xalq maqollarining uzoq o`tmish mahsuli ekanligi ayrim namunalarni bugungi kunda tushunish oson emasligini ham izohlaydi. Ba`zan maqollar qatorida shundaylari ham uchraydiki, hatto umumiy fikr nima bilan bog`liq ekanligini anglash qiyin bo`lib qoladi. Masalan: “Bir pul berib yig`latdim, ming pul berib yupatdim” maqolini olaylik. Bu maqolning mohiyatini maqoldagi fikr yo`nalishi va qarshilantirish usulidan taxmin qilish mumkin, xolos. Ya`ni umumiy mazmunda nojo`ya qilingan harakat yoki tadbir oxir oqibatda insonga qo`shimcha tashvish keltirishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Sen shunday harakat qilginki, bu harakating yomon oqibatlarga olib kelmasin, deyilmoqda. Ammo nima uchun bir pul berib yig`latsa, ming pul berib ovutadi yoki yupatadi. Bu muammoni hal qilish uchun tarixga murojaat qilamiz. Qadim zamonlarda aza paytida yig`lab beradigan maxsus odamlar bo`lgan ekan. Ularni “giyrandi” deb atashgan. Aslida “giyrandi” “giryandi”dan olingan bo`lib, “yig`lamoq” fe`li bilan ma`nodoshdir. Uyida biror yaqin odami o`lsa, mayit egasi giyrandini chaqirgan. U aza davomida ma`lum haq evaziga yig`lab berishni bo`yniga olgan. Lekin giyrandi o`z san`atini shunday egallashi ham mumkin ediki, mayit egasi bu aytuvlarga, bu dod-fig`onga, bu nolalarga chidamasdi. Shunda u giyrandidan yig`lamaslikni iltimos qilgan. Giyrandi esa atayin avjga chiqqan. Natijada uni yig`idan to`xtatish uchun ko`proq haq berilgan. Maqolda arzimagan haq evaziga yig`lovchini chaqirish, ammo uning jim bo`lishi uchun katta pul berish voqeasi aks etgan. Shunday qilib, maqollar mazmuni ularning o`zi va tabiati kabi sirli olamga egadir.

Xalq og`zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya`ni maqollar zamon o`tishi bilan iste`moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.

Maqollarning iste`moldan chiqishiga quyidagi omillar sabab bo`ladi:

1.   Tarixiy hayotning o`zgarishi. Ijtimoiy hayotda maqolni qo`llash ehtiyojining yo`qolishi oqibatida maqol xalq esidan chiqadi.     

Omoch seni to`ydirgay,

Omboringni to`ldirgay.

Omoch ishlatish asta-sekin yo`qola borgan sari bu maqol ham iste`moldan chiqqan.

2.  Tarixiy so`zlar ishtirokidagi maqollar vaqt o`tishi bilan yo`qoladi.   

Qoziga bersang suyar, 

Bermasang – so`yar.

3.  Ayrim maqollar og`zaki ijodning og`zakiligi belgisi ta`sirida yo`qolishi ham mumkin. Bir avlod qo`llamagan maqol o`limga mahkum.

Xitoy xonining gazmoli ko`p, lekin o`lchamay kesilmaydi.

Ba`zan maqolning bir qismi yashaydi, ikkinchisi yo`qoladi.

Ash tatig`i tuz, jug`rin jemes. (Osh tuz bilan totli, lekin lagan bilan yolg`iz tuzning o`zi yeyilmaydi). 

Bu maqolning birinchi qismi hozir ham bor, ammo ikkinchi qismni biz tasavvur ham qilmaymiz.

Yuqoridagi sabablar maqolning yo`qolishiga olib keladi. Ayni paytda maqollarimiz namunalarining boyish manbalari ham yo`q emas.


  1. Ijtimoiy hayotdagi o`zgarishlar natijasida yangi maqollar vujudga keladi. Masalan, O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng “Vatanni sevmoq iymondandir” hikmatli so`zini qo`llash ommalashdi. Dastlab, bu maqolsifat jumlaning Abdulla Avloniy yozgan “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida Muhammad Payg`ambarimiz (s.a.v.) hadisi ekani aytilgan edi. Ammo bu hikmatli so`z xalqimiz orasida ko`p qo`llanmagan. Mustaqillikdan so`ng eng ommaviy maqolga aylanib ketdi.

  2. Xalq maqollarining yangi-yangi namunalari xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi natijasida paydo bo`ldi. “Olma og`ochidan olisga tushmas” maqoli “Яблоко от яблони далеко не падает”ning tarjimasi. Bugungi kunda bu maqolning kelib chiqishi bizni deyarli qiziqtirmaydi.

  3. Yangi maqollarning paydo bo`lishi allomalar, dono adiblar aytgan hikmatli so`zlar bilan bog`liq bo`ladi. Tarixda biz Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy ijodi bilan tanishar ekanmiz, aforizm deb atalmish muallifi aniq dono va hikmatli so`zlarga duch kelamiz. “Oz-oz o`rganib dono bo`lur, qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur” kabi misollar shular jumlasidandir.

Maqollar o`z va ko`chma ma`nolarga ega bo`lishi bilan yana ham diqqatga sazovordir. “Yomon xotin olguncha, bo`ydoq yurgan yaxshiroq”, “Qizi borning nozi bor”, “Quda bo`lguncha, ko`p sinash, quda bo`lgach, ko`p siylash” kabi maqollar o`z ma`nosida qo`llanadi. Ayrim maqollar faqat ko`chma ma`noda qo`llanadi. “Shamol bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamas”, “Egrining omochi yerga botmas”, “O`tin ayirgan bolta maydonda qolar” kabi maqollar bilan tanishganimizda ko`chma ma`no yashiringanini his qilamiz. Bir qarashda “Shamol bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamas” maqoli o`z ma`nosida ham qo`llanadigandek tuyiladi. Ammo bu hikmatli so`zni hech kim o`z ma`nosida deyarli qo`llamaydi. Aslida, hayotda uchrab turadigan turli mish-mishlarning rost ekanligini ta`kidlash maqsadida bu maqolni esga olish odat tusiga kirgan. “Tuhmatchining omochi yerga botmas” maqolida bir oz g`alati fikr ilgari surilgandek tuyiladi. Omochning yerga botmasligi bilan tuhmatchining qanday aloqasi bo`lishi mumkin, degan mulohaza paydo bo`ladi. Ammo aynan shu o`rinda “omoch” deganda, bevosita yer haydashda foydalaniladigan asbob emas, balki tuhmatning natijasi nazarda tutiladi. “Yer” so`zi iymonli, rostgo`y odamga nisbatan qo`llangan. Ya`ni tuhmatchining tuhmati rostgo`y va pokiza odamga hech qanday salbiy ta`sir ko`rsata olmasligi ta`kidlanmoqda. Binobarin, maqol matni bilan tanishganda, yoki uni eshitganda, qanday maqsadni nazarda tutib qo`llanganiga e`tibor berishimiz lozim. Aks holda aytilgan maqolning asl ma`nosini tushunmay qolishimiz mumkin.     


Download 337,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish