I. Kirish II. Asosiy qism


Xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganish



Download 337,37 Kb.
bet5/6
Sana03.01.2022
Hajmi337,37 Kb.
#313304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Xalq og’zaki janrlari bilan tanishtirish

2.4. Xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganish

X alq og`zaki ijodi asarlarini o`rganish ularni yozib olishdan boshlanadi. Asarning yozib olinishi esa folklorshunoslik fanining shakllanishidan darak beradi. Bu jihatdan qaraganda, o`zbek folklorshunosligidagi dastlabki harakat XI asrga taalluqlidir. XI asrda Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`oti-t-turk” asariga (1074) maqollar, qo`shiqlar, rivoyat, afsona va boshqa janrga mansub namunalarni kiritdi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dala sharoitida olim yozib olgan ijod durdonalarida bevosita bizning ajdodlarimiz ham ishtirok etgan. Mahmud Koshg`ariy otalar so`zini eslamoq ma`nosida, avvalroq aytganimizdek, “sav” atamasini keltiradi. Keyinchalik Alisher Navoiy maqoldan misol keltiradi va “masal” atamasidan foydalanadi. Filologiya fanlari doktori, professor X.G.Ko`r-o`g`li Safaviylar davri (XV-XVI asr)da turkiy maqollar to`plangani, ammo bu majmuaning yo`qolgani haqida ma`lumot bergan. O`zbek tilidagi hikmatli so`zlar to`plamini 1923 yilda “O`zbekcha otalar so`zi” (to`plovchi va tuzuvchi Mullo Bekjon Rahmon o`g`li) deb nomlashgan bo`lsalar, 1926 yilda “O`zbek maqollari” (to`plovchi va tuzuvchi Sherali Ro`zi) deb atashdi. Shu paytdan “maqol” atamasi janr sifatida keng o`rin oldi, deyish mumkin. Shundan keyin B.Karimov, SH.Rizo, O`.Azimov, O`.Xolmatov, H.Zarif, M.Afzalov, S.Ibrohimov, S.Xudoyberganov, R.Jumaniyozov, M.Ahmadboeva, E.Siddiqov, T.Mirzaev, K.Imomov, G`.Jahongirov, S.Qosimov, Z.Husainova, B.Sarimsoqov, A.Musaqulov, M.Jo`raev kabi o`nlab olim va ziyolilar xalq maqollarini to`plash va o`rganishda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, 1987, 1988 yillarda ikki jilddan iborat “O`zbek xalq maqollari” kitoblarining nashr ettirilishini bu sohadagi alohida voqea sifatida ta`kidlash mumkin.

Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu jihatdan maqollar so`z san`atining oliy namunasi sifatida baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan serma`noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar davomida og`izdan og`izga o`tib yashashini ta`minlagan omillardir. San`at asari qimmatini belgilovchi eng talabchan sinov vaqt hisoblanadi. Ayniqsa, vaqt sinovi talabiga og`zaki asarning javob berishi o`ta muhimdir. Har qancha tashviqotlarga qaramay sho`ro tuzumida kolxoz afzalligi maqtalgan maqollarning umri qisqa bo`ldi. Sho`ro tuzumi haqidagi maqtov dostonlar ham yaratilgani zahoti esdan chiqib ketdi. Haqiqiy maqollarning shakllanishi uzoq davrni qamraydi, ammo badiiy mukammal va hayot tajribasi aks etgan maqolning umri boqiy bo`ladi. “Qonni qon bilan yuvib bo`lmas” maqolini Mahmud Koshg`ariy “Qanig` qan bilan jumas” tarzda keltirgan. Bu maqol olim qalamiga tushguniga qadar necha asrlar yashaganini faqat taxmin qilish mumkin. Ko`rinib turibdiki, maqollarning badiiy mukammalligi ularning hayotiyligini, umrboqiyligini izohlar ekan. Ayni chog`da badiiy go`zallikning bevosita so`z tanlash, tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. Ularning ayrimlarini esga olib o`tamiz:

1.    Qarshilantirish (tazod). “Yaxshidan bog` qolar, yomondan dog`”.

Bu maqolda “yaxshi”, “yomon”; “bog`”, “dog`” so`zlari qarama-qarshi ma`nolarni bildiradi va shu bilan birga “bog`” – “dog`” so`zlari chiroyli qofiyani ta`minlaydi.

2.    Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans). “Boy boyga boqar, suv soyga oqar”.

Maqolda “B”, “Y”, “R”, “S” kabi undosh tovushlar alliteratsiya – undosh tovushlar uyg`unligini, “O”, “A”lar esa assonans – unli tovushlar o`xshashligini ko`rsatadi va maqol qimmatini oshiradi.

3.    Metafora – ko`chim (istiora). “Otning yag`iri toyga qolar”.

Bu maqolda “ot” so`zidan qarindosh-urug`chilikdagi katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan. Odatda mahallada biror odamga baho berish lozim bo`lsa, birinchi navbatda, u shaxsning ota-onasi esga olinadi. Katta avlod tomonidan yo`l qo`yilgan kamchilik shu zahoti farzandga ko`chiriladi. Natijada, inson hayoti davomidagi har bir xatti-harakat mahalladoshlar, qarindoshlar tomonidan nazoratda ekani anglashiladi. Maqol mazmunan har bir inson yoshidan qat`i nazar kelajakda ota, ona bo`lishni orzu qilsa, keyingi avlodiga “yag`iri”ni qoldirmasligi kerak, degan ma`no anglashiladi va katta, yosh avlod tarbiyasining muayyan to`g`ri tizimda bo`lishi uchun asos tayyorlanadi. Maqolda istiora san`ati yetakchilik qiladi.  “Et bilan tirnoqni ajratib bo`lmas” maqolidagi “et” va “tirnoq” so`zlari qarindosh-urug`; ota-bola; aka-uka ma`nolarini bildiradi. Bu misolda sinekdoxa san`ati ham bor. Ya`ni butunning tarkibiy qismi orqali yaxlit narsa ifodalangan.

4.    Sifatlash. “Bug`doy noning bo`lmasin, bug`doy so`zing bo`lsin”.

Maqolda insonlar o`rtasidagi munosabat faqat moddiy narsa bilan emas, shirin muomala bilan qadrlanishi qayd qilinmoqda. “Bug`doy non”, “bug`doy so`z” birikmasida sifatlash san`ati qo`llangan.

5.    Jonlantirish (tashxis). “O`tin ayirgan bolta maydonda qolar”.

Bu maqolda odamlarni toifalarga: pulli-pulsiz, amalli-amalsiz, foydali-foydasizga ajratib muomala qilish o`sha shaxsning xalqdan ajralib qolishiga sabab bo`lishi aks etgan. Ikkinchidan, biror muammoni hal qilishda faol ishtirok etgan odam, ko`pincha, ish bitganidan so`ng esdan chiqishi ifolangan. Ya`ni o`tin yorgan bolta ish bitganidan so`ng o`sha joyda qolishiga qiyoslangan.

Xullas, maqollar badiiyati ularning yaratilishi ustida avlod-avlod millat vakillarimizning ijod qilish saviyasi qanchalar yuqori bo`lganidan darak beradi.

Yozma adabiyot vakillari asarlarida xalq maqollari og`zaki va yozma adabiyot ijodiy hamkorligining ko`prigi darajasida muhimdir. Har bir ijodkor mumtoz adabiyot davrida bo`ladimi, hozirgi zamonda bo`ladimi xalq vakili hisoblanadi. U iqtidorli shaxs, avvalo, o`zbekning tarbiyasida voyaga yetadi. Xalq bilan birga yashaydi, millat vakili mentalitetini o`zlashtiradi. Shu bilan birga ijodida asarlarini o`qiyotgan ommaga o`zining xalq vakili ekanini uqtirmoqchi ham bo`ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda maqol eng samarali omil sifatida xizmat qiladi.

Yozma adabiyotda maqollardan foydalanishning uch ko`rinishi mavjud6:


1.    Xalq maqoli aynan keltiriladi. Alisher Navoiydan Muqimiygacha, Cho`lpondan O`tkir Hoshimovgacha o`z asarlarida fikrni ixcham va tushunarli ifodalash maqsadida maqol matnidan aynan foydalanganlar.

“Masaldurkim uyqu o`limdir” (Alisher Navoiy).

“Otning o`limi, itning bayrami” (Abdulla Qahhor).

2.    Maqoldagi ayrim so`zlar o`zgaradi, ma`no saqlanadi.

“Otalarda bir so`z bor, eshit og`ajon,

Bosgan izidan qaytmas, o`lsa ham arslon” (Hamza).

Bu misralarda shoir “Arslon izidan qaytmas, yigit so`zidan” maqolidan ijodiy foydalangan.

3.    Shoir biror fikrni maqoldagi ma`nodan foydalanib ifolaydi. Bir qarashda bu fikr mustaqildek ko`rinadi. Fikr yuritsak, adibning xalq maqollaridagi ma`noni o`ziga xos boshqa so`zlar bilan ifolaganini anglaymiz. Masalan, Alisher Navoiy g`azallaridan birida “O`lturur mahramni sulton, ganji pinhon aylagach”, - degan misra bor. Unda xo`jayin, sulton, hokim xazinasini yashirishni mahramiga, ya`ni eng yaqin xizmatlarini bajaruvchi xizmatkoriga buyurishi, xazina biror yerga ko`milganidan so`ng ortiqcha guvohdan qutulish uchun uni o`ldirishi aytilgan.

Ehtimol, shoir zamonasida aynan shundoq maqol bo`lgandir. Ammo biz bu maqolning borligidan bexabarmiz. Lekin undagi ma`no bugungi kunda mavjud va biz avvalroq esga olgan “O`tin ayirgan bolta maydonda qolar” yoki “Ishim bitdi, eshagim loydan o`tdi” kabi maqollar mazmunini ifodalaydi.

Ba`zan mumtoz shoirlar g`azaldagi baytlarning har birida biror maqolni misol qilib ham keltirgan hollar uchraydi. Xususan, XIV-XV asrlarda yashagan taniqli shoir Lutfiyning quyidagi g`azaliga e`tibor bering:

Ayoqingg`a tushar har lahza gesu,

Masaldurkim: “Chirog` tubi qorong`u”.

Tutarmen ko`zki ko`rsam orazingni,

Ki derlar “Oqqon oriqqa oqar suv”.

Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin

“Kishining ko`zidur ore torozu”.

Ko`zung qonimdin iymonmas ajabdur,

Ki “Qo`rqar qaydakim qon ko`rsa hindu”.

Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat

Ki ayturlar: “Tilaganni tilogu”.

Bu g`azalda ajoyib so`z sohibi mavlono Lutfiy o`zining ma`shuqasiga bo`lgan ko`ngil izhorini so`z marvaridlaridan tizilgan marjondek ifodalay olgan. G`azalning mazmuni go`zal va mo`jaz doston ma`nosini beradi:

Ayoqingg`a tushar har lahza gesu,

Masaldurkim: “Chirog` tubi qorong`u”.

Baytda yorning qaddi tik shamga o`xshatilmoqda. Shamning yonayotgan pilikdan pastki qismi qorong`i bo`ladi. Yorning yuzi yonayotgan shamga qiyoslanmoqda. Uning sochi shu qadar uzunki, yuzi yorug`, pastki qismi qorong`i ko`rinadi.

Tutarmen ko`zki ko`rsam orazingni,

Ki derlar “Oqqon oriqqa oqar suv”.

Shoir o`zini bir paytlar suv oqqan ariqqa o`xshatadi. U oqqan ariqqa suv oqishini kutib umid qilmoqda: ko`z tutib yorning visoliga yetmoqchi. Mahshuqaning oshiq huzuriga kelishi oshiq uchun qaqrab yotgan ariqdan yana suv oqishiga tenglashtirilmoqda.

Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin

“Kishining ko`zidur ore torozu”.

Xalqda odamning ko`zini toroziga o`xshatish haqida maqol bor. Mening ko`zim taroziga o`xshagani uchun bir pallasida oy va quyosh bo`lsa, ikkinchi pallada ma`shuqa. Ma`shuqamning yuzini ortiq ko`rganim uchun tarozi pallasining shu tomoni bosib turibdi. Oy va quyosh esa ikkinchi pallaga joylashgan va ma`shuqa go`zalligiga chidash bermay osmonga uchib ketgan.

Ko`zung qonimdin iymonmas ajabdur,

Ki “Qo`rqar qaydakim qon ko`rsa hindu”.

Mumtoz adabiyotda ma`shuqaning ko`zi va xolini qoraligi uchun hindga o`xshatish an`anasi bor. Bu o`rinda shoir yorining ko`zini hindga o`xshatmoqda. Hind qondan qo`rqadi, degan tushuncha bor. Ammo men ajablanamanki, sening ko`zing hind bo`lsa ham ko`z yoshlarimning qondek oqishidan qo`rqmayapti. Agar qo`rqqanida edi, rahm qilardi, men vaslingga yetar edim va ko`z yoshlarim to`xtar edi.

Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat

Ki ayturlar: “Tilaganni tilogu”.

Mazkur bayt g`azalda ifodalangan hamma orzu-istaklarning xulosasi hisoblanadi. Unda shoir o`z ma`shuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf qilishni so`ramoqda. Men odamlar “Tilagan tilagiga yetadi” deganlaridek, senga vaslingga yetish uchun iltijo qilaman va agar odamlarning gapida haqiqat bo`lsa, maqsadimga yetaman, deb umid bildiraman, demoqchi.

Ma`lum bo`ladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining namoyon bo`lishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ikkinchi jihatdan, g`azal vositasida biz XIV-XV asrlarda xalq orasida mashhur bo`lgan maqollar matni bilan tanishish imkoniga ega bo`lmoqdamiz.

Ayrim iqtidorli yozuvchilar badiiy asarlarida qahramon nutqida qo`llagan maqol orqali ularning dunyoqarashi, fe`li haqida kitobxonda tasavvur hosil qilishga erishganlar. Misol uchun Abdulla Qodiriy o`zining “O`tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji nutqida “Zo`ri behuda miyon meshi- kanad” (tojik maqoli: ortiqcha zo`riqsang, belingni sindirasan), xizmatkor ayol To`ybeka nutqida “Teng tengi bilan, tezak qopi bilan” maqolini keltiradi. Maqollarni qo`llashdanoq Yusufbek hojining ilmli, fors tilini biluvchi ziyoli ekani, Mirzakarim qutidor xizmatkorining esa sodda, ilm ko`rmagan, bor gapni lo`nda va aniq aytishga o`rgangan ayol ekani seziladi. Xullas, xalq maqollari yozma adabiyot vakillari tomonidan ularning iqtidorini namoyon qilishga yordam bergan. Folklorshunoslikda bunday foydalanishlar folklorizm deb yuritiladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, maqollar bu xalqning madaniy me`rosidir. Ularda o`sha xalqning barcha o`y-fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe`l-atvori va e`tiqodi aks etadi. Har bir millat o`ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta`sir etmay qolmaydi. Xatto maqollardagi mavzular o`xshash bo`lsada, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan o`sha tasvirlar maqollardagi milliy bo`yoqdorlikning ta`minlaydi.


Download 337,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish