I kirish II. Asosiy qism maktabgacha ta’lim muassasasida aqliy va axloqiy tarbiya



Download 463,69 Kb.
bet8/11
Sana07.12.2022
Hajmi463,69 Kb.
#880701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15 Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiya turlari va uning mazmuni.

Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga xos bo’lgan o’ta qabul qiluvchanlik, sharoitning o’zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: zarur ko’nikma, malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik. chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash)ni o’stirish, qaddi-qomat, gigiyena ko’nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish. Boladagi harakat ko’nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va b.) nisbatan yengil shakllanadi, ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor va shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Shu asosda jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarni egallash bilan bog’lik bo’lgan dastlabki bilimlar tarkib topadi. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo’nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga), to’la aylanish, jismoniy tarbiya asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak.
Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg’ulotlariga muhabbatni, ularning natijalari, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik, va x.k ) va axloqiy fazilatlar (xalollik, xaqqoniylik, o’rtoqlik xissi, o’zaro yordam), jamoada shug’ullanish malakasi, jismoniy tarbiya asboblarini extiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va b.)ni namoyish qilish uchun qulay sharoit yaratiladi.
“Bolajon” tayanch dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:

  • bolalar salomatligini mustaxkamlash va ularni chiniqtirish:

  • ularni jismoniy jihatdan baquvvat qilish;

  • bolalarda axloqiy sifatlarini tarbiyalash;

  • ularda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish,

  • jismoniy harakatlarning muhim sifatlari: yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish kabilarni shakllantirish;

  • bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilikning oldini olishga yordam berish;

  • jismoniy mashqva o’yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;

  • bolalarda faol harakatga keltirishni tarbiyalash.

Bola organizmini chiniqtirish - organizmni mustaxkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Havoorqal chiniqtirishda sovuq havo bilan jismoniy mashqlar o’zaro birlikda ta’sir ettiriladi. Havo vannasidan uyqu vaqtida yoki havo bulut bo’lgan vaqtlarda foydalaniladi. Uyqu vaqtida bolalar salqin yerga qo’yilgan karavotga yotqiziladi. Havo vannasidan foydalanishda quruq, shamoldan xoli tekis maydon tanlanadi. Tarbiyachi bu maydonchada yengil kiyingan bolalar bilan 10-15 daqiqa yengil harakatli o’yinlar yoki mashqlar bajaradi. Havo vannasi asta- sekin 10-15 daqiqadan 25 daqiqaga olib boriladi.
Suv bilan chiniqtirish barcha yosh guruhlarida yilining hamma fasllarida o’tkazilishi mumkin. Suv bilan chiniqtirishda bolalarning tibbiy-fiziologik o’ziga xosliklari hisobga olinishi lozim. Suv, havo temperaturasining o’zgarib borishi bola organizmining termoregulyatsion apparatini mashq qildiradi, tashqi sharoitga, ob-havoning o’zgarishiga odatlanish reaksiyasini shakllantiradi. Bola organizmining chiniqishi bilan bir qatorda, uning irodasi ham chiniqib boradi. Quyosh nurida chiniqtirish orqali organizmda “D” vitamini paydo bo’lishiga yordam beradi. Ammo undan ortiqcha foydalanish bolada bosh og’rig’i, uyqusizlik, ishtaxa bug’ilishi, kamqonlik, lanjlik bo’lishiga olib keladi. Sil, bezgak kasalligi bilan og’rigan bolalarga quyosh vannasi mutlaqo ma’n etiladi. Quyosh vannasi dastlab to’rt daqiqadan qabul qilinadi, tananing har bir tomoni bir daqiqadan toblanadi. Quyosh vannasi qabul qiladigan maydoncha quruq, tekis, havo yaxshi aylanadigan, kuchli shamollardan pana bo’lishi lozim. Yaqinroqda dush, bolalar kiyinadigan, yechinadigan joy bo’lish kerak.
O’zbekiston sharoitida Quyosh vannasini ertalab soat to’qqiz-o’n bir soat oralig’ida olgan ma’qul. Bolalar fanerdan yoki taxtalardan yasalgan so’rilarga oyoqlarini Quyosh tomonga, boshlarini esa soya tomonga qarab yotqiziladi. Quyosh vannasi qabul qilingandan so’ng ularning ustidan suv quyish yoki cho’miltirish lozim. Bunda bolaning ruxi yengillashadi, terlari yuviladi, qizigan tana va sovuq o’rtasidagi farq organizmni chiniqtiradi. Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o’ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim. Jumladan: Ilk yosh guruhida: - har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida); - yozda ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish; - kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv xavzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda).
Kichik guruhda: - har kuni ertalab badantarbiya qilish;- harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar kumagida); - ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; - bolalarni yuz-qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanish; - ochiq suv havzasi (basseyn)da cho’milish. O’rta guruhda: - har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish; ochiqhavoda esa sport kiyimida bajarish; - qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish; - har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob-havoda ham harakatli o’yinlar o’ynash; - har kuni oyoqlarni yuvish, sekin-asta suv haroratini pasaytirib borish; - xona haroratidagi suvda xo’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish.
Katta guruhda:
- har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish;
- badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash;
- muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan musqo’llarni tarang xolga keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan xolda bajarish;
- yuz, bo’yin, qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish;
- badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda xo’llangan kichikroq paxmoq sochiqbilan tana a’zolarini artish:
- avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish;
- faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish;
- oyoqni shikastlantirish xavfi yo’k joylarda yalangoyoq yurish;
- chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish.
- har kuni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish;
- badantarbiya mashqlarini ochiqhavoda gilamcha ustida, yengil kiyimda buyumlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash;
- muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan musqo’llarni tarant xolga keltirish, mashqlarni komatni to’g’ri tutgan xolda bajarish;
- xonada yengil kiyimda bo’lish, deraza darchasini ochib kuyish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish;
- yuz, bo’yin, qo’lni tirsakkacha sovuk suv bilan yuvish;
- badantarbiyadan sung darxol gubka yoki uy haroratidagi suvda xo’llangan kichikroq paxmok sochiq bilan tana a’zolarini artish, avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish;
- faqat kattalarning ruxsati bilan chumilish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish;
- shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yalangoyoq yurish.
Jismoniy tarbiyaning muhim sharti kun tartibi sanaladi. Kun tartibi turli faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofik taksimlanishi, hayot tartibidir. Kun tartibini tashkil etuvchi barcha qismlar (ovqatlanish, uyqu, o’yin, sayr, mashg’ulotlar)ni bir me’yorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o’tishni yengillashtiruvchi mustaxhamko’nikma hosil bo’ladi. Aynan kun tartibiga rioya etish bolaning asab faoliyati tizimi va barcha fiziologik jarayonlarning kechishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Kun tartibiga qo’yiladigan asosiy talab bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishdir. Kichik guruhlarda uyqu, ovqatlanish, yechinish, yuvinish va b.ga ko’p vaqt ajratiladi. Katta bo’lgan sari bolalarning mustaqilligi ortib, o’yin va faoliyatning boshqaturlariga ko’prok e’tibor beriladi. Kun tartibi, ham gigiyenik, ham tarbiyaviy funksiyani bajaradi.
Kun tartibini tuzish va uni tashkil etishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur:
- kun tartibini tuzishda yil fasllari (yozda bolalarning ko’proq ochiq havoda bo’lishi, ertalab ertaroq uyg’otilib, kechqurun uxlashga kechroq yotkizilishi va b.)ni e’tiborga olinishi;
- kun tartibini bajarishda bolalarning salomatligi, ularning ruxiy rivojlanish darajasi (zaif, kasal bolalarning uxlash, ochiq havoda bo’lish, vaqtining ko’paytirilishi, ta’lim-tarbiya mazmuniga o’zgartirish kiritilishi)ni hisobga olinishi;
- kun tartibining o’zgarmasligi (bolalar vaqtida ovkatlanishlari, shugullanishlari, uynashlari, uxlashlari)ga alohida e’tibor qaratish (bu bolalarni tartiblilik, intizomlilikka o’rgatadi);
- kun tartibini tuzishda ota-onalarning ish vaqtining boshlanishi va tugashi ham hisobga olinishi (ayrim ota-onalar ish vaqtining bir oz kech tugashini xisobga olgan xolda, individuallashtirilgan va tabaqalashtirilgan kun tartiblari ishlab chiqiladi).
Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya qonuniyatlari, vazifalari bilan bogliqlikda maxsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig’indisi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, o’yin, sayr kabilarni qamrab oladi. Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika sog’likni mustaxkamlashga yordam beradigan jismoniy mashqlar majmuidir. Gimnastikaning asosiy, gigiyenik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. MTM o’quv dasturlari bilan bog’liqlikda tarbiyalanuvchilar asosiy gimnastika (narsa buyumlar va narsa buyumlarsiz bajariladigan umumiy rivojlanishga doir mashqlar, sakrash, yugurish, elementar akrobatik mashqlar) bilan shug’ullanishlari lozim. O’yin - tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash maqsadida tashkil etiladigan erkin harakat yoki mashg’ulot. O’z moxiyatiga ko’ra o’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining, qaddi- qomatining tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o’tkir zexni, topkqrlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lib, bolalarda g’amxo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik xissini kuchaytiradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda asosan ochiq havoda tashkil etiluvchi harakatlantiruvchi o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshida keng qo’llashni talab etadigan jismoniy mashqlardan yana biri sayrdir. Sayr - osuda yerlarda, oromgoh sayrgohlarda aylanib yurish, tomosha qilish, orom olish sanaladi. Odatda sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi mumkin. Sayr bolalarning uzok vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning sog’ligi va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolaning sayr vaqtida ochiq havoda bo’lishi natijasida qon kislorodga to’yinadi, temperaturaning o’zgarib turishi, havoning namlanishi, shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi.
Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy tamoyili hisoblanib kelgan, moddiy va ma’naviy madaniyatning hamda ijtimoiy taraqqiyotning negizi hamdir. Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina bo’lib qolmay, balki xalqqa xizmat qilish, vatan uchun qayg’urish, shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo’yishning asosi hamdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnatbtarbiyasini bolalarga yangicha singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o’stirish, mehnat natijasidan zavqlana bilish kabi xislarni tarkib toptirish orqali ularda mehnat ahliga xurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim. Bolalarni mehnatga o’rgatishda, eng avvalo, ularni psixologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash muhim rol o’ynaydi. Mehnatga ruxiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, xalollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy- irodaviy xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan insondan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalanganligi avvalo, mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigan insonning hayoti zerikarlidir.
Unday inson ma’naviy qashshoq va jismonan zaif bo’ladi. Uzok umr ko’rishning siri ham mehnatdir. Mehnat qilmasang xatto iste’dod ham so’nadi. Mehnatkash qanday qobiliyatni rivojlantiradi.
Mehnatga bolalar dastlab oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining butun tizimida o’rgatilib boriladi.
Bolalar bog’chasida va oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va madaniyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi.
Shoir Abu Shukur Balxiyning mehnatni ulug’lovchi quyidagi satrlarini keltirish mumkin: Orzu- tilak yo’li mehnat tagida, Xazinaning mo’li mehnat tagida.
Alisher Navoiy, Furqat, Muqimiy, Xamza va boshqalar mehnat insonni ma’naviy go’zallashtiruvchi roliga, mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat ahlini qadrlashga katta o’rin beradilar. Qadimda ota- bobolarimizning mehnat haqida aytgan dono naqllari hozirga qadar ham o’z qadrini yo’qotmagan. Mehnat qilsang ko’ksing tog’, Xurmat qilsang, diling bog’. Mehnatli non — shakar, Mehnatsiz non zahar. Mehnat baxt keltirar, Mehnat qilib topganing, Qand-u asal totganing. Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug’laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi. O’zbek bolalar yozuvchi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar. Bunga Q. Muxammadiyning “Etik”, “Bir xovuch yong’oq” kabi she’rlari misol bo’ladi. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. Estetik tarbiya keng tushuncha bo’lib, voqelikdagi, san’atdagi, tabiadagi, ijtimoiy va mehnatmunosabatidagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish, tushunishga o’rgatish, go’zallikka muxabbat uyg’otish va hayotga go’zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Estetik tarbiya o’z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan o’zviy bog’likdir.
San’at va hayot go’zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayoli va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go’zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini xis eta bilish, qayg’usini birga barham ko’rish kabi xususiyatlar shakllanib boradi. Estetik rivojlanish shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir.
Shaxsning estetik rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish jarayonida yuzaga keladi.
Estetik ehtiyoj — kishi borlikni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borlikni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo’naltiradi. Estetik qiziqish ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik tarbiya tushunchasi bilan bir qatorda badiiy tarbiya tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy san’at va boshqa vositalar asosida tarbiyalashdir. Estetik tarbiya — ancha keng, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, kishilarning o’zaro ta’siri vositasida go’zallikni, anglashni tarbiyalaydi. San’atda esa estetikaning turli-tuman masalalari namoyon bo’ladi. Ayniqsa, kishining fikr-irodasi madh etiladi, uning tarbiyalovchi roli hamshunda namoyon bo’ladi. Shuning uchun san’at estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’liqdir.
Estetik va axloqiy tarbiyaning o’zaro bog’liqligi shundaki, kishining go’zallikni idrok etishdan quvonish, uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo’lishga o’xshab ketadi. Aksincha, go’zallikni ko’ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi.
Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan ham bog’liq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi. Go’zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo’lmaydi. Mehnat quvonchi bu turmush quvonchidir. Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo’lsa, u har qanday qiyin ishda ham go’zallikni ko’ra oladi va uni zo’r zavq-shavq bilan bajaradi.
Estetik va jismoniy tarbiya o’rtasida mustahkam bolanish mavjud bo’lib kishining mustakhamsotliti uchun mukim sanaladi. Insonning jismoniy kamoloti go’zallikni tasavvur eta olmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishida, ayniqsa, estetik tarbiya emas, hissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola yaltiroq bo’yoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan xuzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida uning sensor qabul qiluvchanligi takomillashib boradi.
Bu yoshdagi bolada kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi.
oshadi.
Qo’g’irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nihoyatda kuchli ta’sir etishi uning soddaligi, odatdan tashkari jo’shqinligi va qo’g’irchoqligi, shuningdek, badiiy so’z, musiqa, qo’shiq, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko’z o’ngida yaqqol namoyon bo’lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’g’irchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

  • O’tkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suxbati (bolalarda teatr qaxramonlarining o’ziga xos tabiati, xatti-harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash);

  • teatrning ta’sirchan, xis-tuyg’u va mazmunga boy tarzda o’tkazilishi;

  • teatr namoyishidan so’nggi suhbat (bolalarning voqealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari).

Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy didini o’stirishda kitoblar muhim rol o’ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu, mazmun bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Ayniqsa, ikki-uchli yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so’zlardan ko’ra rasmlarning ta’siri katta bo’ladi.
Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o’z o’rtoqlariga, kattalarga, qo’g’irchog’iga “o’kib” berish bilan uning mazmunini o’z xotirasida mustaxkamlaydi.

Download 463,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish