25
bilishlari kerak. Kurs ishii o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. Kurs ishilarining
hajmi fanlar va mavzularga qarab, belgilanadi.
Talabalar tomonidan bajariladigan Kurs ishilari haqiqiy ilmiy ishlarning
boshlanishidir. Bu munozarani talab etmaydi. Kurs ishii talabaga ilmiy izlanish,
ma’lum muammolarni o‘rganish va uning mohiyatini tahlil qilishda yordam
beradi. Zotan, talabalar o‘qish jarayonida ma’lum
doirada ilmiy-tekshirish
ishlari olib borgan bo‘ladilar. Talabalarning ilmiy ishlari talabalar ilmiy
jamiyatlari anjumanida tinglanadi, muhokama qilinadi, baholanadi. Bu jarayon
talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab boradi.
Mutaxassis bajargan Kurs ishi mavzusi uning magistrlik ishi bo‘lib davom
ettirilishi mumkin.
Reyting nazorati, maslahat, yozma ishlar nazorati
ham o‘qitish
jarayonining ajralmas tarkibiy qismlaridir. Ularning har biri o‘ziga xos
tomonlari bilan ajralib turadi.
Talabalarga ma’ruza o‘qishda, amaliy tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda,
seminarlar tashkil etishda, fanlar bo‘yicha “tayanch ibora” yozma ishlari
yozishda, kurs va Kurs ishilariga rahbarlik qilishda Oliy ta’lim
Kadrlar
tayyorlash Davlat standartilari ham nazariy, ham amaliy jihatdan to‘la amal
qilingan holda ish ko‘riladi.
Jismoniy tarbiyada me’riy hujjatlar:
O‘quv rejasi davlat xujjati bo‘lib,
o‘quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllarini aniq belgilab berishda, shuningdek,
talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda
alohida ahamiyatga
egadir. O‘quv rejasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, attesstatsiya sessiyalari,
Kurs ishilari, ta’til singarilarni olib borish va o‘tkazishning muddatlari aniq
ko‘rsatiladi. O‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich kurslarda ko‘proq umumiy
fanlar o‘qitiladi, yuqori kurslarda esa mutaxassislik bo‘yicha ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. O‘quv rejalari hamma o‘quv yurtlari uchun bir hilda
emas, chunki ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘quv
muddatini belgilashda hisobga olinadi. Shunga
26
muvofiq o‘qiladigan fanlar, attesstatsiyalar, kurs
ishlari miqdori semestrlar
bo‘yicha aniq belgilab chiqiladi.
Har bir fakultet uchun o‘quv rejalari tuziladi. Mutaxassis va Magistr o‘quv
rejasida o‘qiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, maxsus
kurslar, maxsus seminarlar, kurs va Kurs ishilari, pedagogik va ishlab chiqarish
tajribalari, attesstatsiya va reyting sinovlar muntazam ravishda aniqlab beriladi,
o‘quv rejasi tuzib bo‘lingach, muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan
o‘quv reja uzoq yillargacha amalda qo‘llanib boriladi. Lekin o‘qish jarayonida
ba’zi o‘zgartirishlar kiritish mumkin va bu o‘zgartirishlar
kafedra va
fakultetning tavsiyasi bilan universitet ilmiy kengashida tasdiqlangandan so‘ng
kuchga kiradi. O‘quv rejasidagi har bir fan o‘zining o‘quv dasturiga ega bo‘ladi.
Dasturlarni olimlar va tajriba o‘tkazuvchi o‘qituvchilar tuzishi mumkin.
Dasturlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi olim-pedagoglar
tomonidan tayyorlangani ma’qul. Chunki o‘quv rejasining mohiyatini faqat
auditoriya bilan muloqotda bo‘lgan mutaxassisgina to‘la ochib bera olishi
mumkin. Dastur qisqagina so‘z bilan boshlanib, so‘ngra
bir necha boblaryoki
bo‘limlarga ajraladi. Har bir bob yoki bo‘limda alohida o‘tiladigan mavzular va
kichik mavzular berilib, oxirida zaruriy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
keltiriladi. Dasturda fanlar bob, qism va bo‘limlarga ajratilib, har bir mavzu
bo‘limlarga bo‘linadi,
har bir bob, bo‘lim yoki qismdan so‘ng foydalanishi
lozim bo‘lgan adabiyotlar alfavit tartibida keltiriladi. Bu o‘qituvchining
ma’ruzalarga va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishini osonlashtiradi.
Shuning uchun o‘qituvchilar dasturdagi adabiyotlarning bir qisminigina
talabalarga mustaqil ishlash uchun tavsiya etishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: