Jismoniy tarbiya dasturlari:
Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishlarini olib
borish jismoniy tarbiya dasturi asosida tashkil etiladi. Dastur bajarilishi shart
bo‘lgan davlat hujjatidir. U o‘qituvchi yoki Ta’lim muassasalari rahbarlar
tomonidan Ta’lim muassasalari ìoddiy texnika bazasi imkoniyatlariga muvofiq
o‘zgartirilishi mumkin. Jismoniy madaniyat bo‘yicha dasturlar hozirgi zamon
ilmiy ma’lumotlar va o‘qituvchilarning amaliy tajribalari asosida ishlab chiqilib,
27
Ta’lim
muassasalari
talabalarining
jismoniy
tarbiyasida
nazariya
va
amaliyotning birligini aks ettiradi. Dastur mazmuni jismoniy tarbiyaning
sog‘lomlashtiruvchi, tarbiyaviy va ilmiy masalalarini hal etadigan turli xil
jismoniy mashq turlarining birligidan iborat. Sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy
masalalar xar qanday dars va mashg‘ulotlar uchun umumiy hisoblanadi.
Nazariy ma’lumotlar bo‘limiga talabalarni harakat tartibi, gigienik qoidalar,
jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida qomatni to‘g‘ri tutish va to‘g‘ri nafas olish bilan
tanishtirish kiradi. Shuningdek, bu bo‘lim chiniqish, darsdan tashqari vaqtlarda
faol dam olish, Ta’lim muassasalarida va uyda jismoniy madaniyat bilan
shug‘ullanish qoidalarini ham o‘z ichiga oladi.
Hàrakatli o‘yinlar bo‘limida umuman rivojlantiruvchi mashqlar, yugurish,
joyida va joyidan turib balandlikka, yugurib kelib uzunlikka sakrashlar, uzoqqa
va mo‘ljalga uloqtirish malakalari beriladi. Shuningdek harakatli o‘yinlardan
taqlidiy, estafeta, musobaqa va guruh o‘éinlari xamda ashula va she’r jo‘rligida
o‘ynaladigan o‘yinlar qoidalari va talablari bayon etiladi.
Engil atletika va kross tayyorgarligi bo‘limiga yurish, yugurish, joydan
turib va yugurib kelib uzunlikka sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash,
uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish hamda qisqa va uzoq masofaga yugurishlar va
almashlab yurishlar kiradi.
Sport o‘yinlari bo‘limida sport o‘yinlaridan basketbol, futbol, gandbol,
voleybol bo‘yicha jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari mashqlar
texnikasi o‘rgatiladi. Sport o‘yinlari turiga muvofiq to‘p olib yurish to‘pni qabul
qilish uzatish jarima to‘plari chiqarish malaka va ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
Gimnastika bo‘limida osilish va tayanish, akrobatika, tirmashib chiqish,
“muvozanat
saqlash
mashqlari”,
tayanib
sakrash,
saf
mashqlari,
umumrivojlantiruvchi mashqlar, buyumlar bilan mashqlar kabi jismoniy
mashqlar texnikasi o‘rgatiladi.
SHuningdek suzish, kurash va musiqiy ritmik tarbiya bo‘yicha amaliy va
nazariy bilimlar ham dasturda aks ettiriladi.
28
Hàr xil iqlimiy sharoitlar tufayli Ta’lim muassasalaridagi o‘quv ishlarini
olib borish sharoiti ham bir xil emas, shuning uchun bir o‘quv materialni
boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. qaerda suzishga imkoniyat bo‘lsa,
o‘sha joyda dasturning ayrim bo‘limlarini qisqartirish hisobiga suzish darslariga
soat ajratiladi. Xar bir turdagi mashg‘ulot organizmga, harakat ko‘nikmalarining
shakllanishiga,
harakat
sifatlarini,
avvalo
tezkorlik
va
chaqqonlikni
tarbiyalashda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, ma’naviy va irodaviy xislatlarni
tarbiyalashda yordam beradi.
Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida jismoniy tarbiya
o‘qituvchilari jamoasi jismoniy tarbiya darslarining yillik rejasini ishlab
chiqadilar. Jismoniy tarbiya darslari yillik rejasi har bir ta’lim bosqichi uchun
alohida tuziladi. Boshlang‘ich sinflar uchun alohida, o‘rta sinflar uchun alohida
va yuqori sinflar uchun alohida reja tuzilib, reja mazmunini talabalar yoshi va
jismoniy rivojlanishi hamda qiziqishlariga muvofiq sport turlari tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinflarda asosan harakatli o‘yinlar va gimnastika mashg‘ulotlari
bo‘lsa, o‘rta sinflarda sport o‘yinlari va engil atletika mashqlardan foydalaniladi,
yuqori sinflarda esa sport o‘yinlari bilan birga kurash va suzish mashg‘ulotlari
qo‘llaniladi. Yillik rejaga asosan chorak rejalari tuzilib, chorak rejalar
mazmunini shu chorakda o‘tiladigan o‘quv materiallari tashkil etadi. Chorak
rejalarga muvofiq dars rejalari tuzilib, har bir darsda o‘òiladigan o‘quv
mashg‘ulotlari mazmuni yoritiladi. Dars rejalariga muvofiq dars bayonlari
yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o‘quv materiallari keng yoritiladi va
uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi.
Jismoniy tarbiya dasturida talabalarni yosh xususiyatlari hamda jins
xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy
rivojlanish darajalarini nazorat qilish me’yorlari beriladi, nazorat darslari xar bir
chorak so‘ngida o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturida
jismoniy tarbiyadan talabalar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari hamda
sinfdan tashqari ishlarda jismoniy madaniyat, umumiy jismoniy tayyorgarlik va
29
sport to‘garaklari ish faoliyati maqsadi va vazifasi hamda mazmuni ham keng
yoritiladi.
Jismoniy tarbiya nazariy ma’lumotlarning vazifasi talabalarga jismoniy
madaniyat va sport soxasida zarur bilimlarni berish, jismoniy mashqlar
ahamiyatini tushuntirish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va ularni qo‘llay olish
malakasini berish. Ta’lim muassasalari talabalarning harakat rejimi bolalarning
sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda, xar tomonlama jismoniy rivojlanishda
faol harakat rejimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy mashqlardan
oqilona foydalanish ta’sirida inson muskullari kuchli, chaqqon, aniq harakatli
bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi.
Bolaning yoshiga xos tabiiy harakat ehtiyojini, katta harakat faolligini
rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish, harakat tartibini yaratishi lozim.
Jismoniy mashg‘ulotlarning gigienik qoidalari - har qanday jismoniy mashg‘ulot
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilingan holda o‘tkazishi kerak. Bu talablar
quyidagilar: mashg‘ulotlar joyining gigienik jihatdan mos bo‘lishi, tegishli
jihozlar, inventar, maxsus ust-bosh va oyoq kiyimning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |