O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA VILOYATI KASBIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH
VA
MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI
OLTIARIQ SANOAT TEXNIKUMI
"TASDIQLAYMAN"
Oltiariq sanoat texnikumi direktori
_________ U.Jomiyev
"____" _________________ 2021 yil
« Axborot xafsizligi » FANI ISHCHI O’QUV DASTURI
-3.03. « Axborot xafsizligi » o’quv Aoti fani
-Tayyorlov yo‘nalishi: 5.32.06.01 -« Axborot xafsizligi »
-5.32.06.01 -« Axborot xafsizligi » kasbi
- Kvalifikatsiya nomi : Axborot xafsizligi
Mazkur ishchi dasturi “ Axborot xafsizligi ” o‘quv fan (modul)ining
20___ yil ”__ ” ”___ ” kundagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
_____ - sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan ___-raqam bilan ro’yxatga olingan
namunaviy o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Oltiariq-2021
Farg‘ona Davlat Universiteti huzuridagi Oltiariq sanoat texnikumi tomonidan
Kvalifikatsiyalar bo’yicha ishlab chiqilgan 20___ yil ”__ ” ”___ ” kunda
tasdiqlangan ishchi o’quv rejasi da fani ( moduli ) yoki amaliyotiga jami ” __ ”
soat ajratilgan
Mazkur fan (moduli) yoki amaliyotning mashg’ulot turlari bo’yicha semestrlar kesimida quyidagicha soatlar miqdori taqsimlangan.
3-ilova
№
|
Mashg‘ulot turlari
|
Ajratilgan soat
|
Shundan semestrlar kesimida
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
1
|
Jami auditoriya yuklamasi
|
60
|
60
|
|
|
|
2
|
Nazariy masg‘ulot
|
40
|
|
|
|
|
3
|
Amaliy mashg‘ulot
|
20
|
|
|
|
|
4
|
Laboratoriya mashg‘uloti
|
|
|
|
|
|
5
|
Seminar
|
|
|
|
|
|
6
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
|
|
|
|
|
7
|
O‘quvchining mustaqil ishi
|
30
|
|
|
|
|
Tuzuvchi(lar): B.Solijonov
|
|
|
Oltiariq sanoat texnikumi, O’qituvchisi
|
Tuzuvchi(lar): _____________
|
|
|
_____________________________
|
Tuzuvchi(lar): _____________
(F.I.Sh)
|
|
|
_____________________________
(ish joyi, lavozimi)
|
Taqruzchi(lar): _____________
|
|
|
_____________________________
|
Taqruzchi(lar): _____________
(F.I.Sh)
|
|
|
_____________________________
(ish joyi, lavozimi)
|
Oltiariq sanoat texnikumining 20___ yil ”__ ” ”___ ” kundagi Pedagogik kengashida muhokama qilindi, mazkur ishchi o‘quv dasturini tasdiqlashga va o‘quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi. Bayonnoma № ___
“
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir…” Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Kirish
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish; telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish; qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish; Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmon ishlab chiqildi Farmonga mofiq:
1. 2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasida” nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik):
Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Axborot xavfsizligi boshqarmasi tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha konsultant, shuningdek, “Xavfsiz shahar” kompleksini barpo etish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida, keng ko‘lamda va sifatli amalga oshirish uchun mas’ul O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlari tugatilsin.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 129 nafar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga:
zarur hollarda Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga cheklangan boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat soniga o‘zgartirishlar kiritish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlikning va uning hududiy boshqarmalarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, fan-ta’lim muassasalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xalqaro va xorijiy kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish;
ishga belgilangan tartibda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni qabul qilish, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan ularga erkin muomaladagi valyutada mehnat haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tenglashtiriladi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlik hamda Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini nazorat qilish inspeksiyasining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.