I. Kirish II. Asosiy qisim



Download 189,67 Kb.
bet4/9
Sana21.05.2022
Hajmi189,67 Kb.
#605934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Салаева Мадина Курс иши

1941-1945 yillar. Zavodning 465 nafar ishchi, injener-texnik xodimi frontga jo’nab ketdi. Ularning uchdan birqismi qaytib kelmadi.
1950-1960 yillar. Zavodda 4 ta tsex 8 smena ishladi. U o’z mahsulotlarini AQSh, Daniya, GDR, Polsha, Misr kabi 12 davlatga eksport qilib turdi.
1959-1963 yillar. Korxona Taxiatosh elektr energiyasi va Buxoro gaziga uzluksiz ulandi.
1965-1980 yillar. Urganch yog’-moy zavodiga Sotim Nurmatov rahbarlik qildi.
1964-1977 yillar. Urganch shahrida zamonaviy yog’-moy kombinati qurish va smeta loyihalarini tayyorlash 15 yilga cho’zildi.
1977 yil 28 oktyabr. O’rta Osiyoda eng ulkan (gigant) Urganch yog’-moy ekstraktsiya kombinatining birinchi bosqichi ishga tushirildi.
1979-1999 yillar. Korxonaga mohir tashkilotchi Telman Razzoqovich Musaev rahbarlik etdi.
1990 yil dekabr. Korxonaning 100 yillik yubiley to’yi o’tkazildi.
1991 yil 31 avgust. O’zbekiston Mustaqilligi kuni korxonada katta shodiyonaga aylandi.
1994 yil. Kombinat davlat tasarrufidan chiqarilib korporativ boshqarishga asoslangan ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
1991-2000 yillar. Kombinat yiliga 40-42 ming tonna o’simlik yog’i, 36 ming tonna tozalangan

yog’, 15 ming tonna xo’jalik sovuni ishlab chiqarib, jami mahsulotlar 40 million so’mni tashkil etdi. 1999 yilda yalpi mahsulotning yillik qiymati 5,4 milliard so’mdan oshdi.Oziq ovqat sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin,mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yo.m.s. oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi.Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRdaYo.m. s. rivojlanishi paxta yetishtirishning oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgani sababli yogʻ-moy korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga qurilgan va respublikaning hamma viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari) mavjud. Oʻzbekistonning zamonaviy Yo.m. s.da yiliga 3,5 mln. tonna chigit va


b. moyli oʻsimliklar urugʻlarini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 21 korxona ishlaydi (2001). Korxonalar "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi, tarmoqdagi engyirik korxonalar: "Yangiyoʻl yogʻmoy", "Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy", "Buxoro yogʻekstraksiya", "Qarshi yogʻekstraksiya","Qoʻqon yogʻ-moy", "Fargʻona yogʻ-moy", "Andijon yogʻ-moy", "Asaka ekstraksiya", "Uchqoʻrgʻon yogʻekstraksiya","Namangan yogʻekstraksiya", "Toshmargyogʻ" (Toshkent
sh.), "Surxonoziqovqatsanoat" (Denov sh.), "Guliston yogʻekstraksiya", "Kogon yogʻekstraksiya", "Urganch yogʻ-moy", "Koson yogʻekstraksiya", "Xoʻjaylimoy", "Yogʻgar"(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy sh.), "Chimboymoy" aksiyadorlik jamiyatlari. Korxonalarda jami 227 ming toʻsimlik moyi ishlab chiqarildi (2000). Oʻrta Osiyoda juda qadimdan turli oʻsimliklar, moyli
ekinlar urugʻlaridan yogʻolish bilan shugʻullanib kelingan. Yogʻ asosan juvozpasha
olingan. Xom ashyo sifatida paxta chigiti, kunjut, zigʻir,mahsar, yer yongʻoq, danaklar va b.dan foydalanilgan. Turkiston oʻlkasida t. y. qurilishi va tashqi bozorlar bilanaloqaning yaxshilanishi natijasida Yo.m. s. ham rivojlandi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zd 1884 y.da Qoʻqonda ishga tushirilgan,
1896 y.da Kattaqoʻrgʻon sh.da (Samarqand viloyati) yogʻ zavodi qurildi. 1913—14
y.larda 30 ta yogʻ zavodi boʻlib, 57 ming t oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarilgan. Oktyabr toʻntarishidan keyin Shoʻrolar hukumati barcha sanoat korxonalari kabi, yogʻ zdlarini ham natsionalizatsiya qilishi natijasida zdlarfaoliyati toʻxtab qolgan. 1922 y. boryoʻgʻi 2 ta yogʻ zavodi ishlab turgan. Oʻzbekistonda paxta maydonlarining kengayishi va paxta yetishtirishning koʻpayib borishi bilan bogʻliq holda 30-y.lardan boshlab Yo.m. s. sezilarli taraqqiy etdi, 1929—33 y.larda 1612 ming t chigit qayta ishlandi va 247,3 ming t oʻsimlik yogʻi tayyorlandi. 1971 — 75 y.larda11 mln. t ga yaqin chigit qayta ishlanib 1549,6 ming t oʻsimlik moyi tayyorlandi. 1930y.larda hozirgi quvvati 810—950t/sutka chigit boʻlgan
Qoʻqon va Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy k-tlari, 1980 y.da quvvati 1200 t/sutka chigit boʻlgan Koson va Guliston yogʻekstraksiya zdlari qurilib, ishga tushirildi. Yo.m. s. taraqqiy etishi natijasida yangi xil mahsulotlar ham tayyorlana boshladi. Avval fakat tozalanmagan (qora) paxta yogʻi tayyorlangan boʻlsa, keyinchalik yogʻni tozalash yoʻlga qoʻyildi va oliy navli tozalangan yogʻ ishlab chiqarildi, oziqovqat uchun va texnikada ishlatiladigan salomas,glitserin, moy kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar, sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar, boʻyoq moddalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Yo.m. s. chiqindilarsiz ishlash sxemasida ishlaydi. Oʻsimlik moyi presslash va ekstraksiya yoʻli bilan olinib, ketmaket tozalanadi va dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda keyingi yillarda kungaboqar pistasi va mahsar urugʻlaridan yogʻ i. ch. yoʻlga qoʻyildi. I. ch. quvvatlaridan toʻliq foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini koʻpaytirish maqsadida import boʻyicha soya dukkagi olinmokda. Ularni qayta ishlashdan chiqqan
soya shrotlari chorva mollari va parrandalar uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Isteʼmolmoylarining qimmatli turlarini i. ch.da konserva zdlarining chiqindilari boʻlgan meva sabzavot va poliz ekinlarining danak va urugʻlaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik moyi turlari koʻpaytirilmokda. "Qoʻqon yogʻ-moy"
aksiyadorlik jamiyatida mevasabzavot danaklaridan, shu jumladan, shaftoli, oʻrik, uzum, bodom, tarvuz, qovun,pomidor va b. urugʻlaridan ishlab chiqarilayotgan yogʻmoy mahsulotlari attorlik va oziqovqat sanoatida katta talab bilan foydalanilmokda. 90y.larning 2yarmidan yogʻ-moy maqsulotlarini i. ch., qayta ishlash, isteʼmol va saqlash uchun qulay idishlarga qadokdash boʻyicha yangi texnologiyalar keng miqyosda oʻzlashtirilmoqda. Margarin mahsulotlari"Tashmargyogʻ" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilmokda (i. ch. yillik quvvati 22,4 ming t). Buxoro shaxrida Oʻzbekiston-Isroil
"BuxTel" mayonez ishlab chiqaradigan zamonaviy qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Kirsovun va atirsovun tarmokdagi 10 ta korxonada — Fargʻona, Yangiyoʻl, Andijon, Urganch, Kattaqoʻrgʻon, Keles sh.dagi korxonalarda ishlab chiqariladi (yalpi yillik quvvati 103,7 ming t). 1996 y.dan respublikada sovun ishlab chiqarish korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo bilan taʼminlash uchun "Urganchyog"
aksiyadorlik jamiyatida chigit soapstokiasosida yogʻ kislotalari (palmitin va olein kislotalari) i. ch. yoʻlga qoʻyildi.
Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar
uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda "Krupp", "Sket" (Germaniya), "AlfaLaval"(Shvetsiya), "Jon Braun", "Karver", "Kraun" (AQSH), "Motssoni", "Bollistra" (Italiya), Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 1996 y.dan boshlab Yo.m. s. tarmogʻiga toʻgʻridantoʻgʻri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqsa. Buning natijasida tarmokda 9 qoʻshma korxona tashkil etildi va faoliyat yuritmokda.Xorijiy mamlakatlardan Italiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Fransiya va AQShda Yo.m. s. rivojlangan. Oʻz xomashyo bazasida ishlaydi, asosan kungaboqar, zaytun va b. oʻsimlik moylari, margarin mahsulotlari, sovun va sintetik yuvish vositalari katta hajmlarda ishlab chikariladi







Download 189,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish