2019 yilda viloyat jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi shahar va
tumanlar ulushi (% da
Xonqa; 6,0
Shovot; 4,4
Gurlan; 4,1
Bog'ot; 3,1 Urganch t.; 3,0 Yangiariq; 2,5
Qo'shko'pir; 2,2
Xiva sh.; 1,4
Yangibozor; 1,4
Urganch sh.; 23,3
Xazorasp; 47,4
Diagrammada ko’rinib turibdiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida
ulushi yuqori bo’lgan Xazorasp tumani 47,4 foiz, Urganch shahri 23,3 foiz, Xonqa
6,0 foiz, Shovot 4,4 foiz va Gurlan tumani 4,1 foizni tashkil qildi hamda eng past
bo’lgan Qo’shko’pir tumani 2,2 foiz, Yangibozor 1,4 foiz, Xiva shahri 1,4 foiz va Xivatumani 1,4 foizni tashkil qildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish indeksi
suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi,
chiqindilarni utilizatsiya qilish 94,8%
elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni
konditsiyalash 115,6%
ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat 107,3%
Tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 45 martaga
Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch shahrida paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam
fabrikasi, „Xiva gilami“ aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748
ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004).
Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya „Bagat Tekstil“, „Xorazm-Nurtop“, „SemurgʻSanTe“, „Xorazm Tekstil“, „Memgilam“; Oʻzbekiston — AQSH „Amerozindustriyes“, „Xiva malikasi“,
Nurlayt“, „Rahnamo Hyp“; Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, „OʻzOlmonXotelz“, „Xiva Karpet“; Oʻzbekiston- Britaniya „Xiva“; Oʻzbekiston-Rossiya „NamunaAgrofud“; Oʻzbekiston — Italiya „Meva“; Oʻzbekiston-Ukraina
„KiyevXorazm“; Oʻzbekiston — Xitoy „Aziya Tekstil LTD“; Uzbekistan-Turkmaniston „GʻayratXumoyun“ va boshqa
shular jumlasidandir.
Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik,
sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat
koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q.h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4 % haydaladi, 18,2 % yaylov, oʻtloq, 1,3 % bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6 % ni, tutzorlar 0,9 %
tashkil etadi.
1991-2003 yillarda kanal va ariqlar rekonstruksiya qilinib, suv yoʻllarining umumiy uzunligi koʻpaydi. Xorazm viloyatidagi shoʻr suvlar viloyat tashqarisiga zaxkashlar orqali chiqarib tashlanadi. Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan,
bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi.
Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xivaparrandachilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasining paxtachilikbedachilik zonal kompleks tajriba styasi (Urganch shahrida), Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar koʻchatzori, oʻrmon koʻchatzori (Urganch tumanida) va boshqa bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |