Asosiy tayanch tushunchalar
O'tish davri
— bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan
butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga o'tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari
— bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga
qaratiltan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar
- iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o'zgarishlarni amalga oshirishga
qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad
— turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish
iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini
erkinlashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish uchui barcha shart-sharoitlarni yaratish demaqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |