Mulkka egalik qilish
— mulkdorlik huquqining mulk egasi qo'lida saqlanib turishi va
yaratilgan boyliklardan o'zlashtirishning ijtimoiy shaklidir.
Mulkdan foydalanish
— mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi, ijtimoiy hayotda
qo'llanilishidir.
Mulkni tasarruf etish
— mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir.
Mulk obyektlarn
— mulkka aylangan barcha boylik turlaridir,
Mulk subyektlari
— jamiyatda ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqyeiga ega bo'lgan, mulk
obyektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilaridir.
Xususiylashtirish
— mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy shaxslar ixtiyoriga
o'tishidir.
Mulkni davlat tasarrufndan chiqarish —
shu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk
shakllarini vujudga keltirishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |