a)
davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning
ichki mantiqiga bo'ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b)
mulkiy xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
v) xususiylashtirishni huquqiy — normativ jihatdan ta'minlashda qonunlarga rioya
etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo'yicha qo'yilgan vazifa davlat sektorining bozor
sharoitida ham sezilarli rol o'ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotda davlat korxonalarining
saqlanib qolishi kerak bo'lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor
sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish
talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |