I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Suvda, quruqlikda yashovchilar — Amfibiya



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Suvda, quruqlikda yashovchilar — Amfibiya. 
Amfibiyalar suv va quruq- 
likda yashovchi hayvonlaming oraliq holatini egallab, ularga 4 000 ga 
yaqin tur kiradi. Ularning butun hayoti b a’zi lichinka davrida suv bilan 
bog‘langan. Ular suvga yaqin joylarda, nam yerlarda yoki suvda yashaydi. 
Ulardan birinchi b o ‘lib ovoz paydo bo‘lgan. Ularning tanasi yalang‘och 
teri bilan qoplangan b o‘lib, ten ustida shilimshiq moddasi bo‘ladi. Tanasi 
bosh va tana qismlarga ajralgan. K o‘krak qafasi va qovurg'alar ularda 
bo‘lmaydi. Biroq besh bo'lakli orqa va oldingi oyoqlari mavjud. Muskul 
sistemasi yaxshi rivojlangan.
Ovqat hazm qilish organlari og‘iz bo ‘shlig‘i, tomoq, qizilo'ngach, m e’da 
va ichaklardan tashkil topgan bo‘lib, kloaka bilan tugaydi. Tili yaxshi 
rivojlangan. Jigar, oshqozon osti bezi va so‘lak bezlari ham b o ‘ladi.
Lichinkalari jabralari bilan yetilgan organizm esa o'pkasi bilan nafas 
oladi. Nafas olishda anchagina kapillyarlar b o ‘lgan terisi ham ishtirok eta- 
di.
Q on-tom irlar sistemasi uch kamerali yurakdan (ikkita bo‘lmacha, bitta 
qorincha), arteriya, vena va kapillyar qon-tom irlaridan tashkil topgan 
ikkita qon aylanish doirasi bo‘lib, ularda vena va arterial qonlar aralashib 
ketadi.
Ayirish organi primitiv shakldagi juft buyrak, ikkita siydik yo'llari, 
qovuq va kloakadan tashkil topgan. Amfibiyalar ayrim jinsli organizmlar 
bo‘lib, urg‘ochilarida ikkita tuxumdon, erkaklarida 2 ta urug'don bo'ladi. 
Rjvojlanishi metamorfoz yo‘li bilan bo'ladi. Tuxumdondan lichinka chi­
qib (suvda ) itbaliqqa aylanadi.
Sudralib yuruvchilar sinfi - Reptiliya.Ular 
chin quruqlik hayvonlari 
bo'lib, 7000 dan ortiq turni o ‘z ichiga oladi.
Xarakterli belgilaridan biri ular quruqlikda tuxum qo‘yib ko‘payadi, 
o ‘pkasi bilan nafas oladi va terisi shoxsimon o ‘simtalar bilan qoplangan. 
Tuxum qattiq po‘choq biJan o ‘ralgan bo‘lib, tuxum sarig‘i yaxshi rivojlangan. 
Ularning homilasini himoya qiluvchi qobiq-amnion yaxshi rivojlangan. Shu 
sababli suvda va quruqda yashovchilar, qushlar va sutemizuvchilar bilan 
birga bir guruhga, ya’ni amniotlarga kiritilgan.
Ularda birinchi b o ‘lib nerv sistemasida katta yarim sharlar p o ‘stlog‘i 
paydo bo‘lgan, tanasi shoxsimon tangachalar bilan qoplangan teri qavati 
bilan o'ralgan b o ‘lib, unda shilimshiq moddasi bo'lmaydi.
Tanasi bosh, b o ‘yin, gavda, dum va oyoq-qo‘llaridan tashkil topgan
93


(ilonlar bundan mustasno). Skeleti ham yaxshi rivojlangan bo‘lib, u bosh, 
bo‘yin, ko‘krak, bel, dum g‘aza va dum qismlariga ajralgan. Ba’zi turlaridan 
bo‘lak hammasining bosh skeleti monolit tuzilgan (ko‘z, burun teshik- 
laridan tashqari). Bo‘yin umurtqasida atlant va epilitrofey bo‘lib, ular 
yordamida bosh qismi harakati kengayadi. Oyoqlari besh barmoq bilan 
tugaydi.
Skelet-muskul sistemasi suvda va quruqlikda yashovchilarga nisbatan 
kuchli rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi ham kuchli differensiya- 
langan b o ‘lib, ko‘richak qoldiqlari ham bo'ladi.
Nafas olish sistemasi. Traxeyalari bronxlarga bo‘linib o ‘pkaga kirib boradi. 
Teri orqali nafas olish ularda b o ‘lmaydi. Q on-tom ir sistemasi ham ancha 
takomillashgan bo‘lib, yuragi uch kamerali. Yurak qorinchasi to ‘siq bilan 
arterial va venoz bo'laklarga ajralgan. Timsohlarda esa to 'rt kamerali yurak 
rivojlangan. Sudralib yuruvchilarda to ‘la ajralmagan ikkita qon aylanish 
doirasi mavjud bo ‘lib, natijada venoz va arteriya qonlari qisman ajralib 
ketadi. Ayirish organi bir juft buyrak va kioakaga boruvchi bir juft siydik 
yo‘llaridan tuzilgan qovug‘idan iborat.
Nerv sistemasi ham ancha progressiv tuzilishga ega bo‘lib, uning bosh 
miyasi, uzunchoq miya ham bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining 
boshlang'ich qismi rivojlangan. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari 
boshlanadi. Sudralib yuruvchilarda yuksak hayvonlarga xos bo'lgan barcha 
endokrin bezlari bo‘ladi.
Ularning tana harorati tashqi muhitga bog‘liqdir. Sudralib yuruvchilar 
ayrim jinsli organizmlar b o ‘lib, ularda jinsiy deformizm kuchli rivojlangan. 
Ular orasida tuxum qo ‘yib ko‘payadigan hamda tirik tug‘uvchi vakillari 
ham uchraydi. Biroq tirik tug'uvchilari keng tarqalgan bo‘lib, bu sinf 
tangachalilar, toshbaqalilar, timsohlar, dastlabki kaltakesaklar kabi tur- 
kumlarga (tartiblaiga) bo'linadi. Ularning xo'jalik ahamiyati katta. Masalan, 
ko'pchilik ilonlar zahar saqlaydigan bo'ladi yoki tishlari bo'ladi. Terisi 
ham sanoatda ishlatiladi. Ba’zi bir toshbaqalar va ularning tuxumlari ovqatga 
ishlatiladi. Timsohlaming ham xo'jalik ahamiyati (terisi ishlatiladi) katta, 
biroq inson hayoti uchun ular xafv tug'dirishlari mumkin. Sudralib yu­
ruvchilar qushlar va sutemizuvchi hayvonlaming dastlabki avlodlari hisob­
lanadi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish