I guruh yonaki guruhcha metallarining davriy jadvaldagi o‘rni. Atom tuzilishi. Xossalari. Mis Kimyo fani darsligi asosida 26-mavzu Reja:
2
3
4
Mis
1
Olinishi.
Kimyoviy xossalari
Fizikaviy xossalari.
Davriy jadvalning 1-guruh yonaki guruhchasida uchta element – mis, kumush va oltin joylashgan bo‘lib, bular mis guruhchasi elementlari deb ham ataladi.
Mis
Kumush
Oltin
Rux guruhchasida elementlarning tartib raqami ortib borgan sari metallik xossasi ortib boradi, kimyoviy aktivligi esa kamayib boradi. Mis kimyoviy elementlar davriy jalvalida 4-davr, 5-qator, 1-guruhning yonaki guruhchasida joylashgan bo‘lib, tartib raqami 29.
Kimyoviy elementlar davriy jadvalida joylashgan o‘rni va atom tuzilishi.
Mis
Nisbiy atom massasi 63,546 ga teng.
Kumush kimyoviy elementlar davriy jadvalida 5-davr, 7-qator, 1guruhning yonaki guruhchasida joylashgan.
Tartib raqami 47.
Nisbiy atom massasi 107,868.
Oltin kimyoviy elementlar davriy jadvalida 6-davr, 9-qator, 1-guruhning yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib raqami 79. Nisbiy atom massasi 196,967. Mis, kumush, oltin O‘zbekistonda juda ko‘p uchraydi. Mis zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 10–11-o‘rinda, oltin zaxiralari bo‘yicha 4o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa 7-o‘rinda turadi. Mis rudalari Olmaliqdagi Qalmoqqir konida mavjud bo‘lib, bu ruda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta ishlanadi. Mis.
Mis insonlarga juda qadimdan ma’lum bo‘lgan metallardan biridir. Misning qalay bilan hosil qilgan qotishmasi – bronza qadimda turli xil haykallar, qurol-aslahalar, ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash uchun ishlatilib kelingan.
Olinishi.
Sanoatda metallarni olish uchun metall oksidlarini ko‘mir yoki is gazi yordamida qaytarib olinadi.
Misni olish uchun avval Cu2S (mis yaltirog‘i) rudasi yondiriladi:
2Cu2S + 3O2 → 2Cu2O + 2SO2↑
Kumush (Ag). Kumush insonlarga juda qadimdan ma’lum bo‘lgan qimmatbaho metall. U yaltiroq, oq rangdagi yumshoq metall bo‘lib, elektr va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Juda yaxshi bolg‘alanadi. Kumush yumshoq metall bo‘lganligi sababli uning mis yoki rux bilan turli nisbatdagi qotishmalari ishlatiladi. Ya’ni bunday qotishmalardan har xil bezak buyumlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, kumush tangalar tayyorlanadi. Oltin (Au). Oltin tabiatda, asosan, sof xolda (tug‘ma) uchraydigan metall bo‘lib, tabiatda yombi holida juda kam, mayda-mayda holatda qum va tog‘ jinslarida sochilib joylashgan. Oltin qimmatbaho zargarlik metalli. Ammo u yumshoq. Shuning uchun zargarlik va texnik buyumlar tayyorlash uchun uning kumush yoki mis bilan hosil qilgan qotishmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |