Menki pishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiydan olib choshni...
deb izohladi Haydar Xorazmiy o‘z ijodiy jasoratini. Uning tarjimasida shoir qanchalar zabardast she’r sohibi bo‘lganligi ravshan ko‘zgatashlanib turadi. 0‘zbek shoirlari o‘z ijodiy ishlarini laziz taom tayyorlashga qiyos qiladilar . Bu sodda fikrlash tarziga o‘xshab ko‘rinsa-da, tagida chuqur ma’no yotadi. U milliy xalqona fikrlash namunasidir. 1353 yilda Turonning Sirdaryo bo‘ylarida dunyoga kelgan dunyodagi eng go‘zal oshiqona dostonlardan biri “Muhabbatnoma” da ham shunga yaqin o ‘zbekona fikrlash , his qilish, o‘xshatish yo‘sinlariga har satrda duch kelamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |