I. G‘afurov, O. Mo‘minov, N. Qambarov tarjima nazariyasi


§7. Xalqaro aloqalarning til va tarjimadagi aksi



Download 1,41 Mb.
bet18/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#261283
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
Tarjima

§7. Xalqaro aloqalarning til va tarjimadagi aksi
Tarjimalarga xalqlar o‘rtasida ma’rifat tarqatish vositasi deb qarash, u orqali o‘zga xalqlar bilan yaqinlashishni ko‘zlash davom etib bordi. To XX asrgacha Sharq xalqlarining ko‘plab madaniy, ilmiy, tarixiy, adabiy yodgorliklari o‘zbek tiliga o‘girildi.
XVI asrda mashhur muarrix Rashididinning “Jome’ ut - tavorix” hamda Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafamoma” tarixiy asarlari Ko‘chkinchixonningbuyrug‘iga ko‘raDarveshAlitomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi. Vosifiyning shu davrda yozilgan bag'oyat qimmatli “Badoye’ ul - vaqoye” asarini XIX asrda Dilovarxo'ja o‘zbekchalashtirdi. “Bobumoma” 1586 yilda fors tiliga, 1826 yilda ingliz tiliga (Jon Leyden va V.Erskin), 1705 yilda golland tiliga, 1828 yilda nemis tiliga (A.Kayzer), 1871 yilda fransuz tiliga (Pave de Kurteyl) hamda rus tiliga bir necha marta tarjima qilindi. (J.Sharipov. 0 ‘zbekistonda tarjima tarixidan. Т., 1965, s. 69). Yirik tadqiqotchi olim Jumaniyoz Sharipovning o'rganishicha, Xomushiy degan shoir 1682 yilda buyuk fors adibi Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarini ham nasr, ham she’r bilan o ‘zbek tiliga ag‘dardi. Bu asar ko‘p zamonlar o‘zbek xalqi o‘rtasida qo‘lma-qo‘l va davrama —davra o‘qilib yurdi. Bu tekis, ochiq va ishonarli tarjima natijasidir. XX asming ikkinchi yarmida zamonaviy o‘zbek shoirlari “Shohnoma”ni yangidan tarjima qilib xalqqa tortiq qildilar. “Kalila va Dimna”

XIII asrdan buyon o‘zbek tiliga bir necha bor o ‘girilib, xalq ichida keng o‘qilgan va mashhur bo‘lgan tarjima asarlardan hisoblanadi. Uning mumtoz tarjimasi yirik shoir Qori Fazluloh Almaiy qalamiga mansub bo‘lib, O'zbekistonda shuhrat qozondi, kitobxonlaming sevimli asariga aylandi. Bu asar XX asming 60-yillarida sharqshunos Suyima G ‘aniyeva tomonidan zamonaviy o‘zbek tiliga izohlar bilan tarjima qilindi. Tarjimashunos Jumaniyoz Sharipovning uzoq tarix qatlaridan avaylab, sinchiklab yiqqan boy ma’lumotlariga qaraganda, XIX asrda va XX asrning boshlarida Xorazmda tarjimachilik ancha kuchli ravnaq topgan. Bu yerda ko‘plab yirik shoir, tarixchi, solnomachi, tarjimonlar yetishib chiqdi. O‘zbekistonda bu davrda adabiyot va tarjimashunoslikning rivojida Shermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy, Bayoniy, Rojiy, Komil Xorazmiy, Tabibiy singari ulkan shoir tarjimonlar sifatida ham faol faoliyatda bo‘ldiiar. Ular tomonidan “Ravzat us-safo”, “Tarixi tabariy”, “Zafarnoma”, “Guliston”, “Haft paykar”, “Yusuf va Zulayxo”, “Qobusnoma”, “Bahoriston”, “Hasht bihisht”, “Axloqi Muhsiniy”, “Ra’no va Zebo” singari qator tarixiy, adabiy, axloqiy mumtoz asarlaming tarjima qilinishi XIX-XX asr boshlarida 0 ‘zbekistonda tarj imachilik yangi pog‘onalarga ko‘tarilib borganiigidan darak berdi. Almaiy, Ogahiy, Bayoniy, Xondayliqiyga kelib tarjima tili ancha baland badiiy saviyaga erishdi, u hozirgi zamonaviy o‘zbek tilining ustuvor bo‘lishida va keng tomir otishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Tilda aniqlik, yorqinlik, soddalikka intilish kuchaydi. Bayoniy, misol uchun “mardumoni Turon” deyish o‘miga “Turon xalqi” degan afzal emasmi, “tashrif aylab” degandan ko‘ra sof o‘zbekcha qilib “kelib” deyish yaxshi bo‘lmaydimi deb shu kabi muhim savollarga yechim topdi. Tildagi hashamdorlikni Bayoniy “zabondarozlik” deb atadi va hamkasblarini sodda, tushunarli va ifodaviy yozishga, to‘g‘ri tarjima qilishga undadi. Bayoniyning o‘zi XVI asr shoiri Binoiyning “Shayboniynoma” asrini fors tilidan juda go‘zal o‘zbek tiliga tarjima qildi va namuna ko‘rsatdi. Bayoniy tarjimalaridan bo‘lajak XX asr o‘rtalaridagi tarjimachilikning isi kelib turadi.

III. TARJIMONLIK FAOLIYATI TARIXI DAN


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish