§3. Tarjimada frazeologik birliklarning mos kelishi
Frazeologik mos kelishlaming asosiy turlari quyidagilardir:
To‘liq moslashish. Misol: to lose one’s head - kallasini yo‘qotmoq - потерять голову.
Qisman moslashish, ular obrazlilik jihatidan yaqin, lekin leksik tuzilishi, sintaktik kelishuvidan va so‘zlar tartibi jihatidan farqlanadi. Misol: to get out of bed on the wrong foot - встать не с той ноги - chap yoni bilan turmoq.
3. Moslashishning bo‘lmasligi.
Наг xil tillarda ko‘p frazeologik birliklarning frazeologik moslashuvi mavjud emas. Ular realiyadir.
Realiyalar leksik birlik boiib, insonlar hayotidagi milliy urf-odatlar va ularga xos bo‘lgan hodisalami anglatadi.
Bunday frazeologik birliklarni so‘zma-so‘z, analogiya yoki tasviriy vo‘l bilan tarjima qilish yaxshiroqdir. M: Cold war- sovuq urush (холодная война). So'zma-so'z tarjima. The apple of my eye
ko‘zginamning nuri (мой самый дорогой). Tahlil orqali tarjima. To pull somebody’s leg - mazax qilrnoq (издеваться); to enter the House - parlament a’zosi bo‘lmoq (быть членом Парламента).
Shunday qilib, frazeologik birliklarni tarjima qilishning qiyin rnuammolaridan biri, bu ularning vazifaviy va semantik tomondan ajralmas birliklar bo‘lib hisoblanishidir. Ularning idiomatik ma’nosi bor va ular nutqda tayyor birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologik birliklarning milliy madaniy xususiyatlari mavjud va ular tarjimada muammolar paydo qiladi.
Frazeologik birliklar bir tildan boshqa tilga to‘rt yo‘l orqali tarjima qilinadi:
Grammatik, semantik va uslubiy moslashishlar orqali.
Semantik ekvivalentlar orqali.
Tasviriy (bayon) tarjima orqali.
To‘liq frazeologik birliklarning moslashishi 2 ta tilda bir xil boMishi mumkin. Black frost - qora sovuq (суровый мороз); to lose one’s head - kallasini yo‘qotmoq (потерять голову)
Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va mazmunini solishtirish orqali funksional va semanitk mustaqil birliklar tanlab olinadi. Bu prinsiplar til elementlarini o‘xshashlik va mos kelishi orqali ifoda qilinadi. Ushbu birliklarning tuzilishi va m a’nosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim kamchiliklar orqali taqdim etiladi.
Frazeologik birliklarning tuzilishi va mazmuni jihatidan to‘liq mos bo‘lishi kam kuzatiladi. Black frost - qora sovuq (суровый мороз).
Frazeologik birliklaming qisman mos kelishi uchun obrazlilik tomondan bir xil, lekin tuzilish va so‘z tartibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. M: to dance to smb’s pipe - birovning nog‘orasiga o‘ynamoq (играть в чужие дудки).
Ko‘pgina frazeologik birliklami rus va o‘zbek tillarida ekvivaletlari mavjud emas. Quyidagi turdagi birliklami tarjima qilayotganda so‘zma-so‘z tarjima, analogik va tasviriy tarjima turini qo‘llash mumkin. M: cold war - sovuq urush (холодная война), the arm’s race - qurollanish poygasi (гонкавооружение). Analogiya tomonidan tarjima qilish esa maxsus milliy hususiyat bo‘lgan holda mumkin bo‘ladi. M: The apple of my eye - ko‘zginamning nuri (мой самый дорогой). Tasviriy tarjima frezeologik birliklaming, bu so‘zlar tuzilishining erkin tarjimasidir. M: to enter the House - parlament a’zosi bo‘lmoq (быть членом Парламента).
Frazeologik birliklarda komponentlami almashtirish, tushirib qoldirish vaqo‘shish mumkin. Shuning uchun biz tajjimada quyidagi holatni ta’kidlashimiz lozim.
Tarjimada 2 tildagi frazeologik birliklaming asosiy tuzilishining grammatik shaklini saqlab qolish muhimdir. Aks holda uslubiy va pragmatik ma’nolar tarjimada aks ettirilmay qolishi mumkin. M: DevomiTn ham qulog‘i bor (У стены тоже есть уши) - Walls have ears —mumkin, lekin Wall has an ear - mumkin emas. Frazeologik birliklar toMiq moslashishda o‘zining tuzilishi va ma’nosi leksik birliklaming soni jihatidan farqlansa ham, lekin semantik jihatdan farqlanmaydi. M: Qanday shamol uchirdi (Какой ветер дует) - what wind blows you here.
Asliyat tilidagi frazeologik birlikni ekvivalentini tarjimada topish uchun tarjima tilida mos keladigan variantini tanlanadi. Ushbu frazeologik birliklar leksik komponentlari jihatidan farqlanadi, lekin ulaming asliyat va tarjima tilida mazmuni bir xil bo‘ladi. Ular tarjimada bir-birlarining o‘mida qo'llanila oladi, chunki ularning o‘rnida qo‘llanishga to‘siq bo‘luvchi milliy xususiyatga ega emas.
to have smth at one’s finger ends - besh qoMday bilmoq (знать как пять пальцев).
patini yulish, qoMlanilyapti.
Ba’zida na ekvivalent, na mos keladigan ekvivalent yordam bera oladi.
Bunday holda tasviriy tarjima usuli qo‘llaniladi. Bu frazeologik birliklarning erkin ravishda tarjima qilinishdir. M: It is greek to me - jumboq (китайская грамота).
Do'stlaringiz bilan baham: |