NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
BIO-AU-21 GURUH TALABASI
VOHIDJANOV MUHRIDDINNING
BOTANIKA FANIDAN
TAQDIMOTI
MAVZU: Lolanamolar qabilasi Reja: Lolasimonlar—LILIOPSIDA - Lolasimonlar—LILIOPSIDA
- Sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi.
- O’zbekiston o’simlik turlariga nihayatda boy respublika hisoblanadi. Bu ajdodga A.L.Taxtadjyan ma’lumoti bo’yicha 104 ta oila, 3000 ta turkum va 63000 ta tur kiradi.Bu sinf gulli o’simliklarning 25% ni tashkil etadi.Bir pallali o’simliklar tur soni jihatidan kam bo’lsa ham, individlar soni bo’yicha,ikki pallali o’simliklardan ustun turadi.SHuning uchun ham dasht zonalarida kata-katta landshaftlar hosil qiladi.
- Bu sinf 4 ta sinfchaga bo’linadi.
- 1.Bulduruqo’tkabilar sinfchasi –Alismatidaе.
- 2.Triuridkabilar sinfchasi-- Тriurididае.
- 3.Lolakabilar sinfchasi– Liliidae.
- 4.Palmakabilar sinfchasi-- Аricidае.
Bu sinf urug’ pallasining 1 ta bo’lishidan tashqari bir qancha o’ziga xos belgilarga ega. - Bu sinf urug’ pallasining 1 ta bo’lishidan tashqari bir qancha o’ziga xos belgilarga ega.
- Ular quyidagilar:
- 1.Gulqo’rg’oni oddiy,ba’zan murakkab.Gullari asosan 3 a’zoli.
- 2.Bu sinfga mansub o’simliklarning asosiy ildizi barvaqt qurib ketadi va qo’shimcha ildiz sitemasini hosil qiladi.Bundan tashqari ildiz sitemasi popuk ildiz deb ataladi.
- 3.Poyaning ko’ndalang kesimi yuzasida o’tkazuvchi tolali bog’lamlar tartibsiz joylashgan.Ular bir- biri bilan yutashgan,ya’ni yopiq tipda bo’ladi.Bog’lamlar orasida kambiy bo’lmaganligidan,poyasi ikkilamchi yo’g’onlashish xususiyatiga ega emas. 4.Barglari ko’pincha oddiy,chetki qirralari tekis,tasmasimon tuzilishga ega.Barg tomirlari parallel yoki yoysimon tomirlangan.
- Bu sinfga kiruvchi oilalar o’zaro juda yaxshi bog’langan bo’lib,faqat bittasi shamol yordamida,qolganlari esa hashoratlar bilan,ba’zan qushlar yordamida changlanadi.Bular turli biologik xususiyatlarga ega bo’lib,har xil ko’rinishga ega.Asosan,qurg’oqchilikka moslashgan o’simliklar hisoblanadi.Bu sinfning deyarli barcha turlari hayotiy shakli ko’p yillik o’t o’simliklardir.Ular ko’pincha piyozboshli va yirik ildizpoyali bo’ladi.Ular orasida buta va daraxtsimon turlari juda kamchilikni hosil qiladi.Daraxtsimon vakillariga quyidagilarni ko’rsata olamiz:Dratsena,palma,yukka,bambuk va boshqalar.Gulqo’rg’oni to’g’ri,ba’zan zigomorf,bir xil rangli,ko’proq gultojsimon,3 tadan 2 doira bo’lib joylashadi.Ba’zan gulqo’rg’on barglari 2-4-5 tadan ham bo’ladi.CHangchilari 6 ta,ba’zan ichki doiradagisi rivojlanmaydi.Meva bargi deyarli har doim 3 ta,ular qo’shilib o’sib 3 uyali ustki tuguncha hosil qiladi.Mevasi chokidan chatnovchi ko’sakcha,ba’zan ho’l mevadir.Urug’I hamisha oqsilli va teskari urug’kurtakli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |